Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 51
musht kelib tushdimi, bo‘ldi, o‘zimni yerga tappa tashlardim. Qaytib joyimdan turmasdim! Shu! Tursam, baribir, yana uradi-da! Ular ketguncha o‘zimni behushlikka olib yotardim. Qarabsizki, bir musht bilan qutulib qolardim! Biron yerim ham shikast yemasdi! Shu! Ana, oqibat, qarindoshingiz chalajon bo‘lib, kasalxonaga ketdi! Shu! Holidan xabar olib turibsizmi? Qalay endi? — Borganim yo‘q! — Iya, nega? — Men uni tanimasam, bilmasam... — Iya, hali tanimaysizmi? — Esa-da. Baliqpaz yuzimga enkayib qaradi. Gapim jiddiyligini bilib, tizzasiga urib kuldi. — E, aka-ye, aka-ye! Afandi ekansiz-ku! Baliqpaz yog‘och panjara oldida yotgan kuchugiga qaradi. O‘zicha boshini chayqadi. Tag‘in kuldi. — E, aka-ye, e, aka-ye! Qarindoshingiz bo‘lmasa, aqalli tanishingiz bo‘lmasa, sizga nima? Qip-qizil Afandi ekansiz! Shu! Yo, undan biron nima undirdingizmi! — Nima undirardim, birodar... Baliqpaz barmoqlarini bir-biriga ishqab ko‘rsatdi. — Pulmi? Unday demang, birodar, unday demang... — Bo‘lmasa nimaga buncha kuyib-pishasiz? E, aka-ye! Afandi! Shu! Hali yana borasizmi? Unda, bunday, aka, siz meni ko‘rganingiz yo‘q, men sizni ko‘rganim yo‘q. Agar yana chaqsangiz, qattiq xafalashamiz! Shu! Avtobusga o‘tirdim. Ko‘zim ilinib-ilinib ketdi. Birodarlar, boshim og‘riyapti, boshim... 62 Nazir juvozkash ko‘pkariga Olmako‘z baytalini minib keldi. O‘ziyam, baytali Olmako‘zmisan, Olmako‘z bo‘ldi-da! Ko‘zlari bo‘taloq ko‘zlariday kattakatta, dum-dumaloq, olmaday-olmaday keladi! Yana tag‘in, chuqur-chuqur, qop-qora! Sag‘rinlari enlik-enlik! Sag‘rinlari lo‘mbillaydi, biliq-biliq etadi! Tarlonimiz ko‘zi ana shu Olmako‘zga tushdi! Tarlonimiz bir boshqa bo‘lib qoldi! Tarlonni uloqqa soldim — Tarlon Olmako‘z tarafga yurdi. Jilovni tortdim — Tarlon Olmako‘zga qarab talpindi. Tarlonni uloqchi ot ketidan qo‘ydim — Tarlon Olmako‘z tarafdan chopdi! Nima qilishimni bilmadim. Nazir juvozkashga aytgichimni aytdim: — Ay birodar, shu baytalingizni ko‘zdan pana qiling, baraka toping! Chavandozlar hingir-hingir kuldi. Sho‘xchan-sho‘xchan gaplar otdi. Nazir juvozkash ko‘pkaridan ketdi. Shukur qilib, Tarlonni uloqqa soldim. Tarlon tag‘in taysalladi. Bo‘lmasa, kayfiyati binoyiday bo‘ldi. Toqatim toq bo‘ldi. Zardam qaynadi. Qamchi dastasi bilan Tarlon boshiga soldim. — Padaringga la’nat, mana senga, mana! — dedim. Tarlon old oyoqlarini ko‘tarib-ko‘tarib falakka sapchidi. Bo‘g‘ilib-bo‘g‘ilib pishqirdi. Olislarni aylanib chopdi. G‘arq terga botdi. Peshonasidan terlar oqdi. Baliq og‘ziday kappa-kappa ochilib-yopilayotgan burniga sizib tushdi. Choti aralash qamchi solib-solib, tag‘in uloqqa qo‘ydim. Tarlon tag‘in o‘zini keyiniga oldi! Bu safar qamchi dastasi bilan quloqlari orasiga urdim, yuzlariga urdim... Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling