Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 14
sovutdim. Bosh-adoq qashiladim. Bo‘ldi, endi Tarlonni uloqqa solmayman. Bo‘ldi, Tarlon g‘olib bo‘ldi... 18 Keyin... keyin, o‘zimning-da, araz fe’lim tutdi... Birodarlar, sizga bir nima aytayinmi? Men araz urishni yaxshi ko‘raman! O‘layin agar-a! Oy tug‘adi, o‘ttizida to‘ladi. Shu oyda biror bir nimadan, aqalli bir martagina bo‘lsa-da, arazlamasam bo‘lmaydi. Shu oyda kun ko‘rganday bo‘lmayman! Ko‘nglim g‘ash bo‘lib yuradi. Bir nima yo‘qotganday tevarakka alanglab qolaman. Bahonatalab bo‘laman. Biron-bir bahona izlayman. Qildan qiyiq chiqaraman. Ignaday nimani tog‘day qilib ko‘nglimga olaman. Tumshuq qilib olaman! O‘zimni o‘zim xo‘rlangan deb bilaman. Ko‘nglim cho‘kib... otam bechorani eslayman! Odamlar meni sag‘irligimni bilib xo‘rlayapti, deyman. Sag‘ir bo‘pmiz, aybdor bo‘pmizmi, deyman. Undan keyin... kallamdan o‘pkalayman! Xo‘rlanishim boisini kal kallamdan ko‘raman. Kallam kal-da, bo‘lmasa, meni shunchalik xo‘rlarmidilar, deya o‘ksinaman. Shunda: uzangi yo‘ldoshlarim oraga tushadi. Ot jilovini ushlab, tavallo qiladi: — Bir martagina shaytonga hay bering, Ziyodulla chavandoz! — deydi. Arazlashimning ana shu yerlari ko‘nglimga yog‘day yoqadi! Qobog‘imni uyub-uyub, olislarga qarayman. Miq etmayman! Uzangi yo‘ldoshlarim yanada g‘ayrat qiladi. — Ziyodulla chavandoz, siz ko‘p ulug‘ chavandozsiz, shu safar bizni o‘ylang! — deydi. Ahay-ahay! Jonning huzuri-ya! Vujudim huzur qiladi, vujudim rohat qiladi! Ana shunda moyillik beraman! O‘ychan-o‘ychan bosh irg‘ayman. — Mayli, ko‘p qo‘ymadilaringiz, yuzlaringizdan o‘tolmadim, — deyman. Ko‘pdan buyon araz urish xumor qilib yurib edi. Mana, qulay vaqt keldi! Yaratganning o‘zi suygan bandasiga yubordi! Bahona-da binoyiday bo‘ldi: ot insonni deb jonini ayamadi, bakovul bo‘lsa, ot fidoyiligini taqdirlamadi! Ana bahona! 19 Men arazlab o‘tira berdim. Bir jiyron ot seldanang otib keldi. Bakovul oldiga bordi. Birodarlar, jiyron — malla ot bo‘ladi. Oyog‘i olapaycha. Ayrimlari peshonasida qashqasida bo‘ladi. Bunisida yo‘q bo‘ldi. Jiyron chavandozi soqoldor chavandoz bo‘ldi. Chavandoz ovozi nordon-nordon bo‘ldi, ammo xushtalqin bo‘ldi: — Ay bakovul, mo‘yloving bo‘lgan bilan, insofing yo‘q ekan! — dedi. — Qara, Tarlon o‘zini qayerdan tashladi! Ot sendan, mendan qo‘rqqanidan tashlamadi, yo‘q, odamzotga fidoyiligidan tashladi! Bundayin botir ot boshidan zar sochsang-da, haqing ketmaydi! Ber haqini! — Uloq qo‘lidan tushib ketdi! — dedi bakovul. — Bersang berding, bermasang, shu Tarlonga uyimdan bir qo‘y olib kelib beraman! Ayt, bo‘larini ayt! Bakovul arosatda qoldi. Nima qilishini bilmadi, nima deyishini bilmadi. Haq berayin desa, boyatdan buyon bot-bot bekor, dedi. Endi gapidan qaytish bo‘ladi. Haq bermayin desa, tag‘in bo‘lmadi. Soqoldor chavandozda avzoy yomon, uyidan qo‘y olib kelib beradi. Yomon-yomon, ana unda yomon! Bakovul nomiga yomon, to‘y nomiga yomon! Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling