Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet44/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 50
— Xo‘sh, endi sizdan eshitamiz, Shukurov aka?
Baliqpaz pinagini-da buzmadi. Mijjasini-da qoqmadi.
— Nimani eshitasiz? — dedi.
— Xo‘-o‘-o‘sh...
— Eshitdim, uchastkavoy aytdi. Men hech nimani ko‘rganim yo‘q. Shu! Yozib berishim
ham mumkin. Shu! Ketsam maylimi? Uyog‘da ish qolib ketayapti. Shu!
Gap endi boshlandi, shoshilmang. O‘rningizga odam qo‘yib kelgandirsiz.
— O‘g‘lim qoldi. U hali yosh, xo‘randalarni ranjitib qo‘yishi mumkin. Shu!
— Xo‘sh, ko‘p shushulamang! Gapga javob bering! Bir inson taqdiri hal bo‘layapti!
Tushundingizmi?
— Siz ham mansab stolingizdan foydalanib, xalqqa baqirmang! Shu!
Men xalqqa emas, sizga gapirayapman!
— Xalq bir kishidan boshlanadi! Shu! Men xalqning bir bo‘g‘iniman, shunday ekan,
menga ko‘p baqirmang! Shu!
— Baqirayotganim yo‘q, gapirayapman.
— Baqiryapsiz! Shu!
— Xo‘sh, ana baqirmadik. O‘zi bugun chap yog‘ingiz bilan turganga o‘xshaysiz, Shukurov
aka. Boring, sizga ruxsat, yana chaqiramiz.
— Ixtiyoringiz! Baribir, shu gapim gap! Shu!
Baliqpaz g‘o‘dayib chiqib ketdi.
Kapitan katta menga-da javob berdi.
— Yana kelasiz, — dedi.
— Kapitan katta, uyda ishlarim qo‘qib yotibdi. Buyog‘i ko‘pkarilardan qolib ketayapman.
Boshimni qashigani fursatim yo‘q...
— Xo‘sh, men nima qilay, aka? Bu ishga o‘zi guvohning keragi yo‘q, ana meditsina
xulosasi bor. Sizlar faqat jinoyatchilarni aniqlashga yordam bersalaringiz bo‘ldi. Haligi
baliqpaz bilan choyxonachi jinoyatchilarni taniydi. Ularning gapini esa eshitdingiz...
61
Yo‘l chetidan yurdim. Shu gap bo‘lgan yerdan o‘tdim.
Bir mahal oq xalatlik bir odam yo‘limni to‘sdi. Bu o‘sha baliqpaz bo‘ldi. Baliqpaz
tirsagimdan ushlab, meni baliqxonasiga yetakladi. Qozondan xolisroq bir joyga
o‘tirg‘izdi. Tizzamga kaftini qo‘yib so‘radi:
— Meni siz chaqdingizmi, aka?
— Chaqqanim yo‘q.
— Chaqibsiz-da! Shu! Chaqish bundan ziyod bo‘ladimi?
— Men ko‘rganimni aytdim, birodar.
— Aka, chaqish — ayolning ishi! Shu! Siz binoyiday erkaksiz-ku! Ko‘rganimni aytdim,
deysiz. Nimani ko‘rdingiz? Xo‘sh, qani?
— Endi, birodar, men sizga aytsam, o‘zingizdan ham o‘tdi-da. Ko‘rib turib bormadingiza.
It boshi bilan kuchugingiz chopib keldi.
— Endi u — it! Shu! O‘zi oti o‘zi bilan — it! Bo‘lgan-bo‘lmaganga aralashib, hurib yotadi!
Bo‘lmasa, birov bilan nima ishi bor? O‘zini bilib yotmaydimi? It — it-da! Itligiga boradida!
Axir, siz bilan biz odammiz-ku, odam! Kelib-kelib, itga teng bo‘lib o‘tiramizmi! Itga
teng bo‘lmasligimiz kerak! Shu! O‘zi, qarindoshingiz ajab odam ekan. Bolalar urib
yiqitadi, yana turadi, yana yiqitadi, yana gandiraklab turadi.
— Nima qilsin bo‘lmasa?
— Yota bersin! Shu! Uch yigitga yolg‘iz o‘zi bas kelarmidi! Men bo‘lganimda birinchi
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling