Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet51/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

67
Tarlonni mindim, suvini tushirish bilan mashg‘ul bo‘ldim.
Ko‘pkarilarga minib bordim.
Borsam-da, chopmadim. Birovlar otida chopdim.
68
Vaxshivordagi bir ko‘pkarida-da shunday bo‘ldi.
Mag‘ribdagi oppoq tog‘ Keragatog‘ bo‘ldi. Keragatog‘ Hisor tog‘lari davomi.
Keragatog‘ni yaqin deb bo‘lmaydi. Purviqorligidan bir qadam bo‘lib ko‘rinadi.
Keragatog‘dagi mayda-mayda olachiporlar archa bo‘ldi. Aslida archalar-da mayda emas.
Olisdan mayda ko‘rinadi. Archalar ulkan-ulkan, bo‘yi qayrag‘ochday keladi. Beli odam
beliday keladi.
Qirlar, adirlar qor bo‘ldi. Amirlar o‘ngiridagi Qorbosdi dashtida qora bo‘ldi. Etik ko‘mar
qor bo‘ldi.
Qorda jonivorlar izi bo‘ldi. Izlar tevaragida tovuq patlari sochilib yotdi. Bular tulkilar ishi
bo‘ldi. Besh panjali izlar bo‘riniki bo‘ldi.
Osmon yuzi pokiza bo‘ldi.
Boshimizda kun yondi. Kun betiga qarab bo‘lmadi. Baliq tangasiday-baliq tangasiday qor
uchqunlari yilt-yilt etdi, ko‘zdan yosh oqizdi.
Tevarak moyakdayin ravon, supradayin oq bo‘ldi. Qayer chuqur, qayer o‘r, bilib
bo‘lmadi.
Ko‘nglimga hadik tushdi. Uloqqa oyog‘im tortmadi. Kelishga-ku keldim, endi chopayin,
dedim. Chopadigan bo‘ldim.
Jo‘ra boboning otida chopishni azm etdim.
— Ko‘zingga qarab chop! — dedi Jo‘ra bobo.
Ko‘nglimga yanada hadik tushdi. Telpagimni qoshimgacha bostirib, ko‘zimni kundan
pana etdim. Ichimda kalima qaytardim. Supraday oppoq dashtda uymalashayotgan qopqora
to‘daga qarab yurdim.
Chavandozlar bilan otlar nafasi bug‘lanib-bug‘lanib yoyildi. Otlar chopishini ko‘rib,
otlarga rahmim keldi, kulgim-da keldi. Otlar oyog‘ini qordan zo‘rg‘a oldi. Tor-tor odim
otdi. Yo‘rtib yurayotganday bo‘ldi. Zabtli-zabtli chopolmadi. Oyog‘i qorga botib-botib
qoldi.
Qor, ot ko‘zini shafaqlatdi, ot ko‘zini oldi.
69
Uloqqa ko‘nglim chopmadi. Chetroqda tomoshago‘y bo‘lib turdim.
Shunda, ajab bir chavandoz ko‘rdim. Qo‘limni qoshim ustiga qo‘yib ko‘rdim.
Chavandoz ostidagi ot maydagina, yermitti ot bo‘ldi. Sariq junlari buzoqnikiday uzunuzun
bo‘ldi.
Uzangisiz shekilli, chavandoz oyog‘i qorga shalvirab-shalvirab turdi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling