Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 30
Kelinlar otda emas, mashinada keladigan bo‘ldi. Olamni mashina ovozi buzdi: dut-dut-dut... Qishloqda ot nomi o‘chdi. 38 Ora sovidi. Qishloq tinchidi. Ana shunda Tarlonni uyga olib keldim. Chavandozlar beliga pul o‘rab, Oboqliga yo‘l oldi. Oboqlidan ot olib keldi. Ot bilan ajab gaplarni-da topib keldi. Go‘shtga ot olish ko‘pga kelgan to‘y emas emish. Oboqli taraflarda otlar bus-butun emish, tus-tugal emish... 39 Bu gap qishloqdagi besh-olti arizaboz qulog‘iga yetdi. Arizabozlar qulog‘i ding bo‘ldi. Arizabozlar kechalari uyma-uy yurdi, ariza to‘pladi. Bir kecha biznikiga keldi. Arizabozlar sultoni bo‘lmish Botir mirob sirli ovozda tayinladi: — Darvoza ichkaridan tambalansin. Hovli chirog‘i o‘chirilsin. Bola-chaqa bu uyga yaqin yo‘latilmasin. Ichkari eshik zichlab yopilsin. Deraza pardalari tushirilsin. So‘ng, qarshimizga kelib o‘tirilsin! Botir mirob aytganlarini bajarib keldim. Davraga qo‘shilib o‘tirdim. Arizabozlar boshimdan kechgan savdoni gapirib berishimni so‘radi. Men sir bermadim, talmovsiradim. Boisi, o‘shanda o‘n kun yotganim elga doston bo‘ldi. El orasida yuruvsiz bo‘ldim. Mana, dostonim deyarli unut bo‘ldi. Ko‘ngilsiz dostonimni yana qo‘zg‘agim kelmadi. — Botir aka, bo‘lgan ish bo‘ldi, buyog‘i sindi. Qo‘ying, shu arizabozlikni, — dedim. — Iya-iya! Hey, og‘izga qarab gapirilsin! Kim arizaboz? Bizmi? Biz yozuvchimiz, bilib qo‘y, yozuvchi! Xalq yo‘lidagi, haqiqat yo‘lidagi yozuvchilarmiz! Anavi g‘azal, roman... yozuvchilar yana nima yozadi, o‘rtoq Hamidov? Qabatidagi adabiyot muallimi o‘z ulushini qo‘shdi: — Poema, ballada... — Ha-ha! Poema, ballada yozuvchilaring yozuvchi emas, biz yozuvchi! Mana, biz! Yozuvchilaringning asarlarida fakt yo‘q, adres yo‘q! Masalan, mana o‘zimizning Tog‘ay! Bo‘ri bechoraning o‘g‘li! O‘lishni kitob qilib yozdi. Endi ko‘pkariniyam kitob qilayotgan emish. Yozishga yozdi, lekin tekshirtirmadi, chora ko‘rdirmadi. Xalqqa nafi tegmadi. Xalq yozuvchilarning kitobini pul sarf qilib oladi. Vaqtini isrof qilib, erinmay o‘qiydi. Keyin... qayg‘uli asarni nima deydi, o‘rtoq Hamidov? Ha-ha, tragediya! Tragediya bo‘lsa ta’sirlanib yig‘laydi. Agar... o‘rtoq Hamidov? Vo-vo-vo, satirik bo‘lsa, qah-qah urib kuladi. Bari quruq safsata! Xalqning biron-bir ishini bitkazib bermaydi. Xalqning kamko‘ sti esa achib yotibdi. Xalqqa kim amaliy yordam beradi? Biz! Demak, asl yozuvchi biz! To‘g‘ri, yozganlarimizni kitob qilib chiqarmaymiz. Asarlarimiz turli idoralarda qolib ketadi. Lekin kitob qilib chiqaramiz desak, chiqaramiz. Ana, sandiqda yuzlab shikoyat asarlarimiz nusxasi taxlanib yotibdi. Ikkinchi marta og‘izdan arizaboz degan gap chiqarilmasin, ha! — Tavba qildim aka, tavba qildim. — Shunday bo‘lsin! Endi gapirilsin. Boshidan boshlansin. — Shu, bir kechasi mendan beshbattar iyig‘i chiqqan bir kal keldi. Yonida ikkita shapkada bor... Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling