Ot kishnagan oqshom (qissa)
Yanagi uloq menga nasib etdi. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
16
Yanagi uloq menga nasib etdi. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 13 Men uloqdan umid qilmadim, to‘da chetida turdim. Uloqni Yaratganning o‘zi yetkazdi. Bir qizilko‘k uloqni yerdan sudrab chiqdi. Qizilko‘k shundaygina yonimizga keldi. Shunda chavandozi uloqni ot tizzasi bo‘yi ko‘tardi. Men enkayib, uloqqa yopishdim. Qaddimni ko‘tardim, Tarlon biqiniga tizzamni nuqib ayqirdim. — Ha-a! Tarlon bir yulqinib, to‘dadan uzib chiqdi. Ketimdan chavandozlar ot soldi. Ko‘plari menga yetib keldi, uloqqa uzaldi. Shunda Tarlonga qamchi bosdim. Ammo Tarlon jadallamadi, aksincha, tobora sekinlab chopdi. Hayron bo‘lib, olg‘a qaradim. Ana shunda nima gapligini bildim. oldinda bir odam bo‘yi soy bo‘ldi... Nima qilishimni bilmadim. Jilovni buraman degunimcha soy labiga kelib qoldim. Tarlon soy yoqalab chopdi. Uloq soy tarafda bo‘ldi. Shu sababli-da uloqqa birov kelolmadi. Shunday bo‘lsa-da, qo‘li uzun chavandozlar Tarlon sag‘risi, Tarlon bo‘yni osha uloqqa uzaldi. Men uloqni bermadim. Ayniqsa, Tarlon uloqni bergisi kelmadi. Soy yoqalab chopdim. Shunda-da bakovul ovozidan darak bo‘lmadi. Endi jilovni qo‘yib yubordim. Taqimimdagi uloqni qo‘shqo‘llab ushladim. Tarlon endi o‘z bilganicha chopdi. Soyda esa, adog‘ bo‘lmadi... Chavandozlar ketimdan qolmay ta’qib etdi. Shunda Tarlon birdan... soyga qarab zinkiydi. Old oyoqlarini ko‘tardi, o‘zini soyga tashladi. Etlarim jimir-jimir etdi. Ko‘zlarim otilib chiqib ketayotganday bo‘ldi. Oyog‘im yerdan uzilganini tuydim. O‘zimni muallaq sezdim. Ko‘nglimdan, o‘lgan shunday o‘lar ekan-da, degan gap o‘tdi. Ko‘zlarimni chirt yumdim, uloqni qo‘yib yubordim... Zo‘r bir zarbdan qalqib ketdim. Yuragim tovonimga tushib ketganday bo‘ldi. Hushim boshimdan uchdi. Jonholatda Tarlon bo‘yniga yopishdim. Mahkam quchoqlab oldim... 17 Ko‘zlarimni ochdim. Yo, tavba, Tarlon hamon chopib borayapti. Endi soyda chopib borayapti. Tarlon bir-bir bosib, oyoq ildi. Boshini egdi. Pishillab nafas oldi. Men qaddimni rostladim. O‘zimga keldim. Men tag‘in ko‘zimni yumdim. Yuqoridan bakovul ovoz berdi. — Zot joyida! Zot joyida qoldi! Yuqoriga o‘girildim. Otliqlar soy labida qator bo‘lib qaradi. Uzalib, jilovni oldim. Yuqoriga chiqadigan yo‘l qidirib, soy yoqaladim. Yuqorida chavandozlar salmoqlab-salmoqlab gapirishdi. — Odamning boshi aylanib ketadi-ya! — Shu Tarlonda ikkita yurak bor! — Bordi-yu, bitta bo‘lsa, o‘zining kallasiday! — Tarlon dilovar ot ekan! Bakovul tayinladi: — Tarlon-ov, uloqniyam olib chiq! — dedi. Men o‘zimni eshitmaslikka oldim. Uloqqa qaytib borgim kelmadi. Bir nishabroq yerdan yuqoriladim. Egar-abzallar oldiga bordim. Tarlonni yalang‘ochladim. Tarlonning bor vujudini qarab ko‘rdim. Oyoqlarini siladim. Xudoga shukur, lat yemadi. Yerga yumalatib-yumalatib Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling