Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet47/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 53
64
Ertasi ertalab Nazir juvozkash keldi. Devordan bo‘ylab ovoz berdi.
Ziyodulla chavandoz, berman bir qarang! — dedi. Bir-bir bosib bordim. Devordan qo‘l
uzatdim. Ko‘rishib-so‘rashdim.
Nazir juvozkash bola-baqrani so‘radi, tomi toshni so‘radi. Keyin, mol-holga o‘tdi.
— Ha-a, — dedi. — Bizning kuyov qanday? Xo‘p damliginami?
O‘ylab turdim-turdim. Nazir juvozkash nima dedi, tushunmadim.
— Qanday kuyov? — dedim.
— Qanday kuyov bo‘lardi, Tarlon kuyovimiz-da.
— E, ha, Tarlonmi? Shukur, shukur.
— O‘zi, kuyov keldimi?
— Keldi, ha, keldi. Nima edi?
— Shunday, alag‘da bo‘lib so‘rayapman-da.
Nazir juvozkash bo‘lib o‘tmish gapni bir boshidan aytib berdi.
Emishki, bizning Tarlon o‘sha ketishida to‘g‘ri Nazir juvozkashnikiga boribdi. Darvozadan
kishnab-kishnab kiribdi.
Bu vaqtda Nazir juvozkash Olmako‘zini yalang‘ochlayotgan bo‘libdi. Tarlonni ko‘rib,
hayrondan hayron qolibdi. Nima qilishini bilmabdi, nima deyishini bilmabdi.
Nazir juvozkash nima-da qiladi, nima-da deydi? Kuyov o‘z oyog‘i bilan o‘zi kirib keldi.
Eshikdan egilib kelib turgan kuyovga bir nima deb bo‘ladimi? Bo‘lmaydi, bo‘lmaydi!
Nazir juvozkash o‘ylab qolibdi. Kuyov-ku uyalmadi, kuyov-ku, or qilmadi. Endi men
uyalayin debdi, endi men or qilayin, debdi. Chaponi yoqasi bilan yuzlarini berkitibdi,
yerga qarab-qarab, uyiga kirib ketibdi.
Birodarlar, kuyovni payg‘ambarlar-da siylagan! Ahay-ahay!
Men devorga tirsaklarim bilan suyanib eshitdim. Boshimni sarak-sarak etib eshitdim.
Tarlon Olmako‘zga bo‘y berib-bo‘y berib boribdi.
Olmako‘z hurpayibdi, quloqlarini dikkaytiribdi, yollarini hurpaytiribdi, dumlarini
tikraytiribdi. To‘lg‘onib-to‘lg‘onib kishnabdi. Orqa oyoqlarini sermabdi. Tepib yuboramantepib
yuboraman, debdi.
Tarlon bir sapchib chetlanibdi. Olmako‘zni aylanib chopibdi. Dirk-dirk o‘ynabdi. Olmako‘z
tevaragida doira yasabdi.
Tarlon Olmako‘zga kift berib-kift berib boribdi.
Olmako‘z zinkiyib-zinkiyib pishqiribdi. Tishlarini irjaytirib-irjaytirib g‘ijirlatibdi. Tishlab
olaman-tishlab olaman, debdi.
Tarlon epchillik bilan chetlanibdi. Olmako‘zni aylanib chopibdi. Dirk-dirk o‘ynabdi.
Olmako‘z tevaragida doira yasabdi.
Tarlon Olmako‘z bilan yuzma-yuz boribdi. Yuzlarini yuzlariga tekkizibdi.
Olmako‘z pishqirib-pishqirib, yuzlarini chetga buribdi. Yuzlarini olib qochibdi.
Tarlon Olmako‘zni aylanib chopibdi. Dirk-dirk o‘ynabdi. Olmako‘z tevaragida doira
yasabdi.
Tarlon Olmako‘z bilan tumshuqma-tumshuq kelibdi. Olmako‘z bilan tumshuqlarini
tekkizib-tekkizib iskashibdi. Pishqirib-pishqirib iskashibdi. Olmako‘zining og‘ziga pishqirib
iskashibdi, burniga pishqirib iskashibdi. Olmako‘zga bir nimalar debdi, bir nimalar
aytibdi. Nimalar debdi, nimalar aytibdi — unisini yolg‘iz o‘zi bilibdi, yolg‘iz Olmako‘z
bilibdi...
Tarlon ko‘ngil beribdi, Olmako‘z ko‘ngil olibdi! Ahay-ahay!
Oxir-oqibat... Olmako‘z dildorlik beribdi!..
— Yo‘g‘-e? — dedim.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling