Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy xotira
98 mikroprotsessor va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o‗rtasida; asosiy xotira va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o‗rtasida (xotiraga bevosita ega bo‗lish ish tartibida). Barcha bloklar, aniqrog‗i ularning kiritish-chiqarish portlari unifikatsiyalashtirilgan mos razyomlar orqali shinaga bir xil-bevosita yoki kontroller (adapterlar) orqali ulanadilar. Tizimli shinani boshqarish mikroprotsessor tomonidan bevosita yoki qo‗shimcha mikrosxema shina kontrolleri orqali ulanadi, u asosiy boshqarish signallarini hosil qiladi. Asosiy xotira. Asosiy xotira (AX) axborotni operativ saqlash va mashinaning boshqa bloklari bilan axborot almashish uchun mo‗ljallangan. Asosiy xotira ikki turdagi xotira qurilmasidan iborat: doimiy xotira qurilmasi (DXQ) va operativ xotira qurilmasi (OXQ). DXQ (PZU–postoyannoye zapominayusheye ustroystvo, ROM–Read Only Memory) dasturning o‗zgarmaydigan (doimiy) va ma‘lumotnoma axborotlarni saqlash uchun mo‗ljallangan; unda saqlanayotgan axborotni faqat operativ o‗qishga imkon beradi (DXQ dagi axborotni o‗zgartirish mumkin emas); OXQ (OZU–operativnoye zapominayusheye ustroystvo, RAM–Random Access Memory) ShK hozirgi vaqt davomida bajarayotgan bevosita axborot- hisoblash jarayonida qatnashayotgan axborotlarni operativ yozish, saqlash va o‗qish uchun mo‗ljallangan (dastur va axborotlarni). Operativ xotiraning asosiy afzalligi uning yuqori tezligi va xotiraning har bir yacheykasiga alohida murojaat eta olishida (yacheykalarga to‗g‗ri manzilli ega bo‗lish). Operativ xotiraning kamchiligi sifatida shuni qayd qilib o‗tish kerakki, unda saqlangan axborotni kompyuter energiya manbai o‗chirilgandan so‗ng ham saqlab qolishi mumkin emas (energiyaga bog‗liqligi). ShK ning tizimli platasida asosiy xotiradan tashqari energiyaga bog‗liq bo‗lmagan xotira ham bor CMOS RAM (Complementary Metal-Oxide |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling