338
belgili virtual kanal orqali ulangan. 1 abonentdan 2 abonentga yo‗nalishda kanal
o‗rtacha 128 Kbit/s tezlikka Vc=256 Kbit (T oralig‗i 1s tashkil etadi) va Ve = 64
Kbit tebranish bilan ega. Kadrlarni teskari yo‗nalishga uzatishda esa o‗rtacha tezlik
256 Kbit/s ga Vs = 512 Kbit va Ve = 128 Kbit tebranish bilan yetishi mumkun.
Frame Relay texnologiyasi aloqa operatorlarining tarmoqlarida 90 yillarda
soddaligi va mijozga ulanishlarning o‗tqazish imkoniyatini kafolatlash mumkunligi
uchun keng tarqalgan edi. Shunga qaramay
oxirgi yillarda Frame Relay
xizmatlarining ommaviyligi keskin pasaydi, asosan
bu MPLS texnologiyasining
paydo bo‗lishi bilan bog‗liq bo‗ldi, u xuddi Frame Relay dagidek virtual kanallar
texnikasiga asoslangan va foydalanuvchilarning ulanishlarini o‗tish imkoniyatini
kafolatlashi mumkin. MPLS texnologiyasining hal qiluvchi
afzalligi bu uning IP
texnologiyasi bilan yaqin bog‗lanishidir, buning natijasida provayderlarga yangi
aralash xizmatlarni oson hosil qilish mumkin.
Undan tashqari, bugungi kunda
MPLS ning vazifalarini barcha o‗rta va yuqori sinf marshrutizatorlari
tomonidan
quvvatlanadi, MPLS ning qo‗llanishi uchun tarmoqda alohida kommutatorlarni
o‗rnatilishi talab etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: