Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
252 Masofaviy fayllarga ruxsat etishga talab boshqa amaliy dasturlarda matn va grafik muharrirlarda, ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida vujudga kelishi mumkin. Odatda bunday masalalarni yechish uchun "mijoz" dasturiy moduli inobatga olingan. Bu modul turli amaliy dasturlardan ajratilgan kompyuterlarga so‗rov xabarlarini shakllantirish, so‗rovlarning natijalarini qabul qilish va ularni mos amaliy dasturlarga uzatish uchun maxsus mo‗ljallangan. Mijozlardan so‗rovlar, xabarlarini qabul qilish va bu so‗rovlarni bajarilishi bo‗yicha ishni "Server" dasturiy moduli bajaradi. Bu modul bir vaqning o‗zida bir necha mijozlarning so‗rovlarini bajaradi. Ularning vazifalari tarmoqning ikki kompyuterlarining dasturiy modullarini aloqasiga bag‗ishlangan (3.23-rasm) bo‗limda atroflicha bayon etiigan. Raqamli ATSlarning kommutatsiya maydonlarida quyidagilar ishlatilishi mumkin: Faqat fazoviy kommutatsiya. Faqat vaqt kommutatsiya. «Fazo–vaqt» kommutatsiya. «Vaqt-fazo» kommutatsiya. «Fazo–vaqt-fazo» kommutatsiya. «Vaqt–fazo-vaqt» turidagi kommutatsiya. Fazoviy va vaqt kommutatsiyasining yanada murakkab kombinatsiyalari mavjud. Shulardan ba‘zilarini ko‗rib chiqamiz. Fazoviy kommutatsiya qurilmasi dekada–qadamli va koordinatli ATSlarda ishlatilgan edi, ya‘ni raqamli kommutatsiya paydo bo‗lishidan ancha avval ishlatilgan edi. Fazoviy kommutatsiya kvazi elektron va elektron ATSlarning birinchi avlodining kommutatsiya maydonlari tuzilishining asosi bo‗lgan. Xususan, 253 1ESS, 2ESS va 3ESS amerika stansiyalari hamda KVARS, MT-20\25, ISTOK stansiyalari faqat fazoviy kommutatsiyadan foydalanadi. Fazoviy S-kommutatorlar (Space-fazo so‗zidan olingan) kommutatsiya maydonida elektron bog‗lovchi yo‗lni barpo etadi, u butun ulanish davomida ulab turadi. Bunda kommutatsiya maydonining kirish bilan uning chiqishi o‗rtasida fizik ulanishni ta‘minlaydi (elektromexanik va kvazielektron stansiyalarda esa mexanik). Raqamli fazoviy kommutatsiya kirishlarini chiqishlar bilan ulash faqat kirishga ajiratilgan vaqt oralig‗i nomeri chiqishiga ajiratilgan vaqt nomeriga mos kelgan holdagina imkon beradi. Shu munosabat bilan faqatgina fazoviy kommutatsiyalardan qurilgan kommutatsiya maydoni raqamli ATSlarda amalda qo‗llanilmaydi. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling