Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 62
chiqdi. — U kishi ishdalar. Kirib o‘tirib turing, hamzamat kelib qoladilar, — dedi zaifa. Qurbonnazar mehmonxonasiga salom berib kirdim. Zaifa dasturxon yozib ketdi. Choyni o‘zim quyib, o‘zim ichib o‘tirdim. Qurbonnazar ukamiz keldi. Quchoqlashib ko‘rishdim. Taomlardan keyin dardimni aytdim. Qurbonnazar dasturxon chetini qayirib qo‘ydi. Oldimga siljib keldi. — Qani, yeching qani, — dedi. Qo‘limni yalang‘ochlab tutdim. Qurbonnazar qo‘limni aylantirib ko‘rdi, uyoq-buyog‘ini ko‘rdi. Yelkamdan barmoqlarim uchigacha siladi. Bo‘g‘inlarim qo‘shilish yerida sabr qildi. Ayniqsa, tirsagimda ko‘p sabr qildi. Ko‘zlarini yumib turdi. Xayolimda, Qurbonnazar tirsagimdan bir nimalarni eshitdi. O‘zicha bosh irg‘adi. Yana eshitdi. Ko‘zlarini yumib eshitdi. Hayron bo‘lib qoldim. Avvalambor, tirsagim nag‘ma chalayotgan radio emas, televizorda emas! Bor-yo‘g‘i et bilan suyak! Yana aytsam, eshitgan odam qulog‘i bilan eshitadida! Nima, qo‘li bilan eshitadimi? Lekin bu gaplarni Qurbonnazarga aytmadim. Ichimda aytdim. Qani, nima deyar ekan, deb sabr qildim. — Bekor ovora bo‘libsiz-da. Sag‘al lat yegan ekan, yaxshi bo‘p ketibdi. Do‘xtirlarning gipsi tuzatibdi, — dedi Qurbonnazar. — Men sizga aytsam, kelmas edim, Hasan bobo qo‘ymadi, bor-chi bor, deb. — Ha, mayli, Kelganingiz yaxshi bo‘pti. Shu bahona bir mehmon bo‘p ketasiz. Qani, yoting, bir muolaja qilib qo‘yayin. Yana qaytib lat yemaydigan bo‘ladi. Men ko‘rpachaga cho‘zildim, yostiqqa bosh qo‘ydim. Qurbonnazarga qo‘limni berib, shipga qarab yotdim. Qurbonnazar barmoqlarim uchidan boshlab uqaladi. — Ko‘zingizni yuming, yaxshi bo‘ladi, — dedi Qurbonnazar. — Ha, ana shunday! Endi, pinakka keting! Go‘yo, uxlayotgan bo‘ling. Qo‘lingiz pishiq suyakli ekan. Ilgarilariyam otdan yiqilib, lat yeganmisiz? — Yo‘q, — dedim. — Nimaga kelib-kelib, endi shunday bo‘ldi? — Ot o‘zimniki emas edi. Jo‘ra boboning oti menga tushunmadi, men otga tushunmadim. Oqibati mana shunday bo‘ldi. — Ha-a, o‘zingizning otingiz qayerda edi? — Bizning Tarlonga suv tushib edi. — Otga suv tushishini-ku, bilaman. Ot oyog‘iga yem tushdi, degani nima degani? — Ot oyog‘iga yem tushsa, oyog‘i qotib qoladi. Paylari dirillab-dirillab uchadi. — Ha-a, har ikkovidayam ko‘pkariga chopib bo‘lmaydi-ya? — Esa-chi. — Qora ot yaxshi bo‘ladimi, yomon bo‘ladimi? — Yomon bo‘ladi. Qora ot o‘jar, serjahl bo‘ladi. — Ha-a. Seton-Tompson ham shunday yozgan. Demak, chin ekan-da. — U chavandoz qayerdan? — U chavandoz emas, kanadalik yozuvchi. O‘zining «Yovvoyi yo‘rg‘a» degan kitobida shunday yozgan. — Kim bo‘lsa-da, otni bilar ekan. — Ot xomlab qoldi, deydi, u nima degani? — Unda, ot moy tashlaydi. Keyin, ko‘pkariga yaramay qoladi. Boqilgan otni bilib-bilmay Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling