Moddalar - Bir nechta element atomlaridan tashkil topgan moddalar. Н2O ; НСl; H2SO4,
- Na2S2O3
-
- Oddiy moddalar– molekulasi bir xil atomlardan hosil bo‘lgan moddalar. Masalan: O3 – ozon, S – oltingugurt, Fe – temir, Au – oltin, P4 – fosfor va h.z. Oddiy moddalar metalmaslarga va metallarga bo‘linadi.
- Metalmaslar – Bolg‘alanmaydigan, yaltiroq bo‘lmagan, issiqlik va elektr tokini deyyarli o‘tkazmaydigan moddalar. Hammasi bo‘lib davriy sistemada 22 ta element atomlari metalmas shulardan, 11 tasi (H2 – vodorod, N2 – azot, O2 – kislorod, F2 – ftor, Cl2 – xlor, He – geliy, Ne – neon, Ar – argon, Kr – kripton, Xe – ksenon, Rn – radon) odatdagi sharoitda gaz moddalar, 1 tasi (Br2 – brom) suyuqlik, 10 tasi (B – bor, C – uglerod, Si – kremniy, P – fosfor, As – mishyak, S – oltingugurt, Se – selen, Te – tellur, I2 – yod, At2 – astat) qattiq moddalar. Metalmaslardan ftor, xlor, brom nisbatan suvda eriydi, qolganlari esa deyarli suvda erimaydi.
- Elementning belgisi – XIX asrning boshlarida SHved kimyogari YA.Berselius taklifi bilan elementlarning latincha nomlarini bosh harflari yoki bosh va yordamchi harflari elementga belgi sifatida qabul qilindi. Masalan: Ferrum – Fe, Sulfur – S, Carbonium – C, Cuprum – Cu, Aurum – Au, Argentum – Ag, Hidrogenium – H, Oxigenium – O va h.z.
- Moddaning kimyoviy formulasi – modda molekulasining tarkibini undagi atomlarning belgilari va indekslar yordamida shartli belgilanishi. Masalan: H2O – suv molekulasi 2 ta vodorod va 1 ta kislorod atomlaridan tashkil topganligi, NH3 – ammiak molekulasi esa 1 ta azot va 3 ta vodorod atomlaridan tashkil topganligi, H2SO4 – sulfat kislota molekulasi 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomlaridan tashkil topganligi atomlarning belgilari va indekslar yordamida ifodalangan. Moddalarning kimyoviy tarkibini besh xil formula yordamida tasvirlash mumkin:
- Indeks – Molekuladagi atomlar sonini bildiruv raqam bo‘lib, modda formulasida element belgisining o‘ng pastki qismida yoziladi. Masalan: H2O – suv molekulasi tarkibida 2 ta vodorod va 1 ta kislorod atomlari borligini.
- Izotop – Protonlar soni bir xil atom massasi va neytronlar soni har xil bo‘lgan atomlar. Masalan:
- Izoton – Neytronlar soni bir xil atom massasi va protonlar soni har xil bo‘lgan atomlar. Masalan
Do'stlaringiz bilan baham: |