Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 58
Kulgim keldi. Bu chavandoz kim bo‘ldi ekan, deya yaqinroq borib qaradim. Chavandoz betiga qarab, angrayib qoldim. Kulgim qochib ketdi. Bu chavandoz... o‘sha qatron bo‘ldi! Qatron kal bu yoqlarda nima qilib yuribdi? To‘da naryog‘ida turgan Jo‘ra bobo oldiga bordim. Jo‘ra bobodan so‘radim. Jo‘ra bobo qo‘l siltab javob berdi. — Bir yaxshiga bir yomon har yerda bor. Darrov tanidingmi? — dedi. — Kalladosh bo‘lgandan keyin taniymiz-da... — dedim. Qabatimdagi birov gapga aralashdi: — Shu, boshqarmaning eski boshlig‘imi? O‘zim ham aytdim-a, bir gap bor deb. — Nima bo‘pti? — Kal deganimni ko‘nglingizga olmang-u, Ziyodulla chavandoz, bu kalning yuzi qursin! Ana, xalqning qarg‘ishi urdi! — Indamagin kalga — o‘zi kelar holga, deydilar. — Otangizga rahmat. Ana, ko‘chada itday tentirab qoldi. — Nima sizlarga-da kelib edimi? — Eha, siz so‘ramang, men aytmayin! Otlarni qiyratib ketdi! Shu to‘y xo‘jasi oshnasi bo‘ladi, buniyam oti qolmadi! Bechora o‘shanda oti ketidan yig‘lab qoldi! Kal endi to‘yiga kelib o‘tiribdi! Bilmayman, qaysi yuz bilan keldi. O‘zi, kallasi bilan yuzining farqi yo‘q ekan... — Unga o‘zi otni kim berdi? — O‘zi so‘radi. O‘zi dir-dir qaltiraydi, botinkasini botinkasiga uradi. G‘irt mast! Hojiqulboy ham bopladi! Hurmat qilgan bo‘lib, bir eshakday otni o‘ngladi. Siz kattasiz, yaqinroqdan borib ko‘pkarini nazorat qilib turing, dedi. Bechora ishonib, ko‘pkariga rahbarlik qilgani keldi. — Otdan tushsa ham, egardan tushmaydi... Chavandozlar otini zo‘r berib niqtadi, sag‘risiga qamchi bosdi. Hayqiriqlar berib, uloqqa chorladi. Bakovul to‘dani aylanib, haybarakallachi bo‘ldi: — Ot qo‘y! Ha, ot qo‘y! Qatron kal, hayqirib chorlayotgan chavandozlarni tartibga chaqirib turdi: — Shovqin, o‘rtoqlar, shovqin! Shovqin kamroq bo‘lsin! — dedi. Bir chavandoz oti uloqqa bora bermadi. Shunda chavandoz otini qamchi ostiga oldi. — He, padar la’nati! Mana, bo‘lmasa, mana! — dedi. Qatron kal chavandozga ogohlantirish berdi: — So‘kinmang, o‘rtoq chavandoz! Bu yer jamoat joyi! — dedi. Chavandoz eshitmadi. Ammo bakovul eshitdi. Qatron kalga xo‘mrayib-xo‘mrayib qaradi. — Kal o‘zini ovutar — qo‘ltig‘ini sovutar, degani shu-da — deya to‘ng‘illadi. 70 Birodarlar, ko‘nglimda armon bolaladi! Tarlon yaxshi bo‘lsa edi, uloqqa solardim... Qatron kalga bir ko‘rsatib qo‘yardim... Jo‘ra boboning To‘rig‘i gijingladi. Jilovni silkib, uloqqa talpindi. To‘riq uloq ayirgisi keldi! Bunday vaqtda otni yo‘ldan qayirish insofdan bo‘lmaydi. Otni suvga olib borib, quruq qaytarib kelish bo‘ladi. Oqibat, ot yomon o‘rganadi. Uloqdan, chavandozdan ko‘ngli qoladi. Jo‘ra boboning To‘rig‘i jilovni tag‘in silkidi. Shunda, to‘daga soldim. Uloqni bir saman Burnoch bilan baravar olib chiqdim! Saman Burnoch abjirroq bo‘ldi, Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling