Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
53
Gflops 
(GFLOPS-GIGAFLOPS)–suriluvchi 
vergul 
(nuqta) 
shaklida 
ifodalangan sonlar ustida sekundiga milliard operatsiyani bajarish.
Kompyuter unumdorligini baholash har doim taxminiydir, chunki qandaydir 
umumlashtirilgan yoki teskarisi aniq operatsiya turiga mo‗ljallanadi. Amalda turli 
masalalarni hal qilishda turli operatsiyalar to‗plami ishlatiladi. 1970-yillarda turli 
masalalar uchun (iqtisodiy, texnik, matematik va hokazo) o‗rtacha operatsiyalar 
to‗plami (Gibson aralashmalari) ishlab chiqilgan edi. Gibson aralashmasi bo‗yicha 
keltirilgan masalalar turi uchun kompyuterning o‗rtacha tezligini aniqlash mumkin. 
Ancha yangi testlar ham mavjud–ishlab chiqaruvchi firmalarning o‗z mahsulotlari 
tezligini aniqlash uchun test to‗plamlari mavjud: iCOMP–Intel Comparative 
Microprocessor 
Performance 
(1992) 
ko‗rsatkich 
Intel 
firmasining 
mikroprotsessorlari uchun (iCOMP2.0–test 1996-yilniki), 32 bitli operatsion tizim 
va multimediali texnologiyalarga mo‗ljallangan; kompyuterni aniq bir tatbiq 
sohasiga yo‗naltirilgan testlar–Winstone97-Business ofis masalalar guruhi uchun 
mo‗ljallangan, boshqa turdagi masalalarga mo‗ljallangan variantlari WinBench 97.
Turli-tuman masalalarni bajaruvchi universal kompyuterlar uchun bu 
baholashlar juda ham aniq bo‗lmaydi. Shuning uchun ShK ko‗rsatkichi uchun 
unumdrlik ko‗rsatkichi o‗rniga kompyuter tezligini ancha aniq ifodalovchi takt 
chastotasi ko‗rsatiladi, chunki har bir operatsiya o‗zining bajarilishi uchun aniq 
taktlar sonini talab etadi. Takt chastotasini bilgach, har qanday mashina 
operatsiyasining bajarilish vaqtini yetarli darajada aniqlash mumkin bo‗ladi. 
Masalan, buyruqlarni konveyerli bajarish bo‗lmagan taqdirda va 
mikroprotsessorning ichki chastotasi oshirilsa, 100 MGs chastotali takt generatori 
sekundiga 20 million qisqa operatsiyalarning bajarilishini taʻminlaydi (oddiy 
qo‗shish va ayirish, axborotlarni uzatish va hokazo); 1000 MGs chastotada esa–
sekundiga 200 million operatsiyani bajaradi. 
Mikroprotsessor va interfeys kod shinalarining razryadligi. Razryadlar soni–
bu ikkilik sonining maksimal razryadlar soni, ular ustida bir vaqtda mashina 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling