Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet32/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 38
qo‘yasiz...
Tarlon halollagan to‘nlar bilan pullarni cholga uzatdim.
Olmayman, yo‘q, olmayman!.. — dedi chol.
Qo‘yarda-qo‘ymay berdim. Keyin, jabduqlar tarafga yurdim.
49
Birodarlar, hamsoyamiz Qulmat polvon bozorlab keldi. Mayiz sotib keldi.
Devorimizdan avaylab bo‘yladim. Narx-navoni so‘radim.
— Qani, polvon, — dedim, — mayiz qanchadan bo‘ldi?
Polvon qo‘llarini ko‘ksi barobar qildi. Kaftlarini katta-katta ochdi. O‘nta barmog‘ini yoyib
ko‘rsatdi. Og‘zini to‘ldirib:
— O‘n so‘m! — dedi.
— Yo‘g‘-e?
— Chinim, o‘n so‘mdan bo‘ldi. Mayizingiz bo‘lsa, armonda qolmang!
Mayiz bizda bor-da! Olti unxalta! Saratonday sariq mayiz!
Qo‘chqorday-qo‘chqorday o‘g‘illarim bor! Katta bo‘lsa otning Tarlonini minaman deyapti!
Mayizni shularning to‘yiga bosib yotibman! Bu qish kuchim yetmaydi, kelasi qishda katta
to‘y beraman! Nasib bo‘lsa!
Shanba oqshomi ombordan bir xalta mayiz sudrab chiqdim. Supadagi gilamga yoydim.
G‘alvirda elab-elab, changdan pokiza etdim.
Subhi sodiqda Tarlon bilan bozorladim.
Qizilsuvga doxil bo‘ldim. Daryodan kechib o‘tib, yuqoriladim.
Mol bozori oldida tevaragi sim bilan o‘ralgan yer bo‘ladi. Bozorlab keluvchilar otulovlarini
ana shu yerga bog‘lab qo‘yadi. Tarlonni-da shu yerga bog‘lab qo‘ydim.
Mayizimni orqalab, bozor oraladim.
Dimog‘im manti hidini tuydi.
Bukilib-bukilib yurdim.
— Po‘sht-po‘sht! — deb yurdim.
Bozorchilar qatoridan joy oldim. Mayiz xaltamni ochdim. Mayizimni maqtab-maqtab
o‘tirdim. O‘n so‘mdan pastga tushmadim!
Chipor gulstukli bir odam mayizimni kaftiga olib ko‘rdi. Salmoqlab-salmoqlab ko‘rdi.
Sal tushing, dehqonsiz-ku! — dedi.
— Nima, dehqon mayizni ko‘chadan topib oladimi? — dedim.
— Tok tuggan noz-ne’matni o‘n so‘m deb o‘tiribsiz-a!
— Noz-ne’mat degani dehqonning peshona teri degani!
— Ko‘p minnat qilmang! Shusiz ham oy bitsayam, kun bitsayam, dehqonga bitib yotibdi!
— Bitadi-da! Ust-boshlaringdan tortib, yegan-ichganlaringgacha dehqonning peshona
teridan kelayapti! Idorada o‘tirib qog‘oz qoralaganlaring bilan osmondan yeydigan, yo,
kiyadigan biror nima tushmaydi! Dehqon topganining to‘qson foizini sizlarga jo‘natib,
qolgan o‘n foizinigina o‘zi yeydi!..
Chipor galstukli odam unday desa, bunday dedim, bunday desa, unday dedim. Ishqilib,
galstuklidan qolishmadim!
Birodarlar, sochim bo‘lmasa-da tarog‘im tillodan!
Qaradim-qaradim, savdoning ma’quli bo‘lmadi.
— Bor-ye, yetti so‘mdan bo‘ldi! — deb yubordim.
Shu zahotiyoq bir mayizjallob dikonglab keldi. Ko‘tarasavdo qilib olib ketdi.
Xaltamni tizzamga urib qoqdim. Buklab-buklab qo‘ltig‘imga qisdim.
Bozor oralab, bozorlik qildim. Noz-ne’matlar oldim. Jiydaga boshqorong‘i ayolimizga
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling