Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 35
45 Qishloq tag‘in otlarga to‘ldi. Chavandozlar otlarini boylovga tashladi. Tarlonni-da boylab boqdim. 46 Qarluqda to‘y bo‘ldi. Shu to‘yga yo‘l oldim. Yo‘lda Tarlon tezak tashlab-tashlab bordi. Ajabo, bundaychikin qilig‘i yo‘q edi... Bir muallimnikiga tushdim. Qoziqni molxona yoniga qoqdim. Tarlon quloqlari shalpaydi. Boshi egildi. Devor kavagiga munis termilib qoldi. Yem yemadi. Irimiga labini-da tegizmadi. Ko‘nglim hadiksiradi. Tomog‘imdan tuz o‘tmadi. Tarlondan ko‘z uzmadim. Uzangi yo‘ldoshlarim-da oromini yo‘qotdi. Qarluqda otni zo‘r biladigan bir sinchi chol bo‘ldi. Ana shu cholni aytib keldi. Chol Tarlonni aylanib ko‘rdi. Enkayib, ko‘zlariga qarab ko‘rdi. O‘zicha, bosh irg‘adi. Keyin, tirsagimdan ushladi. Meni mehmonxonaga ergashtirib bordi. Yelkamga qo‘lini qo‘ydi. — Menga qara, el chavandozi, — dedi. — Shu otni menga sotmaysanmi? Yigirma qo‘y beraman. Gapning erkagini ayt. Zardam qaynadi. Men nima g‘amda-yu, chol nima g‘amda! — Bova, — dedim, — erta birov aytgan ekan, men o‘z g‘amim bilan, mulla mening... deb! O‘zi nima gap, avval ayting-da! Chol mujmaltob bo‘ldi. — Sen bo‘larini ayt, el chavandozi. Keyin men aytaman, — dedi. — Yo‘q! Qiyomatda-da sotmayman! Bo‘ldimi? — Ha, mayli. Unda eshit, el chavandozi. Oting, zo‘r ot. Ko‘rgandan besh ketdim. Adashmasam, yaqinda og‘ir bir dardni boshidan kechirgan deyman-ov! Tarlon kamarda o‘n kun och yotdi, ana shu xayolimdan o‘tdi. Ammo cholga sir bermadim. — Ha, dardga chalinib edi. Keyin, forig‘ bo‘lib edi. Chol mahobat qildi. — Bali, el chavandozi, — dedi. — Ot hozir shuni eslayapti, ertaga bo‘ladigan ko‘pkarini o‘ylayapti. Darddan avvalgiday chopolamanmi, yo‘qmi, degan g‘am otni o‘yga solayapti. Men buni ko‘zlaridan bildim. Meniyam aytdi dersan, el chavandozi. Chol ketdi. Men bemahalgacha gurunglashib o‘tirdim. Tarlonning qayg‘usi ko‘nglimdan ko‘tarilmadi. Qayg‘u yuzimga-da urdi shekilli, uy xo‘jasi ko‘nglimni ko‘tardi. — Ko‘p qayg‘ura bermang, chol sinchi, bilong‘ich, — dedi. Keyin, chol kimligini aytib berdi. Emishki, otlar bir yilda bir marta kavsh qaytaradi. Ot kavsh qaytarganda yonadi! Badanlari tovlanadi, ko‘zni qamashtiradi! Ayniqsa, ko‘zlari porlab yonadi! Ot — dev-da! Ot kavsh qaytarishi horiqulodda* yerda, horiqulodda vaqtda kechadi. Ko‘z ochib, ko‘z yumguncha bo‘lib o‘tadi! Ot kavsh qaytarishini ko‘rgan odam, yo telbanamo bo‘ladi, yo sho‘rpeshona bo‘ladi, yo baxtli, yo dono, yo nuktadon bo‘ladi! Emishki, chol ot kavsh qaytarganini ko‘rgan emish... Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling