Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 33
Mening boshqalardan qayerim kam? Kallam kal bo‘lgan bilan, telpakning ostida ko‘rinmaydi. Dadil bo‘ldim, o‘zimni bir sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Shahodat barmog‘imni likillatib, qizni imladim. Suv, deya og‘zimni ko‘rsatdim. Qiz bosh irg‘adi, suv olib keldi. Suvni bir yutishda yo‘qotdim. Boshqalarday bosh irg‘adim. — O‘lmang! — dedim. — Katta qiz bo‘ling. Ko‘kragimni kerdim, baqalog‘imni shishirib o‘tirdim. Oynadan pastga qaradim. Past o‘zimizning Vaxshivorsoyga kelbat berib ketdi. Qatorqator uylarni ko‘rdim. Mayda-mayda qoralarni ko‘rdim. Hamidov muallimga, shu bizning qo‘ylarmikin, degim keldi. Tag‘in kallamga shapatilashidan qo‘rqdim. Gapimni ichimga yutdim. Samolyot Dushanbeda gurs etib tushdi. 42 Taksida qishloqqa keldim. Men qayerga borib keldim? Odamlar buni biladimi? Ana shuni odamlarga bildirgim keldi. Qayerga bordim, qayerda bo‘ldim, barini aytib, maqtangim keldi. Uyga bormadim. Katta ko‘chada ohista-ohista vazmin-vazmin qadamlar bosib yurdim. Odamlarga quyuq-quyuq salomlar berdim. Duch kelgan odam bilan qalin-qalin so‘rashdim. Qozon-tobog‘igacha qoldirmay so‘radim. El og‘ziga mahtal bo‘lib qaradim. El, ko‘rinmay ketdingiz, Ziyodulla chavandoz, deya so‘ramadi! Ko‘chani tag‘in bir aylanib keldim. El aqalli, kamnamosiz, Ziyodulla kal, demadi! Uch kun-a, uch kun qishloqda bo‘lmadim! Yaxshimi-yomonmi, shu elning molini boqayapman. Odamning qadriyam shunday bo‘ladimi. Qadrimga kuydim. Ay, qadrim-a, bechora qadrim-a! Eldan xafa bo‘lib, uyga keldim. Choy ichib, yonboshladim. O‘ngimga ag‘darildim — bo‘lmadi, chapimga ag‘darildim — tag‘in bo‘lmadi! Tars yorilib ketguday bo‘ldim! Moskvada yo‘l-yo‘lakay bir kilocha qand-qurs olib edim. Bola-chaqa qo‘limga qaraydi, dedim-da. Ana shundan bir siqimini qo‘ynimga soldim. Tarlonni minib, Mamat oshnamiznikiga yo‘l oldim. Devordan bo‘ylab ovoz berdim. — Mamat! Mamat uydami, kelin? Uyg‘ot, gap bor! — dedim. Mamat ichkaridan uyquli ko‘zlarini uqalab-uqalab keldi. Men, tevarakdagi hamsoya-qo‘llar eshitsin uchun, ovozimni qo‘yib gapirdim: — Yaxshimisan, dimog‘ing chog‘mi? Ma, manavi qandni nevaralarimga bo‘lib ber, yesin! Mozor bosib kelgan-da, tabarruk! — Qayerlardan so‘raymiz? — Moskva!!! — «Moskva» kolxozimi? — Kolxoz? Qanday kolxoz? Sen o‘zi, meni kim deb o‘ylayapsan? Men uncha-muncha joylarga bormayman! Borsam, faqat Moskva shahri azimlarga boraman, ha! Faqat Moskva!!. Juda past ketsam, Dushanbelarga shunchaki, yo‘l-yo‘lakay oyoq ilib o‘taman! Menga qara, kun qiyom vaqti-qiyom vaqti uyingning ustidan bir samolyot uchib o‘tdimi? Qanotlarida parragi-da bor? Mamat sergak tortdi. Osmonga bir qarab oldi. — Uchib o‘tganday bo‘ldi, nima edi? — O‘lma! Men senga bir narsa aytayinmi? Shu samolyotning ichida men bor edim! Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling