От души омад курсдошлар S. M. Bilet №1
Bilet № 7 1. Oʻpka suniy ventilyatsiyasini oʻtkazishda ko’rsatiladigan xavfsizlik choralari
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
OSKE BX
Bilet № 7
1. Oʻpka suniy ventilyatsiyasini oʻtkazishda ko’rsatiladigan xavfsizlik choralari algoritmi. Sun'iy nafas yuborish quyidagicha amalga oshiriladi: Dastavval oddiy nafas olishingiz va 1 soniya davomida jabrlanuvchining ko'krak qafasini kuzatgan holda uning havo yo'llariga bir tekis nafas yuborishingiz kerak. Kirayotgan havoning hajmini va sun'iy nafas samarasini ko'krak qafasi ko'tarilishi bilan ko'rishingiz mumkun. Shundan so'ng, jabrlanuvchi passiv nafas chiqarishi kerak va bu jarayon yuqorida ko'rsatilgan holda takrorlanadi. 2 marta sun'iy nafas berishga 10 soniyadan ko'p bo'lmagan vaqt sarflanishi kerak. Jabrlanuvchiga sun'iy nafas berish ikki martadan ko'p bo'lmasligi kerak. Bundan tashqari, aptechkadagi sun'iy nafas berish qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. "Og'zidan burunga" sun'iy nafas yuborish. Agar «Og'izdan og'ziga » usuli bilan sun'iy nafas berishni amalga oshirishning iloji bo'lmasa, (masalan, jabrlanuvchining lablariga zarar yetgan bo'lsa ), sun'iy nafas berish " Og'zidan burunga" usuli bilan amalga oshiriladi. Ushbu usul bajarilishida birinchi tibbiy yordam ko'rsatayotgan odam jabrlanuvchining boshini orqaga tushurganida og'zini yopib, lablari bilan burnini ushlashi bilan farq qiladi. Jabrlanuvchining ko'krak qafasiga 30 marta bosim va 2 marta sun'iy nafas yuboriladi. 2. Yotoq yara paydo bo’lishi bosqichlari Bemorlarning bir necha soatlab bir nuqtada qimirlamay yotishlari yotoq yara rivojiga asosiy turtkidir. Masalan, 4-6 soat qimirlamay yotish kasallik rivojiga kifoya qiladi. Dastlab teri biroz rangsizlanib dag‘allashadi. Ammo og‘riq sezilmaydi. Tez orada bu soha ko‘kimtir tusga kirib, suyuqlik to‘la pufakchalar ko‘zga tashlanadi yoki atrofi chegaralangan to‘q qizil dog‘ hosil bo‘ladi. Keyin bu joyning terisi shilinib yiringlashi mumkin. Buni o‘z vaqtida davolamasa, yotoq yara chuqurlashib teri osti qavatlari, mushaklar va suyak tuzilishiga ham ziyon yetqazishi ehtimoldan holi emas. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling