Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
356 qilish uchun yaxshi asos ham yaratadi. CSPE protokoli tanlagan yo‗lni hosil qilish uchun RSVP TE protokoli xizmat qiladi. Yana shuningdek yo‗l tanlashni tashqi optimal rejalashtirish tizimi yoki to‗liq qo‗l yordamida amalga oshirish ham mumkin. MPLS VPN. Bu qo‗llanish sohasida tarmoqdan foydalanuvchilar o‗rtasida trafikni chegaralash orqali xususiy virtual tarmoq (Virtual Private Network, VPN – virtualniye chastniye seti) xizmatlarini havola qilishi mumkin. O‗z nomi virtual xususiy tarmoqdan kelib chiqadiki, u qandaydir qilib real xususiy tarmoq xususiyatlarini hosil qiladi. Xususiy tarmoq to‗liq bitta mulk egasiga tegishli bo‗ladi (korxona, kompaniya), u boshqa tarmoqlardan ajratilgan, demak u quyidagi xususiyatlarga ega: yuqori xavfsizlik, ega bo‗lish, bashorat qilsa bo‗ladigan o‗tkazish imkoniyatli, manzil va nom tanlashda mustaqillik kabilar. VPN texnologiyasi bir necha korxonalar bilan birgalikda ishlatilayotgan tarmoqda (masalan, provayder tarmog‗ida), sifati bo‗yicha xususiy tarmoq servislariga yaqin servisni hosil qilishga imkon beradi. Bir necha VPN texnologiyalari mavjud, ulardan bittasi masalan, trafikni shifrlashga asoslangan. MPLS VPN ushbu variantida virtual kanallar texnikasi qo‗llaniladi, paketlarni kommutatsiyalashli ommabop tarmoq infrastrukturasida xususiy tarmoq xususiyatlarini tashkil qilish tamoilini kafolatlaydi. Bu quyidagi bilan tushuntiriladi, IP dagidek deytogammali tarmoyqlardan farqli (Internet ham IP ga asoslangan), ularda har bir tugunga har bir tugun bilan muloqot qilishga ruxsat etiladi, virtual kanalli tarmoqlarda esa tugunlar bilan muloqot mumkin, agarda ular o‗rtasida virtual yo‗l o‗tkazilgan bo‗lsagina. Bunday turdagi VPN ni tashkil etish uchun Frame Relay xizmatlari keng ishlatilgan edi, hozirgi vaqtda esa bu maqsadda MPLS xizmatlaridan foydalanilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling