Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
340 4.45-rasm. Uzluksiz jarayonni diskret modulyatsiyalash Dastlabki uzluksiz funksiyaning amplitudasi berilgan davrda o‗lchanadi – buning hisobiga vaqt bo„yicha diskretlash sodir bo‗ladi. So‗ng har bir o‗lchash ma‘lum razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi, bu qiymatlar bo„yicha diskretlashni bildiradi – amplitudaning uzluksiz ko‗p bo‗lishi mumkin bo‗lgan qiymatlarini uning diskret ko‗p qiymatlari bilan almashtiriladi. Tovushni sifatli uzatish uchun tovush tebranishlarining amplitudasini kvantlash chastotasi 8000 Gs li ishlatiladi (vaqt bo‗yicha diskretlash 125 mks oraliqda). Amplitudani bitta o‗lchashini ifodalash uchun ko‗pincha 8 bitli kod ishlatiladi, bu tovush signalini 256 nuqtada o‗lchash imkonini beradi (qiymati bo‗yicha diskretlash). Bu holda bitta tovushli kanalni uzatish uchun 64 Kbit/s li o‗tkazish imkoniyati bo‗lishi zarur. Bunday tovushli kanalni raqamli telefon tarmoqlarining elementar kanali deb ataladi. Uzluksiz signalni raqamli ko‗rinishda uzatish tarmoqlardan ikki o‗lchashlar orasidagi vaqt 125 mks bo‗lgan oraliqqa qat‘iy rioya qilinishini talab etadi, aks holda dastlabki signal noto‗g‗ri tiklanadi va bu esa raqamli tarmoqlardan 0 t1 t2 t3 t4 t5 t6 t7 … A4 A6 A7 A3 A2 A1 A5 Signal amplitudasi Vaqt Vaqt bо‗yicha diskretlash Vaqt bо‗yicha diskretlash tamoyili Ampli tuda bо‗ yicha diskre tl ash 341 uzatilayotgan tovushni, tasvirni yoki boshqa multimediali axborotlarni buzilishiga olib keladi. O‗lchashlar orasidagi vaqt bo‗yicha 200 mks ga surilish talaffuz qilinayotgan so‗zlarni tanib bo‗lmas holatga olib keladi. Shu bilan birga o‗lchamlardan biri yoqotilsa va qolgan o‗lchashlar orasidagi sinxronlash saqlab qolinsa amaliy jihatidan tovushni hosil qilishga ta‘sir etmaydi. Bu raqam-analog o‗zgartiruvch qurilmaning silliqlashini hisobiga sodir bo‗ladi, uning ishi har qanday signalning inersionligiga asoslangan – tovush tebranishlarining amplitudasi juda tez qisqa vaqtda katta qiymatga o‗zgara olmaydi. Umuman tarmoqda vaqt bo‗yicha paketlarni yetkazish aniqligiga navbatlarning ta‘sirini ifodalovchi ko‗rsatkichi xizmat ko‗rsatishning sifat ko‗rsatkichi (Quality of Sevice, QoS) deb ataladi. Bu ko‗rsatkichlarga odatda quyidagilar kiradi: paketni yetkazishdagi ushlanish (tovush uchun 150 ms dan ortiq emas); paketni yetkazishdagi surilishlar (80 – 100ms dan ko‗p bo‗lmasligi); paketlarni navbatda yo‗qolish ulushi (1 % dan kam bo‗lishi). QoS ko‗rsatkich talablarini ta‘minlash usullaridan biri ushlanishlarga sezgir trafikni uzatuvchi paketlarga (kadrlar, yacheykalar) ustunlik bilan xizmat ko„rsatish. Bugungi kunda navbatlarni ustunliklarga qarab tashkil qilinishini IP- marshrutizatorlari tomonidan ham va shuningdek Ethernet kommutatorlari tomonidan ham quvvatlanadi. Loyihalashtiruvchilarning ATM yacheykalarining uncha katta bo‗lmagan o‗lchamli va qayd qilingan qilib tanlashlarining sabablaridan biri ustunlikka ega yacheykalar uchun navbatda kutish ushlanishini kamaytirishga urunishdan iborat. Gap shundaki, tarmoqlarda axborotlarni uzatishda nisbiy ustunlik bilan xizmat ko‗rsatish algoritmi joriy etiladi, shunga mos ravishda eng yuqori ustunlik bilan tugunga kelgan yacheyka navbat boshiga jo‗natilsa ham, hozirda ishlov berilayotgan yacheykaning uzatilishini to‗xtatmaydi, uning uzatilib bo‗lishini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling