Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
355 Yo„lni himoyasi. Tarmoqda asosiy yo‗lga qo‗shimcha xuddi shu LER qurilmalarini bog‗lovchi yo‗l o‗tkaziladi, lekin imkoni boricha LSR qurilmalari orqali o‗tuvchi va asosiy yo‗lda aloqa yo‗li uchrashmaydigan qilib o‗tkaziladi. Rasmda bu LSR1-1 zahira yo‗lidir. Ushbu mexanizm eng universal, ammo eng sekin ishlovchidir. Ikki yuqoridagilari esa, ular tezligi bo‗yicha SDH himoyasi bilan taqqoslasa bo‗ladi va ulanishlarni taxminan 50 ms atrofida ta‘minlaydi, shuning uchun tez yo‗nalish o‗zgartiruvchi nomini olgan (fast re-route). Biz MPLS texnologiyasining asosida yotuvchi tamoyillarni qisqacha ko‗rib chiqamiz. Hozirgi vaqtda MPLS ni amaliy jihatdan qo‗llanadigan bir necha sohalari mavjud, ularda bu tamoyillar kerakli vazifani bajarishi uchun ma‘lum xususiyatli mexanizmlar va protokollar bilan to‗ldirilgan. Quyida MPLS eng ko‗p tarqalgan sohalari keltirilgan: MPLS IGP. Ushbu holda MPLS texnologiyasi faqat yo‗nalish bo‗ylab ketayotgan standart ichki shlyuzli marshrutlashtirish protokollari tanlagan (IGP) tarmoq darajasidagi paketlarni harakatlanishini tezlatish uchun ishlatiladi. Odatda yo‗nalish tanlash uchun OSPF va IS-IS marshrutlashtirish protokollari qo‗llanadi, LSR qurilmalari o‗rtasida belgilar LDP protokollari orqali taqsimlanadi. Lekin hozirda tez ishlovchi marshrutizatorlarning yaratilishi munosabati bilan o‗zining dastlabki dolzarbligini yoʻqotdi. MPLS TE. Bu holda yo‗lni belgilar bo‗yicha kommutatsiyalash marshrutlashni rivojlantirilgan protokollari OSPF va IS-IS asosida trafik injenering (Traffic Engineering, TE) masalasini yechish uchun ishlatiladi. Bu protokollarda o‗lchov sifatida zahiralashga yetarli aloqa yo‗lining o‗tqazish imkoniyati ishlatiladi. Bu ish tartibini ishlatish uchun LSR yangi yo‗lini o‗tkazishdagi har bir so‗rovda shu yo‗lga zahiralash uchun zarur bo‗lgan o‗tkazish imkoniyatini ko‗rsatish kerak bo‗ladi. MPLS TE texnikasi nafaqat tarmoqning barcha resurslarini ratsional va muvozanatlashtirilgan yuklanishini ta‟minlab qolmay, lekin yana QoS kafolatlangan ko„rsatkichlar bilan transport xizmatlarini havola |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling