Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet28/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 34
— Ha, kuchingdan!
— O‘ng yog‘ida o‘tirib uchdim! Parrakning shunday yonida, ha!
— Vo ukkag‘ar, Gagarin bo‘l-ey!
— Kim? Eb-ey, Gagarining kim bo‘pti! Osmonga lip etib uchgan-da, qaytib tushgan. Men
to‘rt osh pishirimdan-da ko‘p uchdim!
— Eh-e-e! Yoril-e, bachchag‘ar-e, yoril-e!
— Ko‘rib turibsan, chakana odam emasman! Endi men bilan o‘ylab gapirish!
— Bo‘ldi, bo‘ldi, taraf yo‘q.
— Yana bir gap. Samolyot osmonda varrakka o‘xshagan bilan mayda emas ekan, ha!
Ichi Obshirning kamariday keladi!
Kir uyga, choy ichamiz.
— Yo‘q, ishim zaril. Shunday o‘tayotib, bir hol-ahvol so‘rashib ketayin dedim...
Jilovni bo‘shatdim. Tarlon yo‘l oldi.
Birodarlar, parday yengil bo‘ldim!
43
Birodarlar, Moskvadan odam kelibdi. Shlyapasi bor emish!
Shlyapali odam rayon kattalarini yig‘ibdi. Kal kattani o‘rtaga olibdi. Ana shunda masala
oydin bo‘libdi.
Oydin bo‘lishicha, hukumat, hamma o‘z imkoniyatiga yarasha go‘sht topshirsin, debdi.
Buyruq rayonga kelibdi. Rayon kattalari kal kattani bizga vakil etib yuboribdi.
Kal katta bir zina yuqori o‘smoqchi bo‘libdi. O‘sish uchun go‘sht topshirishdan
foydalanmoqchi bo‘libdi. Qaysi yo‘l bilan bo‘lsa-da, go‘sht topshirishni muddatidan oldin,
oshirib bajarib, kattalarga yaxshi ko‘rinmoqchi bo‘libdi, yelkasiga qoqtirmoqchi bo‘libdi.
Shu yo‘l bilan ko‘zlagan amaliga minmoqchi bo‘libdi.
Birodarlar, bir kalning hiylasi — qirq kishini charchatadi!
Kal katta o‘z niyatiga elni talab erishmoqchi bo‘libdi, elni xo‘rlab erishmoqchi bo‘libdi.
Shlyapali katta kal kattani urishib-urishib, amalidan olibdi. Partiyadan o‘chirmoqchi
bo‘libdi.
Shunda, kal katta ho‘ng-ho‘ng yig‘lab qo‘ya beribdi. Shafqat qilibdi.
— Erkak odamning yig‘lagani — o‘lgani, — debdi.
Birodarlar, haq saqlasa balo yo‘q, haq qarg‘asa davo yo‘q!
Ayni kunlarda kal katta choyxonada yonboshlab yotar emish.
— Haqiqat yo‘q, bu dunyoda haqiqat yo‘q... — der emish.
Birodarlar, o‘zing yaxshi — olam yaxshi, o‘zing yomon — olam yomon!
Choynagidagi choyi oq emish! O‘zi quyib, o‘zi ichar emish.
Elga ermak, xalqqa shaloq emish!
44
Birodarlar, shukur-shukur, arizabozlarning boriga shukur!
Arizabozlar nohaqlikka yo‘l qo‘ymaydi. Harom-tomoqlarga kun bermaydi. Elning haqini
birovga yedirmaydi.
Arizabozlar bo‘lmasa, kattalar biz avom elni bozorda sotib yeydi! Arizabozlar bo‘lmasa,
kattalar biz avom el og‘zidagi oshni yulib oladi!
Arizabozlarga mehrim tushib qoldi!
Bozor oqshomi barcha arizabozlarni uyimga aytib keldim. Boqib yotgan bir qo‘yimni
so‘yib berdim.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling