Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet37/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 43
Men qamchi sopidan tishladim. Tarlon qopqog‘iga shapatiladim. Tarlon boshini saraksarak
etdi. Tevaragidagi otlar boshini o‘zidan xolislatdi. O‘ziga kenglik yaratdi, erkinlik
yaratdi.
Keyin, Tarlon old tizzalarini bukdi. Uloq oldida cho‘k tushdi! Tarlon uloq oldida
cho‘kkaladi!
Quyuq changda ko‘zlarimni arang ochdim. Tarlon ko‘kragi oldida yotgan uloqni
qo‘shqo‘llab ushladim. Panjalarimni botirib ushladim.
Tarlon ko‘z qiri bilan qarab turdi. Barini ko‘rib turdi, bilib turdi. Uloqni mahkamlab
ushlaganimga amin bo‘ldi.
Shundan keyin, bir silkinib, tizzalaridan turdi. Sonsiz otlar poylab turgan oldiga emas,
yo‘q, ketiga tisarildi. Ketiga tis bo‘lib, to‘dadan sug‘urildi. Ochiqlikka chiqib olib, birdan
oldiga burildi. Joyidan zarb bilan uchdi, yelday uchdi! Ko‘rganlar ko‘rib qoldi,
ko‘rmaganlar armonda qoldi!
Tarlon qoralik chuqurchani yonlab keldi. Uloqni taqimimdan tashlab yubordim.
Qo‘llarimni ko‘tarib chopib ketdim.
Ammo bakovul ovozidan darak bo‘lmadi. Hayron bo‘ldim.
Qoralik joyga qaytib keldim. Chuqurchaga qarab... tars etkazib tizzamga urdim. Uloq
chuqur ichiga emas... labiga tushibdi!
Alamimdan, arazlagim keldi!
Barchaga, inchunun, bakovulga eshittirib aytdim:
— Biz ketdik! Bizga qachon haq berilib edi-da, endi beriladi! — dedim o‘zimcha,
ko‘pkariga qo‘l siltab jo‘nadim. Tarlonni tars-tars qamchiladim.
— Ketdik, Tarlon, ketdik, odamlar biz sag‘irlarga qayishmaydi! — dedim.
To‘dadan olislab bordim. Tarlonni tag‘in tars-tars qamchiladim.
— Ketdik, Tarlon, ketdik, bizning kallamiz kal! Biz kallarga haq yo‘q! — dedim.
Ketimga qayrilib qaradim. Uzangi yo‘ldoshlarim yo‘ldan qayirar, deya umidlandim.
Tarlonni imillatdim. Tag‘in o‘girilib qaradim. Izimdan birov-da kelmadi!
Devorda tizilib o‘tirgan tomoshago‘ylarni yonlab yurdim. Birovi yo‘ldan qayirar, deya
o‘yladim. Shuncha odam oldidan o‘tdim, qani endi birovginasi miq etsa! Aqalli, yo‘l
bo‘lsin, Ziyodulla chavandoz demadi! Shular ham odam bo‘ldi-yu! Suf-e!..
Endi tomoshago‘ylardan arazladim!
— Ko‘r bo‘lib ko‘pkarini tomosha qilib o‘tira beringlar, men uyga borib, maza qilib
yotaman, — deya pichirladim.
Qishloqqa olib boradigan yo‘ldan yurdim. Yo‘lni kesib o‘tadigan ariq bo‘yida oyoq ildim.
Tarlon suvga talpindi. Suv ichirmadim. Shokirqulning tomidan chiqib turgan dastak
uchiga bog‘ladim.
Ust-boshlarimni qoqdim. Yuzlarimni yuvdim. Qo‘shhovuchlab-qo‘shhovuchlab suv
ichdim. Entikib-entikib suvga termuldim.
Shunda, ariq bo‘yida suvga kucha botirib yeb o‘tirgan bolaga ko‘zim tushdi. E’tibor berib
qaradim. ishtoni ho‘l.
— Kimning uli bo‘lasan? — dedim.
— Otamning.
— Otang kim?
— Shokirqul.
— Ha-a, oting nima? Karim? O‘lma! Bu, ishton ho‘l-ku, Karimboy?
— Enam to‘yda.
— Ha-a, o‘zim kiyolmayman deng. Bizdan so‘rasangiz, Karimboy, biz ko‘pkaridan
qaytdik, ha! Ko‘pkarida adolat qolmadi, Karimboy. Bari oshna-og‘aynigarchilik bo‘lib
ketdi!
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling