O‘stirishdagi hayvonlar hisobi va auditining tashkiliy- uslubiy jihatlarini takomillashtirish Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, tdau dotsenti, I f. n
-jadval O‘stirishdagi hayvonlar 1 sentner tirik vaznining tannarxini hisoblash
Download 259.5 Kb.
|
O‘STIRIShDAGI HAYVONLAR HISOBI VA AUDITINING TAShKILIY-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manba: Qibray tumani «Azizjon» fermer xo‘jaligi ma’lumotlari asosida, 2017 yil
2-jadval
O‘stirishdagi hayvonlar 1 sentner tirik vaznining tannarxini hisoblash
Manba: Qibray tumani «Azizjon» fermer xo‘jaligi ma’lumotlari asosida, 2017 yil Shuningdek, auditor schotlarni yopish ketma-ketligi va tannarxni hisoblash metodikasini batafsillashtiradigan hisob siyosati qoidalarining mavjudligi, ularga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishi buxgalteriya hisobi va hisobotlaridagi jiddiy chalkashliklarga olib kelganmi yoki yo‘qmi shuni aniqlashi zarur. 8. O‘stirishdagi hayvonlar hisob ob’ekti bo‘yicha hujjatlar aylanish rejagrafigining mavjudligi va unga amal qilinishini tekshirish. Auditor ishlab chiqarish bo‘linmalaridan buxgalteriyaga ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini o‘rganishi zarur. O‘stirishdagi hayvonlarni tekshirish o‘tkazish bo‘yicha auditorlik amallari majmui va ularning uslubiy ahamiyatini quyidagicha shakllantirish tavsiya qilinadi (3-jadval). Ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik joriy hisob ma’lumotlari va hisobotning chalkashligiga olib kelishi mumkin. Tekshiruvning ushbu bosqichida auditor 1110-«O‘stirishdagi hayvonlar» schotining hisobot davri boshiga qoldig‘i oldingi hisobot davrining moliyaviy hisobotda tasdiqlangan oxirgi qoldiqlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi zarur. Ichki nazorat tizimini test sinovidan o‘tkazish va auditorlik riskini baholash natijalari bo‘yicha auditor mohiyatiga ko‘ra auditorlik amallarini o‘tkazish tavsifi, ko‘lami va muddatlarini aniqlaydi, ya’ni auditorlik tekshiruvi dasturini tuzadi. Taqdim qilingan o‘stirishdagi hayvonlarning mavjudligi va hisobda aks ettirilganligi auditi dasturi moliyaviy hisobotni tayyorlash asoslarini tasdiqlashga imkon beruvchi tegishli auditorlik dalillarini to‘plash uchun zarur amallarni o‘z ichiga oladi: auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilayotgan korxonaning buxgalteriya hisobi va hisobotida hisobot davri oxiriga ko‘rsatilgan o‘stirishdagi hayvonlarning haqiqatda mavjudligini tekshirish; aylanma aktivlarning ushbu turiga korxonaning egalik huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish; o‘stirishdagi hayvonlarning harakati bo‘yicha operatsiyalarning haqiqiyligini (hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligini) tekshirish; o‘stirishdagi hayvonlar harakati bo‘yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobida to‘g‘ri bahoda va tegishli hisobot davrida to‘liq aks ettirilishini tekshirish; qo‘shilgan vazn, tirik vazn tannarxining hisob siyosatida qabul qilingan va amaldagi uslubiy tavsiyalar asosida kalkulyatsiya qilinganligi hamda hisobkitoblar to‘g‘riligini aniqlash; o‘stirishdagi hayvonlarning kirimi va chiqimi bo‘yicha sintetik hisobni yuritishning to‘g‘riligini tekshirish; o‘stirishdagi hayvonlar haqidagi barcha muhim ma’lumotlarning moliyaviy hisobotda to‘liq va to‘g‘ri ochib berilganligini tekshirish. Amaliyotni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 1110-«O‘stirishdagi hayvonlar» schoti bo‘yicha operatsiyalar, xilma-xil va ko‘plab sodir bo‘ladi. Auditor mazkur operatsiyalarning to‘g‘ri amalga oshirilganligi va hisobda aks ettirilganligini tahlil qilib o‘rganishi lozim. Download 259.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling