Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 10
Aytganim bo‘ldi. Ertasi kuni shundaygina yonimizdagi Obshir qishlog‘idan to‘yxat keldi. Omborxonada ot abzallarini — terlik, bellik, chirgi, boz, jahannik, jul, pushton, quyushqon, yugan, ko‘pchik, uzangili egarni qo‘ltiqlab keldim. Tarlonni qashilab-qashilab egarladim. Og‘ziga suvliqni solib, yuganladim. Peshonasiga do‘lana shoxidan bo‘lgan ko‘ztumor ildim. Egar qoshidan oldim. Uzangiga oyoq soldim. 13 Obshirga yigirma otliq bo‘lib bordik. Surnay navosi chiqayotgan, osmonga quyuq tutun o‘rlayotgan to‘yxona ostonasida oyoq ildim. Bizga Turdi podachinikidan joy tegdi. Telpagi quloqlarini tushirib olgan bir odam bizni tor ko‘chalar bo‘ylab ergashtirdi. Podachinikiga olib bordi. Podachi darvozasi xiyla past bo‘ldi. Oti mo‘minlar ostonadan egarga enkayib o‘tdi. Oti boqiliqlar yerga tushib, yetaklab o‘tdi. Birodarlar, otga minsang — boshingni o‘yla, yerga tushsang — otingni o‘yla! Chavandozlar otlarini yalang‘ochladi. Egar-abzallarni daraxt shoxlari ayrisiga ildi. Supalar, devorlarga qo‘ydi. Chavandozlar otlarni shamollatdi. Tarlon yerga ag‘nadi. Goh o‘ng, goh chap yog‘iga ag‘nadi. Badani qichig‘ini qondirdi. O‘zini o‘zi qashidi! Tag‘in oyog‘ida turdi. Oyoqlarini kerib-kerib silkindi. Badan-yollariga ilashgan xas-changlarni qoqdi. Tarlon ustiga gilam tashladim. Pushtonini salqi qilib tortdim. Qozig‘ini tepib-tepib qoqdim. Safar chavandoz qora to‘rig‘i qozig‘ini Tarlon yonidan qoqdi. G‘ashim keldi. Ensam qotdi. — Safar aka, — dedim. — To‘rig‘ingizni xolisroqqa oling, baraka toping. — Hech nima qilmaydi, yer keng. — Men yerni qizg‘anmayapman. To‘rig‘ingiz tepong‘ich, shuni o‘ylayapman. — Ko‘ngilni keng qiling, ot tepkisini ot ko‘taradi. To‘riq bizning Tarlonga yomon-yomon qaradi. Men, ana, ko‘ryapsizmi, demoqchi bo‘ldim. Ammo Safar chavandoz mehmonxonaga jo‘nadi. Izidan qo‘l siltab qoldim. Keyin, men ham bordim. To‘yxonadan ulushimiz — turli noz-ne’matli dasturxon, ikkita shisha keldi. Uy bekasi qozon osdi. Palovga urindi. Chavandozlar davra bo‘lib o‘tirdi. Sabzi to‘g‘rab berdi. Shu vaqt otlar achchiq-achchiq kishnadi. Tarlon ovozini darrov tanidim, chopib chiqdim. Safar chavandoz to‘rig‘i old oyoqlarini ko‘tarib pishqirdi, Tarlonga yopishdi. Men olisdan qo‘l siltadim. Tarlonga do‘q urdim: — Bo‘ldi, bas! — dedim. Tarlon o‘zini keyinga oldi. Old tuyoqlari bilan yer tirnadi. Tishlarini irjaytirib kishnadi. To‘riqni ogoh qildi. Yaqinlashma, degan bo‘ldi. Tarlon no‘xtasidan ushladim. Tarlonni tinchlantirdim: — Bo‘ldi! Tak-tak-tak! Tak deyman! Safar aka, ana, aytmadimmi, to‘rig‘ingiz odam emas deb! Mana, Tarlonning ko‘nglini og‘ritdi! — Odam so‘zlashib topishadi, yilqi kishnashib topishadi, Ziyodulla chavandoz! ShundayOt kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling