Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
342
kutadi. Shunday qilib, kam ustunlikka ega bo‗lgan uzun yacheykalarning 
mavjudligi, hatto eng yuqori ustunlikka ega yacheykalarning navbatda juda uzoq 
vaqt kutishiga olib kelishi mumkin. 
Boshqa sababi axborotlarni yetkazishdagi ushlanishning yana bitta tashkil 
etuvchisini chegaralashga qaratilgandir – paketlashtirishdagi ushlanishdir. 
Paketlashtirishdagi ushlanish vaqti teng, tovushni birinchi o‗lchanishi paketning 
butkul hosil qilinish vaqtini va uni tarmoq bo‗ylab uzatilishini kutishdan iborat. 
21.2-rasmda bu ushlanishning hosil bo‗lish mexanizmi keltirilgan. 
Rasmda tovush kodeki ko‗rsatilgan – qurilma, tovushni raqamli shaklda 
havola qiladi. Mayli, u tovushni standart 8 KGs (yani har 125 mks dan so‗ng) 
chastotaga mos ravishda har bir o‗lchashni bir bayt axborot bilan kodlashtirish 
orqali amalga oshirsin. Agarda biz tovushni uzatish uchun Ethernet kadrining 
maksimal o‗lchamini ishlatsak, u holda bitta kadrga 1500 ta tovushni o‗lchangan 
qiymati sig‗adi. Natijada Ethernet kadriga joylashtirilgan birinchi o‗lchash 
tarmoqqa kadrni jo‗natilishini (1500 - 1) 125 = 187 375 mks kutishga majbur 
bo‗ladi, yoki 187 ms atrofidagi vaqt davomida kutadi. Bu tovush trafigi uchun juda 
katta ushlanishdir. Standartning takliflari 150 ms kattalik ustida tovushni maksimal 
ruxsat etilgan jamlangan ushlanish haqida gap yuritadi, unga paketlashtirishdagi 
ushlanish qo‗shiluvchilardan biri sifatida kiradi. 
4.46-rasm. Paketlashtirishdagi ushlanish. 
Kodek 
τ-tovish о‗lchashlarining orasidagi masofa 
60 Кbit/s tovush 
Sarlavha
Paketlashtirishdagi 
ushlanish = N 

τ 


 
343
ATM yacheyka o‗lchami 53 bayt, undan axborot maydoni 48 baytni tashkil 
etadi, bu kattalik elastik va ushlanishlarga sezuvchan trafikni uzatishdagi tarmoqqa 
qo‗yiladigan talablar o‗rtasidagi kelishuv natijasi deyilsa bo‗ladi. Yana 
quyidagicha aytish mumkin, kelishuv telefonchilar va kompyuterchilar o‗rtasida 
amalga oshirilgan, ulardan birinchisi maydon o‗lchamini 32 bayt bo‗lishini talab 
qilganlar, ikkinchilari esa 64 bayt bo‗lishini. 
Axborotlar maydonining o‗lchami 48 bayt bo‗lganda ATM yacheykasining 
bittasi odatda tovushni 48 ta o‗lchanishini olib o‗tadi, ularni 125 mks oraliqda 
amalga oshiriladi. Shuning uchun birinchi o‗lchash yacheyka tarmoqqa 
jo‗natilguncha taxminan 6 ms kutishi kerak bo‗ladi. Aynan shu sababga ko‗ra 
telefonchilar yacheyka o‗lchamini kamaytirish uchun kurashganlar, chunki bu 6 ms 
ushlanish vaqt tovushni uzatish sifatini buzilish chegarasidagi yaqin vaqt 
hisoblanadi. Yacheyka o‗lchamini 32 bayt qilib tanlanganda esa paketlashtirishdagi 
ushlanish 4 ms tashkil etgan bo‗lar edi, bu esa tovushni ancha sifatli uzatishni 
kafolatlar edi. Kompyuter mutaxassislarining axborotlar maydonini loaqal 64 
baytgacha oshirishga urinishlari tushinarli – bunda axborotlarni uzatishning foydali 
tezligi oshar edi. 48 baytli maydon ishlatilganda xizmatchi axborotlarning 
ortiqchaligi 10% tashkil etadi, 32 bitli axborotlar maydoni ishlatilganda esa u 
darrov 16 % gacha oshadi. 


Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling