Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
256 14. Mahalliy tarmoq texnologiyasi nimadan iborat? 15. Nechta va qanday asosiy topologiyalar mavjud? 16. ―Shina‖ topologiya afzalliklari nimadan iborat? 17. ―Shina‖ topologiya kamchiliklari nimadan iborat? 18. ―Yulduz‖ topologiya afzalliklari nimadan iborat? 19. ―Yulduz‖ topologiya kamchiliklari nimadan iborat? 20. ―Halqa‖ topologiya afzalliklari nimadan iborat? 21. ―Halqa‖ topologiya kamchiliklari nimadan iborat? 22. OIS modelining yetti bosqichini tushuntirib bering. 23. OIS modelining har bir bosqichining vazifasini tushuntirib bering. 24. Axborotni abonetdan abonentga o‗tish yo‗lini tushuntirib bering. 25. IEEE Project 802 modelini batafsil tushuntiring. 26. Qanday standart protokollar to‗plami mavjud? 27. Protokol to‗plamlari necha asosiy turga bo‗linadi? 28. Amaliy protokollar haqida batafsil ma‘lumot bering. 29. Transport protokollari haqida batafsil ma‘lumot bering. 30. Tarmoq protokollari haqida batafsil ma‘lumot bering. 31. Deytogramma usulini bayon qiling. 32. Mantiqiy ulash usulini bayon qiling. 33. Axborot almashish usullarini sanab bering. 34. ―Yulduz‖ topologiyali tarmoqda axborot almashinuvi qanday boshqariladi? 35. ―Shina‖ topologiyali tarmoqda axborot almashishi qanday boshqariladi? 36. ―Halqa‖ topologiyali tarmoqda axborot almashishi qanday boshqariladi? 37. Manchester-II kodi ishlatilganda kolliziya holati qanday aniqlanadi? 38. Boshqarishni markerli usulini rasmda chizib tushuntirib bering. 257 IV BO‗LIM KOMPYUTER TARMOQLARI 4.1§ Mahalliy tarmoqlar 4.1.1. Mahalliy tarmoq xususiyatlari. Birinchi mahalliy tarmoqlar paydo bo‗lgan vaqtdan beri yuzlab turli xil tarmoq texnologiyalari yaratildi, lekin keng miqyosda tanilib, tarqalgan tarmoqlar bir nechagina xolos. Taniqli firmalar bu tarmoqlarni qo‗llab-quvvatlashlariga va yuqori darajada ularni ish faoliyatini tashkiliy tomonlarini standartlashganiga nima sabab bo‗ldi. Bu tarmoq qurilma va uskunalarini ko‗p ishlab chiqarilishi va ularning narxi pastligi, boshqa tarmoqlarga qaraganda ustunligini ta‘minladi. Dasturiy ta‘minot vositalarini ishlab chiqaruvchilar ham albatta keng tarqalgan qurilma va vositalarga mo‗ljallangan mahsulotlarini ishlab chiqaradilar. Shuning uchun standart tarmoqni tanlagan foydalanuvchi qurilma va dasturlarni bir-biri bilan mos tushishiga to‗liq kafolat va ishonchga ega bo‗ladi. Hozirgi vaqtda foydalaniladigan tarmoq turlarini kamaytirish tendensiyasi kuchaymoqda. Sabablardan biri shundan iboratki, mahalliy tarmoqlarda axborot uzatish tezligini 100 va hatto 1000 Mbit/s ga yetkazish uchun eng yangi texnologiyalarni ishlatish va jiddiy, ko‗p mablag‗ talab qiladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish kerak. Tabiiyki bunday ishlarni faqat katta firmalar amalga oshira oladilar va ular o‗zi ishlab chiqaradigan standart tarmoqlarni qo‗llab-quvvatlaydilar. Shuningdek, ko‗pchilik foydalanuvchilarda qaysidir tarmoqlar o‗rnatilgan va bu qurilmalarni birdaniga, batamom boshqa tarmoq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling