Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet53/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 59
yo‘lini burib soldi.
Uloqqa ushlashib bora berdim. Bir mahal qo‘lim sovuqqa qotib, uloqdan chiqib ketdi.
Shunday bo‘lsa-da, Jo‘ra boboning oti Burnochdan qolmay chopdi. Uloq bilan oramiz bir
qulochcha bo‘ldi. Ketimizdan otlar chopib keldi. Bunday vaziyatda uloqqa uzalish qaltis
bo‘ladi. Boisi, ketimizdan kelayotgan otlar abjirrog‘i oramizga yorib kiradi, uzalgan qo‘lni
sindirib yuboradi...
Shu boisdan uloqqa qo‘l uzatmadim. Jo‘ra boboning otini burib ketdim.
Men endi qizib boshladim. Badanim jimirlab, varaja qildi. G‘ayratim keldi.
Uloqni bir Buyra ot ko‘tardi.
Junlari qo‘zichoq junlariday jingala-jingala, ko‘zlari olako‘z-olako‘z otni ko‘rib edingizmi?
O‘lmang! Buyra ot ana shu! Buyra ot olako‘z bo‘ladi!
Bu safar Jo‘ra boboning oti uloqqa jipsroq chopdi. Uloqdan bir qadamcha keyinda. Chil ot
sag‘risi baravar chopdim.
Bunday vaziyatda uloqqa uzalish o‘ta, o‘ta qaltis bo‘ladi! Boisi, bordi-yu, uloqni yulib
olsam, uloq kelib otimning ko‘kragiga, undan keyin tizzalariga zabtli kelib uriladi. Oqibat,
ot qoqilib yiqiladi!
Bunday uloqni olishning yaxshi yo‘li bor. O‘zib o‘tayotib, ha-ha, o‘zib o‘tayotib, uloqni
yulib olib ketish lozim bo‘ladi.
Shunday qilmoqchi bo‘ldim. Uloqni uzalib ushlab, Jo‘ra boboning otiga qamchi bosdim.
Ammo Jo‘ra boboning oti bizning Tarlondayin olg‘a emas, yoniga burib soldi.
Uloq mening qo‘limga o‘tdi. Uloqni dast ko‘tarib ololmadim. Uloq Jo‘ra boboning oti
ko‘kraklariga, undan o‘tib, old oyoqlariga zabtli kelib urildi. Jo‘ra boboning oti bir
munkidi. Endi munkishida oldiga egildi.
Qo‘limda uloq bilan ot boshidan oshdim...
71
G‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovoz eshitdim.
Ko‘zimni ochib, osmonrang olamni ko‘rdim. Yaxshilab qaradim, ko‘rayotganim
osmonning o‘zi bo‘ldi.
Hayron bo‘lib, tevaragimga alangladim. Tevaragimda Jo‘ra bobo bilan besh-olti uzangi
yo‘ldoshlarim turibdi. Oyog‘im tarafda otlar turibdi.
Uzangi yo‘ldoshlarim jonlandi.
— Ko‘zini ochdi, xayriyat-e, — dedi.
— O‘ziga keldi, betiga yana qor surtinglar.
Ziyodulla chavandoz, qalay suyaklar yengilmi?
Shundagina nima gapligini bildim. Joyimdan turmoqchi bo‘ldim. Uloq ushlagan o‘ng
qo‘lim qimirlamadi. Go‘yo joni yo‘qday bo‘ldi. Bor kuchim bilan intildim. O‘ng qo‘lim
zirillab og‘ridi. Ko‘z oldim xira bo‘ldi. Oppoq qor qop-qorayib qoldi...
— Turaman deyapti, turg‘izinglar.
O‘zimga kelib, ko‘zimni ochdim. Oyoq tarafimdagi otliqlardan birovi qatron kalligini
bildim. Qatron kal betiga sinchiklabroq qaradim. Kal yuzlarida xushvaqtlik bo‘ldi,
tabassum bo‘ldi. Kal— kalga kuldi!
Qatron kal tevaragidagilarga qarab gapirdi:
— Men bundan ko‘p yillar muqaddam aytganman, ko‘pkari eskilik sarqiti, salomatlik
dushmani, hayot uchun xavfli deb! Mana isboti! — dedi. — Mana shu otini go‘shtga
bermay, men bilan qonunlashgan! — Mana oqibati! Go‘shtga topshirib yuborganida
bunday falokat bo‘lmas edi! Ana endi mayib-majruh bo‘lib qoladi, tamom!
— Yaxshi otdan yiqilsa, yomon ta’nachi bo‘ladi!
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling