Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet26/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 32
Avtobusda yurdim-yurdim, bir joyga keldim. Yo‘l chetida turdim, o‘tkinchi-ketkinchi
mashinalarga qo‘l ko‘tardim. G‘uj-g‘uj mashinalardan birovi-da to‘xtamadi. Ko‘taraberib,
qo‘llarim charchadi. Turaberib, oyoqlarim toldi. Qornim qur-qur qildi. Toqatim toq bo‘ldi.
Shunda uzun bir mashina jiring-jiring etib kelaberdi. Tezlab kelayapti-da, deb bo‘lmaydi,
ohistalab kelayapti-da deb bo‘lmaydi. Yaqin kelib, yanada ohistaladi. Farosat qildim, qo‘l
ko‘tarsam, to‘xtaydigan ko‘ngli bor.
— Ay, Hamidov muallim, bu qanday mashina bo‘ldi? — dedim.
— Tramvay, — dedi muallim.
— Ko‘cha yuzida simyog‘ochday bo‘lib turamizmi? Ana shu tramvayni kira qilamiz!
Xarajati mendan! — dedim.
Hamidov muallim kuldi.
Tramvay qimmat, — dedi.
— Qimmat bo‘lsa bo‘lar! Ketsa, bir qo‘yning puli ketar! — dedim.
— Unda, o‘zingiz kira qiling.
Chopqillab bordim. Tramvay oldini oldim. O‘ng qo‘limni boshim uzra ko‘tardim.
— Ay, tramvay, ostanovka! — dedim.
Tramvay jiring-jiring etib oyoq ildi. Tramvaychi derazadan qaradi. Menga iyak qoqdi. Ha,
nima deysan, degan bo‘ldi.
Men o‘ng qo‘limni olg‘a sermadim.
— To‘g‘riga! — dedim. — Aytgan pulingni beramiz! — dedim.
Tramvaychi bosh-adog‘imga qaradi-qaradi-da, bosh irg‘adi. Mayli, degan bo‘ldi.
Boshmoldog‘i bilan tramvay eshigiga ishora berdi.
— Ayda! — dedi.
Shunda eshik taraq etib ochildi. Men lip etib tramvayga minib oldim. Ketimdan
arizabozlar mindi.
Arizabozlarga havolanib-havolanib qaradim.
— Ana, bir og‘iz gap! — dedim.
— Ha, kuchingdan, Ziyodulla kal! — dedi Botir mirob.
Tramvay bir yurdi, bir to‘xtadi. Chayqalib-chayqalib xiyla yurdi.
Bir joyda Hamidov muallim:
— Hozir tushamiz! — dedi.
Birinchi bo‘lib men tushdim. Tramvay kira qilishga qildim, endi kira haqini to‘layin, deya
qo‘ynimni kovladim.
Shunda Botir mirob:
— Men to‘ladim, — dedi.
— Ha-a, binoyi, — dedim.
Shu, Botir mirob ko‘pga tushib ketdiyov. To‘rt odamga kira haqi to‘lashning o‘zi
bo‘ladimi. Tushsa tushar! Nima, mirobga meni ergashtirib kel, dedimmi! Ergashtirib
keldimi, to‘lasin-da!
Arizabozlar katta bir idoraga kirib ketdi. Men ostonadagi qorovul oldida qoldim.
Arizabozlar o‘rgatgan gaplarni ichimda bot-bot qaytarib o‘tirdim.
Nihoyat, arizabozlar chiqib keldi. Kattalar meni yo‘qlamabdi. Arizabozlar gapiga
ishonibdi. Yaxshi bo‘libdi. Tag‘in kattalar salobati bosib, duduqlanib qolamanmi, deya
qo‘rqib edim.
41
Ertasi kuni Dushanbega uchdim. O‘tirganlar shahodat barmog‘ini likillatib, o‘rtada
laylakqushday lo‘killab yurgan qizni imladi. Qiz ularga mayda idishda suv olib keldi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling