Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet66/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 72
Ammo birovi Tarlondan qochib qutulolmadi. Uyoqqa burib soldi, bo‘lmadi, buyoqqa burib
soldi, bo‘lmadi. Nima qilishini bilmadi. Oxiri yerdan nimadir olib, Tarlonni boshiga bir
urdi.
Tarlon boshini silkib-silkib ohistaladi.
Unisi-da ariqdan hatlab o‘tdi.
Tarlon-da ariqdan o‘tdi. Mashina oldiga keldi. Old tuyoqlari bilan yer tirnab-yer tirnab
kishnadi.
Mashina g‘izillab jo‘nadi.
Tarlon mashina ketidan xiyla yo‘lgacha chopib bordi. Keyin, iziga qaytib keldi.
Ariqdan o‘tib, boshimga keldi. Yuzlarimga tumshug‘ini tekkizib-tekkizib ko‘rdi. Yuzlarimni
iskab-iskab ko‘rdi.
Men Tarlon nafasini tuydim. Tumshug‘ini qo‘shqo‘llab quchoqladim. Jag‘lari, peshonasini
siladim.
Shunda, kaftim ho‘l bo‘ldi. Ter, ot teri deb o‘yladim. Kaftimni ko‘zlarimga olib kelib
qaradim. Keyin, Tarlonga tikilibroq qaradim.
Tarlon peshonasidan qon sizdi...
Ho‘ngrab yig‘lab yubordim. O‘pkamni bosayin dedim, bosolmadim...
83
Qosh qoraydi.
Odam odamni tanimaydigan bo‘ldi.
Bir amallab chap yonbosh bo‘ldim. Tarlon oyog‘ini quchoqladim. Tizzasiga peshonamni
qo‘ydim. Uzalib, old qopqog‘iga shapatiladim.
Tarlon yelkalarimni iskadi. Keyin, old oyoqlarini asta-asta bukdi. Tarlon tizzaladi!
Men chap qo‘lim bilan egar qoshidan oldim. Egarga ko‘kragimni berdim. Timtalanibtimtalanib
egarga bel bo‘lib yotdim. Nafasimni rostlab oldim. Tag‘in qimtinib, oyog‘imni
egardan oshirdim. Tarlonni quchoqlab oldim.
Tarlon qaddini rostladi.
Shamol boshimni yalab o‘tdi. Shunda, bosh yalangligimni bildim. Telpagim yerda qolibdi.
Tushayin dedim, tag‘in, minishimni o‘yladim. Telpagimga qo‘l siltadim. Belbog‘imni
yechib, boshimni tang‘ib bog‘lab oldim.
Katta yo‘l chetidan yurdim.
Bor bo‘yicha qorong‘i tushdi. Adirlar qop-qora soyaday bo‘ldi.
Egarda chayqalib-chayqalib, ko‘nglim shu kechaday zim-ziyo bo‘lib-bo‘lib, o‘ksib-o‘ksib
bordim...
84
Tarlon-ay, nima kunlarga qolding-a?...
Tushda bo‘layaptimi, yo o‘ngda bo‘layaptimi?
Sen farqlamasang, men farqlay olmay qoldim, Tarlon...
Haligilar qanday jonzot edi, Tarlon! Sin-simbati odamga kelbat beradi. Ust-boshlari-da
bor. Odamga mayzab gapiradi, odamga mayzab kuladi...
Bilmadim, Tarlon, bilmadim. Sen bilmasang, men bilmadim. Men seni bilaman, Tarlon.
Ular men uchun begona, Tarlon...
Ayo Tarlon, sen mening ukamsan, ukam.
Bo‘ldi, men endi ularni ukam demayman. Mening ukam sensan. Sen mening ukamsan,
Tarlon. O‘zi menga o‘xshaysan, Tarlon, menga... Ukasi akasiga o‘xshaydi-da, Tarlon...
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling