Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet16/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 22
qaradi. Jo‘ra bobo to‘rig‘ini bersa berdi, bermasa, atayin so‘rab oldi.
Bakovullar Jo‘ra bobo ko‘nglidan bordi.
29
Jo‘ra boboning to‘rig‘iga qoralikni ko‘rsatib keldim, qoralikni iskatib keldim.
Xiyol o‘tdi, to‘da guvillab qo‘zg‘oldi. Uloqni bir Chil ot olib chiqdi.
Birodarlar, Chil otning bir yeri ko‘k, bir yeri oq, yana bir yeri qora bo‘ladi. Shu boisdan
chil-da!
Chil yo‘lini chap solib-chap solib chopdi. Chag‘ir chekkagir Chilga yaqin-da borolmadi.
Chekkagir armonda qoldi.
Bakovul qamchisini boshi uzra silkidi.
— Bekor, Chilniki bekor! Qoralikka tushmadi!— dedi.
Chin, uloq chuqur labida ilashib oldi. Uloq chuqur ichiga tushsagina halol bo‘ladi.
Bakovul uloqni qoralikdan xolisga olib borib tashladi.
— Chavandozlar, qo‘yilgan zotlar joyida qoldi! Ol-ha, ol! — dedi.
Boyanagi chil ot uloqni tag‘in olib chiqaman dedi. Bir havasim keldi, bir hayratim keldi.
Nimaga endi faqat shu chil ot olayapti? Hatto chekkagirlarni-da dog‘da qoldirayapti?
Farosat bilan qaradim. Bir talay uzangi yo‘ldoshlari Chil ot tevaragini o‘radi. Chil
chavandozi uloqni xotirjam uzalib oldi. To‘dadan sug‘urila boshladi. Uzangi yo‘ldoshlari
o‘zga otlarni Chilga yo‘latmadi, yo‘l bermadi. Go‘yo uloqqa talashayotgan bo‘lib, Chil otni
o‘rab-o‘rab chopdi. Chil sag‘risiga qamchilab-qamchilab, madad berib-madad berib
chopdi.
— Darband! hayda, Darband! G‘ayrat qil, Darband! — deyishib chopdi.
— Bos, bo‘sh kelma, Darband! — deyishib chopdi.
Demak, bular darbandlik chavandozlar bo‘ldi. Darbandlik chavandoz uloqni taqimiga
bosib oldi. Ayqirib-ayqirib ot qo‘ydi:
— Oho-hay, oho-hay, oho-hay! Hay otam, hay otam-a, hay otaginam-a! Hayda-ya!..
Birodarlar, Darbandlik chavandoz otni otam deyapti, otam! Ahay-ahay!
Chil ot bu safar uloqni dangal tashladi.
— Halo-o-ol! Chil, chil deyman-ov! Uloqni olgan yeringga olib borib tashla!
Chavandozlar, endigi zotga katta bir ho‘kiz qo‘yildi. So‘ysang bir to‘yni to‘ydiradi! Ol,
armonda qolma!
To‘da yana qoralikka qarab ot qo‘ydi. Uloq bu gal «8-Mart» kolxozilik Samanda bo‘ldi.
«8-mart»liklar haybarakalla qildi:
— Qo‘yma, «8-Mart», qo‘yma!
«8-Mart», ehtiyot bo‘l, ketingdan Chag‘ir borayapti!
— Bos, joning boricha bos!
— «8-Mart», otni qamchila!
Ho‘kiz «8-mart»liklarda ketdi.
30
Endigi uloqni men olib chiqdim. Otlar oldimni oldi. Yo‘limni yopib chopdi, yonlarimni
yopib chopdi. Otlar meni qoralikka yo‘latmadi.
Birodarlar, yolg‘iz otning changi chiqmaydi, changi chiqsa-da, dong‘i chiqmaydi!
Alamimdan xunob bo‘ldim. O‘zimizning chavandozlarga baqirdim:
— Jonlaring bormi?! Kelinglar-da endi!
Shundagina bizning chavandozlar o‘ziga keldi. Gapni bir yerga qo‘ydi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling