Основы пакета


Boshqarish tizimining tarkibi


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

Boshqarish tizimining tarkibi. Odatda menedjer bir nechta agentlar bilan 
muloqotda bo‗lib, alohida kompyuterda ishlaydi. Agentlar boshqariluvchi 
qurilmaga joylashtirilishi mumkin va boshqariladigan obyekt bilan bog‗langan 
alohida kompyuterda ishlashi ham mumkin. Ob‘yektdan talab etilgan axborotni 
olish uchun va shuningdek uni boshqarish uchun boshqarish taʻsirini berishga 
agent u bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‗lishi kerak. Biroq 
boshqariladigan ob‘yektning turli tuman bo‗lganligi sababli obyekt bilan agentning 
muloqot usulini standartlashtirib bo‗lmaydi. Bu masala agentni kommunikatsiya 
qurilmasiga yoki operatsion tizimiga joylashtirish vaqtida loyihalashtiruvchi 
tomonidan hal qilinadi. Agent axborot olishi uchun maxsus datchiklar bilan 
ta‘minlanishi mumkin, masalan, releli kontakt datchigi yoki temperatura datchigi. 
Agentlar turli intellekt darajasi bilan farqlanishi mumkin, qurilmadan o‗tayotgan 
kadr va paketlarni sanashga yetarli bo‗lgan eng kam intellektga ega bo‗lganda va 
yuqori intelektga ega bo‗lganda, buzilish holatlarida boshqarish buyruqlar ketma-
ketligini mustaqil ravishda amalga oshirishga yetarli darajada bo‗lgan, vaqt 
bog‗liqliklarini qurish, buzilish haqidagi xabarlarni filtrlash va hokazolar. 
―Menedjer – agent – boshqariluvchi obyekt‖ sxemasi tashkiliy jihatidan 
yetarli darajada murakkab bo‗lgan taqsimlangan boshqarish tizimini qurishga 
imkon beradi (6.3-rasm). 


 
401
Rasmda ko‗rsatilganidek, xar bir agent tarmoqning ma‘lum elementini 
boshqaradi, ularning ko‗rsatkichlarini tegishli MIB bazasiga joylashtiradi. 
Menedjer o‗z agentlarining MIB dan axborotlarni oladi, ularga ishlov berib va o‗z 
axborotlar bazasida saqlaydi. Ish stansiyalarida ishlovchi operatorlar xohishiy bir 
menedjer bilan ulanishi mumkun va grafik interfeys yordami bilan 
boshqarilayotgan tarmoq haqidagi axborotni ko‗rishi mumkun va menedjerga 
tarmoqni yoki uning elementini boshqarish bo‗yicha ba‘zi ko‗rsatmalarni berishi 
mumkin. 
6.3-rasm. Boshqarish tizimining tarkiblari. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling