Bemorning holati: tinch va bo’sh qo’ygan holatda yotib yoki o’tirib, bemorning kafti yuqori tomonga qaratilgan holatda. Bajarish: Arterial bosim odatda 1—2 marta 2—4 minut oralig’i bilan o’lchanadi. 1. Bemorning yalang’ochlangan qo’liga tirsak bo’g’imidan 2—3 sm yuqoriga manjetkani siqmasdan o’raladi; yumshoq to’qimalarni siqmasdan manjetka yelkaga (ilgak, yopishqoq lenta bilan) mahkamlanadi. 2. Bemor qo’lining holatini to’g’ri aniqlang. 3. Manometrni manjetka bilan birlashtirib, strelkaning holatini (simob ustuni) shkalaning nolinchi belgisi bo’yicha tekshiring. 4. Tirsak bo’g’imidan yelka arteriyasini topib, u yerga fonendoskop qo’yiladi (fonendoskop boshchasini o’rtacha bosish zarur, aks holda ma’lumotlar noto’g’ri ko’rsatiladi). 4. Tirsak bo’g’imidan yelka arteriyasini topib, u yerga fonendoskop qo’yiladi (fonendoskop boshchasini o’rtacha bosish zarur, aks holda ma’lumotlar noto’g’ri ko’rsatiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |