Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
Boli boli boling bor,
Ming tumorli noring bor, Jasadingga qarayman Chopadigan holing bor. — Malades, o‘rtoq Qurbonov, malades. Aha, endi, chanqovuz, gulxan... eski gaplar, o‘rtoq Qurbonov. Doston, ha, doston! Zamon, davr nafasi yo‘q. Intellektuallik yo‘q, intellektuallik! Ko‘rib turibsiz, hozir atom asri. Mana, kosmonavtlar yana oyga uchdi... Xo‘p bo‘lmasa, o‘rtoq Qurbonov. Xayr-ma’zurni eshitib eshitmaslikka oldim, bilib bilmaslikka oldim. Do‘mbiramni chuldiratib, doston aytib qo‘yaverdim. Otlardi boqsang qashib boq, Olisdan suvini tashib boq, Sira uzmagin yemini, Yemini yemiga qo‘shib boq. Bir qiyo boq, ey, umidli dunyo! Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod — Aha, yaxshi, yaxshi! A-a-auf, chyort, uyqu bosayapti. Nima desak, ekan... otlar... otlar patriarxal hayvon, o‘rtoq Qurbonov. «Otni boqsang qashib boq, suvini tashib boq!» Xo‘sh, nima bo‘pti? Ma’lum gap-ku! Albatta otga suv beradi-da, bo‘lmasa benzin berarmidi? Qup-quruq didaktika! Xalq og‘zaki ijodi, ha, xalq og‘zaki ijodi! Primitiv, primitiv! Intellektuallik yo‘q, intellektuallik! Intellektual problemalar ko‘tarilib, ijobiy hal qilinmagan! Ijodingizga muvaffaqiyat, o‘rtoq Qurbonov. Izlaning, ko‘proq klassiklarni o‘qing. Aytaylik, Betxoven, Chaykovskiy, Ashrafiy... Rixsiyev qo‘zg‘oldi. Ketar bo‘ldi. Shunda, Rixsiyevlar qo‘yi esimga keldi. Balki, qo‘ylari yuzxotirini qilar, degan umidda qo‘ylaridan gap ochdim. — Muxbir aka, qo‘ylaringiz yaxshi! — dedim.— Dirkillab-dirkillab o‘ynab yuribdi! Rixsiyevning yuzlari yorishdi. — Aha, aytganday, bizning qo‘ylar yaxshi yuribdimi, o‘rtoq Qurbonov? — dedi. Ko‘nglimda umid uchqun berdi. Qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib, bosh irg‘adim. — Shukur, muxbir aka, shukur. Yaxshi yuribdi! — dedim. — O‘zlariyam... qo‘ymisan qo‘y-da! — Aha, qo‘y!.. — O‘lmang! — Qo‘y, qo‘-o‘-o‘y! Qo‘y yaxshi! — O‘lmang! — O-o-o, qo‘-o‘-o‘y! Qo‘y yaxshi narsa! — O‘lmang! Ayniqsa sizning qo‘ylaringiz! Ming qilsa-da, hi-hi-hi, ming qilsa-da, muxbirning qo‘ylari-da. — Aha, rahma-a-at, rahma-a-at! — Anavi to‘ng‘ich akangizning qo‘ylari bo‘lmaydi! Bari o‘ziday kaltafahm! Sizning qo‘ylaringiz shunday dono, shunday o‘qimishli... Hay-hay-hay, sadag‘asi ketsang, muxbirning qo‘ylarining!! — Aha, rahma-a-at, rahma-a-at! — Bir kuni deng, hayt-hayt, deya qo‘ylarni soyga haydadim. Qo‘ylar o‘zini qirga urdi. Faqat sizning qo‘ylaringiz soyga qarab yurdi. Men, ha, omon bo‘lgurlar-e, ming qilsa-da, muxbirning qo‘ylarisan-da, dedim. — Aha, rahma-a-at, rahma-a-at! Qo‘ylarni tarbiyalang, o‘rtoq Qurbonov, qo‘ylarni tarbiyalang! — Bay-bay-bay, qo‘ylaringiz muxbirning qo‘ylari ekanligi shundaygina bilinib turadi-ya! Mol egasiga o‘xshaydi, deganlari shuda... — Aha, rah-ma-a-at, rahma-a-at! Rixsiyev tashqariladi. Xurjunimi yelkalab, izidan yurdim. Tarlonni minib, adirga yo‘l oldim. Birodarlar, ko‘nglim og‘riyapti... 10 Tarlonni boylovga tashladim. Otxonadagi baland oxurga bog‘ladim. Go‘ng chiqariladigan teshikni janda bilan kechalari yopib qo‘ydim, kunduzlari ochib qo‘ydim. Tarlonga arpa yem berib boshladim. Azonda to‘rt kilo arpa yem berdim. Tushda olti kilo arpa yem berdim. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling