Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet31/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 37
berdi, ko‘tarishib yubordi!
Tarlon bilan olg‘a chopdim. Otlar keyinda qolib ketdi. Ammo bir to‘riq qolmadi.
Chavandozi uloq butidan ushlab, biz bilan baravar chopdi.
— Yo‘q, uloq Tarlon bilan To‘riqda ketayapti! Uloq Tarlon bilan To‘riqda!
Uloqni taqimimga bosib oldim. Yonimga chalqaydim. Jilovni qo‘yib yubordim. Uloqni
qo‘shqo‘llab ushlab oldim.
Ko‘p otlar avval-avval asta-asta chopadi. Keyin-keyin tezlab chopadi.
Bizning Tarlon bo‘lsa turgan joyidan zabt oladi. Birinchi qadamidanoq shiddat bilan,
birdan otilib chopadi. O‘zga otlar bundayin zabtli shiddatga hozirlanmagan bo‘ladi.
Oqibat, o‘zga otlar o‘zlarini o‘nglab olgunlaricha, Tarlon o‘zib ketadi. Hozir-da shunday
bo‘ldi.
Tarlonda yana bir fazilat bor. Bordi-yu, biror bir ot yetib olsa, Tarlon shu ot bilan baravar
chopadi. O‘zib-da ketmaydi, keyin-da qolib-da ketmaydi. Go‘yo, oxirgi holi shunday, bir
me’yorda chopadi. Qabatidagi ot shu me’yorga ko‘nikadi. Baravar chopib borayotgani
bilan qanoatlanadi. Shunda, Tarlon birdan zabt oladi, shiddat oladi! Bunday bo‘lishini
xayoliga-da keltirmagan qabatidagi ot keyinda qolib ketadi.
Ayni shu vaziyatda chopayapmiz! Mendan Tarlon uchun bir so‘z kifoya bo‘ldi.
— Ha-a!
Tarlon, tarlonligini qildi, horiqulodda yulqindi, zabtini birdan oshirdi.
Qabatida kelayotgan to‘riq chavandozning qo‘li uloqdan uzildi. To‘riq keyinda qolib ketdi.
Men jo‘shib ketdim:
— Hu-u-uy, hu-u-uy, hu-u-uy!..
Tarlon yulduz uchganday chopdi!
— Halo-o-ol. Tarlonniki halol! Tashla, Tarlon, tashla!
Ellik-oltmish kilolik uloqni yerdan qanday qilib ko‘tarib oldim? Belim barobar devorda
o‘tirib, ellik kilo yukni yerdan bir qo‘llab ko‘tarib ololmayman. Ellik kilo yukni qo‘shqo‘llab
ko‘tarib, otga kuchana-kuchana ortaman. Ko‘pkarida bo‘lsa, otda enkayib, ellik kilo
uloqni bir qo‘llab ko‘tarib olaman! Buning siri nimada?
Birodarlar, otning shamoli bor! Uloqni ana shu shamol olib ketadi! E’tibor etgan
bo‘lsangiz, ot uloqdan ko‘z uzmadi! Ot menga kift berdi! Atayin, men uchun qulaylik
yaratdi! Uloqni ko‘tarayotganimda esa, yelkasiga yuk olayotgan odamdayin bir silkindi!
Ana shunda men uloqni yerga tashlab yubormasam bo‘ldi, birovga berib yubormasam
bo‘ldi. Chavandozligimni qilsam bo‘ldi! Ot — otligini qiladi!
Bilayapsiz, ko‘pkarining sakson-to‘qson foizi ot bo‘ynida bo‘layapti. Shu boisdan-da
ko‘pkarida chavandoz emas, ot nomi aytiladi! Ko‘pkari boshidan-adog‘igacha ot nomi
jaranglaydi! Ot nomi sharaflanadi! Ot nomi ulug‘lanadi!
Tarlon ellik-oltmish kilolik uloq bilan, yana tag‘in men bilan qanday qilib chopdi? Atayin,
otga oltmish kilo bug‘doy ortib oldim, deyin. Yana tag‘in, o‘zim-da minib oldim, deyin.
Ana shundan keyin ot ana shunday shiddat bilan chopoladimi? Chopolmaydi! Uloqqa
kelganda esa, quyunday uchadi!
Birodarlar, uloqning havosi bor! Otga ana shu havo quvvat beradi, qanot beradi!
Tarlon g‘ayrat qildi. Yana ikki marta uloq ayirdim.
Shunda, g‘uj odamlar orasidan kimdir birov ovoz berdi.
— Tarlon, buyoqqa bir qarang! — dedi.
Bordim, ovoz bergan kechagi chol bo‘ldi. Chol kaftini qoshiga qo‘yib qaradi. Boshini
irg‘ab-irg‘ab qaradi. Kulimsib-kulimsib qaradi.
Endi qandaysiz, el chavandozi? — dedi.
— Qulluq, qulluq.
— Endi menga qarang, el chavandozi, otga dam bering, ha. Bo‘lmasa, ko‘ziktirib
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling