Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet55/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 61
Go‘yo uloqni olib ketmoqchiday bo‘ldim. Jo‘ra boboning otiga ayqirib qamchi bosdim.
— Ha, jonivor-a! — dedim.
Jo‘ra boboning oti uloqdan keyinda qolib ketdi.
Men xo‘jako‘rsinga bosh irg‘adim! Qamchili qo‘limni alamli siltadim. Go‘yo, hay, attanga,
omad kulib boqmadi, dedim. Omaddan noligan bo‘ldim.
Zirq, zirq!..
Xayriyat, xayriyat-e, ko‘pkari sob bo‘ldi!
73
O‘zimizning Tarlonni minib, uyga keldim.
— Chopib borib, do‘xtirni aytib kelinglar! — dedim. Xudoyqul do‘xtir bir quticha ko‘tarib
keldi. Og‘riq qo‘lim yengini silkib tortdi.
Men ingrab yubordim!
Zirq, zirq!..
Yengim hadeganda sug‘irila bermadi. Shunda, Xudoyqul do‘xtirga pichog‘imni olib
uzatdim.
Do‘xtir yengimni pichoq solib ayirdi.
Tirsagim yo‘g‘onligi sog‘ tirsagimdan uchov keldi! Tirsagim tirsillagan shish bo‘ldi!
Xudoyqul do‘xtir bosh chayqab-bosh chayqab, meni mashinasiga soldi. «Xazorbog‘»
sovxozi bemorxonasiga olib bordi.
Do‘xtirlar shishgan qo‘limni bir apparat ostiga qo‘yib ko‘rdi.
— Ko‘p qo‘rqmang, tirsakdan chiqibdi, xolos, — dedi.
Qo‘rqarmidim-e, qo‘rqarmidim! Qo‘lim chiqqanini otdan yiqiliboq bilib edim!
Birodarlar, og‘zing qora qon bo‘lsa-da, g‘animning oldida tupurma!
74
Shu yotishimda yigirma kundan ko‘p yotdim.
Nihoyat, do‘xtirlar gipsni oldi, uyga javob berdi.
Ko‘ngil so‘rab keluvchilarga qo‘limni yalang‘ochlab ko‘rsatdim. Hasan bobo qo‘limni
aylantirib ko‘rdi.
— Eb-ey, qiyshiq-ku! — dedi Hasan bobo.
E’tibor berib qaradim, qo‘lim chindan-da tirsagimdan qiyshiq bo‘ldi.
Qurbon tabibga bor, nima gapligini aytadi, — dedi Hasan bobo. Ertalab Tarlonni
mindim. Qoraxonga yo‘l oldim.
75
Bir vaqtlari Qoraxonda Xidir degich bo‘ldi. Odamlar uni Xidir mirob, dedi. O‘zi, miroblik
qilardi-da!
Ana shu Xidir mirob chiqqan suyaklarni joyiga soldi, singan suyaklarni davoladi.
Shu odam ketdi! Qayoqqa? Qayoqqa bo‘lardi, qiyomatga-da!
Shunday odam-da ketdi-ya! Hech ishongim kelmaydi! Men, bunday odamlar dunyo
turguncha turadi, deb o‘yladim. Keyin-keyin bilsam, birov-da bu dunyoga ustun
bo‘lolmas edi...
Shu odamdan Qurbonnazar degan o‘g‘il qoldi. Qurbonnazar otasining qo‘lini olib qoldi.
Otasi og‘ziga tupurgan bo‘lsa ajab emas!
O‘zi, rais! Lekin men raisman, demaydi! Kattaga-da bir, kichikka-da bir!
Shu odamning darvozasini qamchi dastasi bilan taq-taq urdim. Ichkaridan bir zaifa
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling