Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
99 Semiconductor RAM), u o‗zining akkumulyatoridan doimiy quvvatlanadi; unda tizimning har bir yoqilganida tekshiriladigan ShK ning apparat tarkibi haqidagi axborot (kompyuterda mavjud barcha apparatlar haqida) saqlanadi. Tashqi xotira. Tashqi xotira shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalariga kiradi va masalani yechish uchun qachondir kerak bo‗ladigan axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotira qurilmasida kompyuterning barcha dasturiy ta‘minoti saqlanadi. Tashqi xotiraning har xil turlari mavjud, 1.8- rasmda keltirilgan tashqi xotira turlari-qattiq diskdagi jamlovchilar amaliy jihatdan har bir kompyuterda bor. Bu jamlovchilarning vazifasi–katta hajmdagi axborotlarni saqlash, yozish va so‗rov bo‗yicha operativ xotira qurilmasiga uzatish. Tashqi xotira qurilmasi sifatida keng miqyosda optik disklarda jamlovchi qurilmalar ham ishlatilmoqda (SD–Compact Disk, DVD–Digital Versatile Disk), flesh-diskda jamlovchilar va kamroq kassetadagi magnit tasmali xotira qurilmalari (MTXQ, strimmerlar), diskli magnitooptik jamlovchilar (DMOJ). Energiya ma‘nbai. Energiya manbai–blok, shaxsiy kompyuterni elektr tarmog‗idan va alohida energiya manbaidan ta‘minlash vositasi. Taymer. Taymer–bu kompyuterning ichidagi real vaqt soati, avtomatik ravishda hozirdagi vaqt ko‗rsatkichlarini beruvchi (yil, oy, soat, minut, sekund va sekundning qismi). Taymer alohida elektr manbai-akkumulyatorga ulanadi–va kompyuter manbadan uzilganda ham u o‗z ishini davom ettiradi. 100 1.3.1. Tashqi qurilmalar va funksional xarakteristikalari Tashqi qurilmalar. ShK ning tashqi qurilmalari (TQ)–har qanday hisoblash majmuasining tarkibiy qismi, TQ ning narxi shaxsiy kompyuter narxining 80–90% ini tashkil etishi mumkin. Shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalari atrof-muhit hamda foydalanuvchilar, boshqarish obyekti va boshqa kompyuterlar bilan muloqotini ta‘minlaydi. Tashqi qurilmalarga quyidagilar kiradi: tashqi xotira qurilmalari (TXQ) yoki ShK tashqi xotirasi; foydalanuvchining muloqot vositalari; axborotni kiritish qurilmalari; axborotni chiqarish qurilmalari; telekommunikatsiya va aloqa vositalari. Foydalanuvchining muloqot vositalari o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi: ko‗rsatuv monitori (ko‗rsatuv terminali, displey)–shaxsiy kompyuterga kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni aks ettirish uchun mo‗ljallangan qurilma; nutqni kiritish-chiqarish qurilmasi–multimedianing tez rivojlanayotgan vositasi. Bular turli mikrofonli akustik tizimlar, inson tomonidan aytilayotgan so‗z va harflarni tanishga imkon beruvchi va ularni identifikatsiyalovchi va kodlashtiruvchi murakkab dasturiy ta‘minotga ega bo‗lgan ―tovushli sichqonchalar‖, kompyuterga ulangan tovush karnaylari yoki dinamik orqali hosil qilingan so‗zlar va harflarni raqamli kodlarga o‗zgatirishni amalga oshiruvchi tovush sintezatorlari. Axborotlarni kiritish qurilmalariga quyidagilar kiritiladi: klaviatura-shaxsiy kompyuterni boshqarish, matinli va sonli axborotlarni kiritish uchun xizmat qiluvchi qurilma; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling