Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet54/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 60
Bu gapni Jo‘ra bobo aytdi. Bobo bir o‘q bilan ikki quyonni urdi!
Men og‘zimda qo‘lansa bir nima tuydim. Jag‘larimni qimirlatdim. Bir nima g‘ijirladi. Tilim
uchi tishlarim orasiga kirdi. Barmog‘imni og‘zimga solib ko‘rdim. Barmog‘im qon bo‘ldi.
Yonimga yashirib, o‘ngirimga artdim. Bildim, og‘zimdagi qo‘lansa is qon bo‘ldi.
Lunjlarimda g‘ijirlab o‘ynayotgan tishim bo‘ldi. Tilim uchi kirib chiqayotgan kavak tishim
joyi bo‘ldi.
Ko‘nglimda nimadir bir nima qo‘zg‘oldi. Kuchanib-kuchanib, bor vujudimni tarang etdim.
O‘ng qo‘lim zir-zir og‘ridi. Chap tirsagimga suyanib qo‘zg‘oldim.
Uzangi yo‘ldoshlarim qo‘ltig‘imdan oldi.
Bir amallab joyimdan turdim. Boshim aylanib-aylanib ketdi. Ko‘z oldim zim-ziyolandi.
Tishimni tishimga qo‘yib kuchandim. Tosh bo‘ldim! Olam yana asliga keldi.
Og‘zim limmo-lim qon bo‘ldi. Sag‘al xayolladim, og‘zimdan otilib ketaman-otilib
ketaman, dedi. Qaerga tupurishimni bilmadim. Tevarak oppoq, tupursam, qor qip-qizil
bo‘ladi. Keyin, Qatron kal qonni ko‘radi...
Mening ko‘zim Qatron kalda, Qatron kal ko‘zi menda bo‘ldi!
Bo‘lmadi, bo‘lmadi! Og‘zimdagi qonni tishim bilan qo‘shib, ichimga yutib yubordim! Yana
bir yutinib, qolgan qonlarni-da yutdim!
72
Kiprik qoqmay, alp-alp odim otib, Jo‘ra boboning oti oldiga bordim. Chap qo‘lim bilan
egar qoshidan olib otlandim. Shunda, o‘ng qo‘lim yomon og‘ridi...
Jilovni chap qo‘llab ushlab, to‘daga yurdim. O‘ng qo‘limni qimirlatmadim.
Ulog‘ini berib qo‘ygan chavandoz ko‘ngil so‘radi.
— Qalay, chavandoz, biron yeringiz lat yemadimi? — dedi.
Kulimsirab, sog‘ qo‘limni siltadim.
— Mijjamga-da kelmadi. Ust-boshimga sag‘al qor ilashdi, — dedim. Hamon angrayib
qarab turgan qatron kal, gaplarimni-da angrayib eshitdi!
Zirq, zirq! Uh, qo‘lim-a, qo‘lginam-a!..
O‘ng qo‘limni avaylab, qo‘ynimga soldim. Bir oz orom oldim.
Uloq ko‘tarildi. To‘da ketidan chopdim. Beixtiyor qo‘limni qo‘ynimdan oldim.
Zirq, zirq! Uh!..
Uloq kimda ketdi, bilmadim. Otlar ketidan shunchaki chopib bordim.
Qo‘limni yana qo‘ynimga soldim. Jo‘ra boboning otini uloqqa niqtadim. To‘riq zor bo‘lib
turgan ekan shekilli, to‘dani yorib kirdi-qo‘ydi! Ich-ichimdan zil ketdim! Endi uloqni
qanday ko‘taraman?
Nima qilishimni bilmay, gangib qoldim, Bovujud, bir Saman yo‘limizni yopib oldi. Jo‘ra
boboning oti uloqqa borolmay qoldi.
Shundagina ko‘nglim tinchidi. Yengil nafas oldim. Samanga qarab, boringga shukur-e,
dedim.
Zirq, zirq!..
Boshqa vaqtlari ana shunday qarab tursam, uloq men tarafga kelmaydi. Kelib-kelib,
uloqli ayni shunday vaqtda menga qarab yursa bo‘ladimi! Men uloqqa zormidim, dardim
uloqmidi...
Ana, uloq keldi! Barcha qarab turibdi. Ayniqsa qatron kal!
Men tishimni tishimga qo‘ydim. Og‘riq qo‘limni uloqqa uzatdim. Bor kuchim bilan butidan
changallab ushlagan bo‘ldim. Aslida, barmoqlarimni uloq junlariga shunchaki tegizib
turdim!
Zirq, zirq!..
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling