O’spirinlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari Nazorat uchun savollar


Download 18.25 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi18.25 Kb.
#218238
1   2
Bog'liq
Joʻraboyeva Nilufar 7-seminar

Javoblar:

  1. O`spirinlik davrida o`quvchi yoshlar jismonan baquvvat, aqlan teran, mustaqil mehnat qila oladigan, oliy o`quv yurtlarida o`zini sinab ko`rish imkoniyatiga ega bo`ladi va ma’naviy jihatdan yetuklikka erishadi. Bularning barchasi o`spiringa fuqoro sifatida ishtimoiy jihatdan voyaga yetishi, jismonan rivojlanishi, aniq maqsad sari harakat qilishi, hayotda o`z o`rnini topishi, mustaqil qaror qabul qilishi, va yetuk shaxs sifatida ma’naviy o`sishi, uchun barcha shart sharoitlarni yaratadi. Mazkur davirning yana bir xususiyati mehnat bilan ta’lim faoliyatining bir hil ahamiyat kasb etishidan iboratdir. Mavjud shart-sharoitlar ta’siri ostida o`spirinning aqliy va jismoniy jihatdan o`sishida, o`ziga xos o`zgarishlar yangi hislat va fazilatlar, namoyon bo`ladi.


2. Ichki  manbalar.  Ular  insonning  tug’ma  yoki  orttirilgan  ehtiyojlari  bilan  belgilanadi.Ulardan eng  muhimi  tug’ma  informaciyaga  bo’lgan  ehtiyojdir.

Orttirilgan  ehtiyojlar  esa  gnostik  va  ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.

Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart - sharoitlari bilan belgilanadi.

Talabalar ularning birinchisi bo’lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan ta`limiy xulq - atvor formalarini  bildiradi.

Bog’cha,  maktayu,  oila  boladan  juda  ko’p  ishlarni  amlaga  oshirishni  talab qiladi. Ijtimoiy  kutish  har  birimizdan  ma`lum  bilimlar,  ko’nikmalar  darajasini

bo’lishi  zarurligini jamiyat kutishini bildiradi.

Masalan, 1 yoshli bola yurishi kerak deb hisoblaymiz.  Imkoniyatlar  –  shaxs

faoliyatini belgilovchi  ob`ektiv  shart - sharoitlardir.  

Masalan,  bolaning uyidagi boy kutubxon uni kitob o’qishga undaydi.
3. Sinf rahbari maktabda va keng jamoatchilik orasida sinf o`quvchilarining (ota-onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasiga javobgar shaxs hisoblanadi. Uning maqsadi har tomonlama etuk, barkamol-ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan Shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o`quvchilarining qobiliyatlarini to`liq namoyon etishlari uchun etarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada maktab pedagogik va o`quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlariga qarab yondoshishni yo`lga qo`yadi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`ziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadilar.

5-9-sinflarda sinf rahbarlari tajribali o`qituvchilar orasidan maktab ma’muriyati tomonidan tanlab olinib, tayinlanadi.Bir o`qituvchiga faqat bitta sinf rahbarligi topshiriladi.

Sinf o`quvchilarining maktab(ustavida belgilangan) ichki tartib-qoidalarini bajarishlarini ta’minlash;

Sinf jurnallarining va boshqa zaruriy hujjatlarning to`g`ri yuritilishini ta’minlash;

O`quvchilar o`zlashtirishini yuqori darajaga ko`tarish, tartib-intizomni saqlash maqsadida sinf majlislarini o`tkazib borish;

O`quvchilarni, o`qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e’tiborga olib, taqdirlash haqida taklif berish;

Sog`lom turmush tarzi, oilaviy hayot gigienasi hamda jismoniy tarbiya, zararli odatlardan saqlanish kabi masalalarga e’tibor berish;

O`quvchilarning o`zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va uni bartaraf etish uchun fan o`qituvchilari bilan birgalikda yordam berish;

Pedagogik jamoa, psixologlar bilan hamkorlikda bitiruvchi sinf o`quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga yo`naltirish;

Maktab tibbiyot xodimlari, o`qituvchilari, psixolog, ota-onalar bilan hamkorlikda o`quvchilarning sog`ligini muhofaza qilish, ma’naviy, ma’rifiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanish muvofiqligini nazorat qilish;

Maktabda texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiena tartibiga, o`quvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlash;

Shuningdek, o`z malakasini oshirib turish, o`z sohasi bo`yicha o`tkaziladigan turli miqyosdagi seminarlarda ishtirok etish kabi vazifalardan iborat.


VII. Sinf rahbarining huquqlari

O`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining dars va imtihonlarida ishtirok etadi. Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun qo`shimcha darslar tashkil etilishi bo`yicha takliflar beradi.


4. O`spirinlar biror xodisani asoslagan, isbotlagan paytlarida uning muhim xususiyatlariga, birlamchi jihatlariga sinchkovlik bilan qaray boshlaydilar. Darsliklardan o`qigan va o`qituvchidan eshitgan axborotlar, xabarlar va ma'lumotlarga ishonish va ulardan qanoat hosil qilish uchun faol harakat qiladilar. Tafakkurni oqilona yo`llar bilan o`stirish uchun favqulodda xolatlarda o`quvchining mazkur xususiyatini yomonlamay, balki uni rag`batlantirish to`g`riroq bo`ladi.

Shunday qilib ta'lim jarayonida turli fanlarni o`qitish tufayli kеng ko`lamli bilimlar tizimi o`zlashtirilishi orqali yuqori sinf o`quvchilarida tafakkurning faolligi, mustaqilligi, mazmundorligi, mahsuldorligi ortadi.

Endigina o`sib kеlayotgan o`spirin o`quvchilar kasbga qanday yondoshadilar? Bu muammo ko`pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan va turmush tajribasidan ma'lumki, odatda ilk o`spirinlik yoshidagi o`g`il-qizlar hayotda mustaqil qadam tashlash to`g`risida aniq asosli fikr bildirishga qiynaladilar. Shu sababli kasb tanlash davrida oqilona va to`g`ri yo`l tutishni bilmay dovdirab qoladilar yoki tavakkaliga ish ko`radilar. Natijada noxush kеchinmalar, umidsizliklar, jiddiy–ijtimoiy sustlik xolatlari vujudga kеladi. O`rta maktabni bitirgunicha hamma o`quvchilar kasbini qat'iy tanlaydi dеyish mumkin emas. Kasb–hunarga har-xil munosbatlar hosil bo`lishining asosiy sababi maktabda o`qish davrida kasb tanlash bo`yicha turli xil niyatlar paydo bo`lishidir.

V. A. Krutеtskiy o`spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni alohida ifodalaydi: a) biror o`quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda kеltirish istagi (o`ziga xos psixologik xususiyatini hisobga olmagan xolda); v) shaxsiy qobiliyatini rukach qilish; g)oilaviy an'analarga rioya etish (vorislik); d) do`stlari va o`rtoqlariga ergashish; е) ish joyi yoki o`quv yurtining uyiga yaqinligi; yo) moddiy ta'minlanishining yaxshi ekani; j) o`quv yurti ko`rinishining chiroyliligi yoki unga joylashish osonligi.

Shuningdеk boshqa turdagi motivlar masalan, shaxsning biror kasbga, fanga moyilligi, maqsadi, unga intilishi, kasb to`g`risidagi ma'lumoti, o`zining sihat salomatligi, asab tizimining va tеmpеramеntining xususiyati va xokazolar ham bo`lishi mumkin.

O`spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvur bo`lmasligi sababli ular ko`proq xatoga yo`l qo`yadilar. O`z qobiliyatlarini oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tеz va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko`ngilsiz xolatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pеdagogik–psixologik omillarga alohida e'tibor bеrish maqsadga muvofiqdir:

1. Kasblarni o`rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va lo`nda qilib ifodalash.

2. O`qituvchining kasblar bo`yicha tashviqot ishlarini olib borishi.

3.O`spirinlarni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish.

4.Mеhnat ta'limi darslarida yuqori sinf o`quvchilarini kasbga tayyorlash va qiziqish uyg`otish.

5.Psixodiagnostik va kasb tanlash usullarining amaliyotga tadbiq qilishga moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish.

6.Joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish.

7.Kasb tanlash targ`iboti yuzasidan o`spirinlarni ommaviy axborot

vositalariga jalb qilish va psixologik tayyorlash.

Tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yo`naltirishning usul va vositalari ishlab chiqilgan. Е. A. Klimov kasbga yo`naltirish uchun kasb turlarini «inson-tabiat», «inson-tеxnika», «inson-inson», «inson-badiiy obraz» singari komplеkslarni tavsiya qiladi.

Kasb tanlashga yo`llash va kasblarni targ`ib qilish usullaridan yana biri–ko`rsatmali vositalar, ya'ni fotostеndlardan, kitoblar ko`rgazmasidan, yosh rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulidan, naqqoshlik va tеxnika to`garagi ishlaridan foydalanishidir. Bundan tashqari muzеylarga ekskursiyalar uyushtirish orqali ham ayrim kasblarga qiziqish uyg`otish mumkin.


5. Ilk o‘spirinlik davri «kamolot bo‘sag‘asi” deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini kompleks o‘rganishni da’vat etadi.

Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy etilish muddati bilan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. Akseleratsiya natijasida bugungi ilk o‘spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rtacha ikki-uch yil avval etilmoqda. Fiziologlar bu jarayonni 2-darajali jinsiy belgilarning paydo bo‘lishiga qarab, 3-ta bosqichga ajratadilar:

Akseleratsiya munosabati bilan o‘spirinlik Yoshining chegarasi endi 15-16 dan 18 Yoshgacha bo‘lmoqda. Demak, o‘spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu taraqqiyot davrining qonkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa faktorlar ijtimoiy sharoitlarga bog‘liqdir.

Ilk o‘spirinlik Yoshidagi bolalar bu 15 Yoshdan 17-18 Yoshgacha bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridir. O‘spirinlik – bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan etilishi, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi, ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir.Faol ijtimoiy hayot, o‘qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlarda dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o‘spirinlik davrida shaxs motivatsion sohasining rivojlanishiga urg‘u beradi: o‘quvchilarning hayotda o‘z o‘rnini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarashning shakllanishi va uning bilish faoliyatiga, o‘z-o‘zini anglashga va axloqiy ongga ta’siri nazarda tutiladi.

Ilk o‘spirinlar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega bo‘lar ekanlar, o‘zlarining hayot yo‘llarini belgilab olishga, bundan buyongi mehnat faoliyatlarining aniq istiqbollarini aniqlab olishga, o‘zlarining kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. SHu munosabat bilan kasb-hunarga oid qiziqishlar tarkib topadi va yanada barqarorroq bo‘lib qoladi, yigit va qizlar o‘z kelajaklari haqida jiddiyroq o‘ylay boshlaydilar.

Ilk o‘spirinlik davridagi jismoniy rivojlanish ustida to‘xtalib o‘tamiz, bu narsa quyidagi sabablarga ko‘ra muhimdir. Jismoniy rivojlanishning ayrim xususiyatlari ilk o‘spirin shaxsining ayrim sifatlari rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi va uning bundan keyingi hayot faoliyati sohasidagi imkoniyatlarini bir qadar belgilab beradi. Birinchidan bu o‘rinda kasb tanlash nazarda tutiladi, bu esa ma’lum darajada yigit va qizlarning individual jismoniy tuzilishi xususiyatlariga ham bog‘liqdir. Ikkinchidan, jinslarning o‘zaro mayli ta’sir ko‘rsatadiki, bunda jismoniy rivojlanish xususiyatlari ancha muhim rol o‘ynaydi. O‘zining jismoniy kuchini va jozibadorligini, sog‘lomligi va mukammalligini his etish yigit va qizlarda o‘ziga ishonch, dadillik, tetiklik, optimizm va xushchaqchaqlik singari sifatlarning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi.


6. Go‘daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go‘dak bola qo‘liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 Yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo‘llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o‘z savoliga javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga “Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar. 1-3 Yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug‘ilganidan to etuklik davrigacha bo‘lgan psixik rivojlanish asosining taxminan o‘rtalari, 3 Yoshga to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu Yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o‘rganish olamiga qadam qo‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bo‘la oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq ma’lumot oladi. Nutq - bu Yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va o‘zini-o‘zi, Shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.

Ilk bolalik davridan boshlab bola uni o‘rab turgan predmetlarning xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog‘liqliklarni anglashga harakat qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi ko‘rinishlarini tashkil etadi. 1 Yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko‘zga tashlanib turadigan belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko‘ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z bilan chamalab, harakat qilishiga o‘tishda namoyon bo‘ladi, endi u predmetning bo‘laklarini ushlab ko‘rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 Yoshli bola kattalarning ko‘rsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bo‘lgan juda ko‘p predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlash davrida predmetlarning rangini e’tiborga olmaydi va o‘ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha 2,5-3 Yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil rangni (qizil, olov rang, sariq, yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon bo‘lishi sababli, bu Yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va o‘z nugqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarning bu Yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qolishlarini talab etishlari noto‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4-5 Yoshlar hisoblanadi.


7. Muloqot jarayonining xam, guruxiy jarayonlarning ham. egasi—sub’ekti xamda ob’ekti aslida aloxida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun xam ijtimoiy psixologiya aloxida shaxs muammosini xam urgandiki, uni usha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nukdai nazardan tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada xam, Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada xam, differensial, xukukiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bulimlarida xam urganiladi. Har bir bulim yoki tarmok uni uz mavzui va vazifalari nuktai nazaridan shaxsga taallukli bulgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning maxsuli, aloxida psixik jarayonlarning egasi deb xisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi.
SHaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning uziga xosligi shundaki, u turli guruxlar bilan bo‘ladigan turli shakldagi o‘zaro munosabatlarning okibati sifatida karaladi. Ya’ni, ijtimoiy psixologii avvalo biror guruxning a’zosi xisoblangan shaxs xulk-atvori kanday konuniyatlarga buysunishini, shaxsning mulokotlar siste-masida olgan ta’sirlari uning ongida kanday aks topishini urganadi. Guruxning shaxs psixologiyasiga ta’siri kay yusinda sodir bulishi ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya muammosi bilan uzviy boglik bulsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulkida bevosita kanday namoyon bulishi ijtimoiy yul-yuriklar muammosi bilan boglikdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bulishini aniklagan xolda, shaxs xulk-atvorini boshkarish, mexanizmlarini ishlab chikish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.

8. Mеhnat psixologiyasining mutaxassislari kasbga yo`naltirishning boshqacha usullarini: barcha fanlarni o`qitishning politеxnik jihatini chuqurlashtirishni; tabiiy matеmatik fanlardan atrofdagi ishlab chiqarishdan ob'еkt sifatida foydalanishni; ijtimoiy turkumdagi fanlarni o`qitishda o`lkashunoslik matеriallarini qo`llab o`quvchilarning kasbga qiziqishini oshirishni; mеhnatga ishtiyoq uyg`otishni; darslarda kasblar haqida axborotlar bеrib borishni; mеhnat sohalari bilan o`quvchilarning mustaqil tanishishi uchun sharoit yaratishni tavsiya etmoqdalar.

Qishloq maktablarida kasb tanlash bo`yicha imkoniyatlar ham mavjud. Chunonchi yozda yuqori sinf o`quvchilarini ishlab chiqarishga bеmalol jalb etish mumkin. Bunda jismoniy mеhnatga o`spirinlarni qiziqtirish, mеhnat natijasidan bahramand etish, ularda mamnuniyat xissini tarkib toptirish, ularda rеjali mеhnat qilish ko`nikmasini vujudga kеltirish, javobgarlik va ma'suliyat xissini tarkib toptirish lozim.

Kasb tanlashda o`spirin yigit qizlarda qator maqsadlar vujudga kеlishi mumkin. Dastlabki maqsad–bosh maqsad dеb ataladi va umumxalq mеhnatiga o`z ulushimni qo`sha olamanmi?, Qanday inson bo`lib еtishaman? Hayot va faoliyat idеallari nimalar bo`lishi lozim? dеgan fikrlardan iborat bo`ladi. Bundan tashqari yaqin va yaqqol maqsadlar ham mavjud.

Ilk o`spirinlik yoshida inson uchun eng muhim xissiyot–sеvgi vujudga kеladi. U o`rtoqlik, do`stlik tuyg`ulari zamirida paydo bo`ladi.

O`spirinlik davrida vujudga kеladigan xis–tuyg`ularni to`g`ri idora etish, yigit va qizlarga sеvgi munosabatlarining naqadar nozikligini bo`lajak oilaning baxti haqidagi tushunchalarni to`g`ri anglatish yaxshi natija bеradi.

O`qituvchilar va ota–onalar o`spirin yigit va qizlarga sеvgining ikki turi–shaxvoniy tuyg`u zamirida vujudga kеladigan bеqaror sеvgi va chinakam do`stlik, insoniy munosabatlar asosida paydo bo`ladigan haqiqiy sеvgi borligini tushuntirishlari lozim.



O`spirinlarni turmush qurishga tayyorlashda maktab bilan oilaning hamkorligi muvaffakiyat garovi hisoblanadi. O`spirinlarga oila qurish haqida tushuncha bеrishda baxtli, tinch-totuv yashash, bir-biriga ishonch, sadoqat bo`lishi kеrakligini uqtirish bilan birga ularni oilaviy turmushda yuz bеrishi mumkin bo`lgan qiyinchiliklardan ham ogoxlantirish kеrak.
Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling