Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 55
65 Samad chavandoz ko‘pkarining olgan-olganini— oxirini oldi. Qaytishimizda barimizni uyiga aytdi. Samad chavandoz uyi oldiga kelganimizda o‘ylanib qoldim. Mendan bo‘lak chavandozlar uyi yaqin bo‘ldi. Chavandozlar otlarini bog‘laydi-yu, keladi. Bizniki xiyla olisda bo‘ldi. Tarlonni uyimizga bog‘lab kelaman degunimcha, qozon ikki qaynaydi. Chavandozlar mening yo‘limga qarab o‘tirmaydi. Go‘shtni yeydi-qo‘yadi! Yana tag‘in, erinib, kelolmasligim-da bor. O‘ylab-o‘ylab, qoladigan bo‘ldim. Nafs qurg‘ur yomon-da! Tarlonni darvoza ustuniga bog‘ladim. Ko‘pkaridan olgan gilam, to‘nlarni egardan oldim. Shunda, ko‘chadan kenja qaynimiz Qoraqul o‘tdi. — Yo‘l bo‘lsin? — dedim. — Siznikiga, — dedi qaynim. — Ma, Tarlonni-da ola ket, — dedim. Qaynimni oyog‘idan olib, otga mindirib yubordim. Samad chavandoznikida yonboshlab olib, tana ilik so‘rdim. Chavandozlar bo‘lib o‘tmish ko‘pkari gurungini qildi. Otlarga ta’rif berdi. O‘zlaridan o‘tgan xatoliklarni betlarga aytdi. Yaxshiliklarini yodladi. Bir-birlari yelkalariga qoqdi, tizzalariga shapatiladi. — Ay, yasha-e, yasha! — dedi. Chavandozlar hamroz bo‘ldi. Bir-biriga aql bo‘ldi. Samad chavandoz mixda osig‘liq do‘mbirasini oldi. Tinqillatib-tinqillatib sozladi. Chertibchertib boshladi. Xayollarga g‘arqob bo‘lib yonboshlab yotib edim, gal menga keldi. Men chordona qurib o‘tirib oldim. Bilaklarimni turdim. Do‘mbirani sozimga soldim. Hakkalabosimhakkalabosim nag‘malardan chaldim. Chavondozlar ko‘nglini qitiqladim. Samad chavandoz o‘tirgan yerida yelkalarini qoqib-qoqib o‘ynab qo‘ya berdi! So‘zni so‘zga cho‘qishtirdim, gapni gapga urishtirdim, otlarni nag‘malarga soldim. Otlar ashula bo‘ldi! Ahay-ahay! Bul sag‘ringga qarayman Kuyovli qiz yotguday, Burningdan chiqqan damingga Karrak bossa yonguday, Quloqlaring orasidan Qo‘shtegirmon suv o‘tguday!.. Birodarlar, ashula ichidagi ot bor-ku? O‘sha o‘zimizning Tarlon, ha! Ana, Tarlon dirk-dirk o‘ynadi. Beponyon Vaxshivor adirlariga qarab kishnadi. Zalvorli adirlardan aks sado keldi... Yo, sizning otingiz-da bizning Tarlondaymi? Bizning Tarlonga kelbat beradimi? Unda, sizning otingiz-da ashula bo‘libdi-da? Ahay-ahay! Hadeb otni ashula qila berish bo‘lmas! Endi chavandozlarga-da o‘tayin! Kimni ashulaga solsam ekan? Shu burchakda o‘y surib o‘tirgan Odina chavandozni ashulaga solsammikin? O‘ttizni urib qo‘ydi, hali-da uylanmadi! Bir qitig‘iga tegayin! Zora, yigitlik g‘ururi varaja qilsa! Ahay-ahay! Qidirib chopsang biror kun Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling