Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet57/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 63
chopib qo‘ysangiz, ot ichida moy to‘lib qoladi. Bunday otni-da bir yilgacha ko‘pkarida
chopib bo‘lmaydi.
— Ha-a, Ot odamni bosmaydi, nimaga shunday?
— Boisi, ot odamzotni ulug‘laydi. Odamzotga vafo qiladi. Hayvonlar ichida ot bilan it
shunday. Pishakni-da shunday deyishadi. Men bu gapga qo‘shilmayman. Pishak
suyuqoyoq ayolday gap. Kim qornini to‘yg‘azsa bo‘ldi, pish-pish, deya boshini silasa
bo‘ldi, ketidan ergashib keta beradi. Eshik egasini tanimaydi, pishak bekasini tanimaydi.
Keyin ot joyida taqqa to‘xtay oladi. Eng yaxshi mashina qaysi mashina? O‘lmang! Ot
tormozi, ana shu «Chayka» tormozidan-da yaxshi ishlaydi. Oldida odam borligini
ko‘rdimi, bo‘ldi, taqqa to‘xtaydi. Bordi-yu, dovdirab qolsa, odam ustidan oshib o‘tadi.
— Ha-a. Aytishlaricha, ayol boqqan ot yaxshi bo‘lar emish. Shu chinmi?
— Esa-chi. Boisi, ot sag‘ali kam odamday bo‘ladi. Qonida pichagina devning qoni bor,
xolos. Otga yem bergani borsak, u hamisha bizga suykanadi, erkalik qilgisi keladi. Bizni
iskaydi, dumi bilan yelkamizga uradi. Shunda biz uni tek o‘tir-e, sabil qolgur, deb
qamchilaymiz. Bu qilig‘imiz otga malol keladi. Ayol bizga nozlanib suykalasa, shunda uni
jerkib tashlasak, ayolga qanday malol keladi? Ot ham shunday-da! Ot ko‘ngli ayol
ko‘ngliday nozik bo‘ladi. Ayollar bo‘lsa, otni urmaydi, otning erkasini ko‘taradi. Ayolning
muloyim tabiati otga xush kelib qoladi. Ayol boqqan otning yaxshi bo‘lishiga yana bir
sabab, ayol hamisha uyda bo‘ladi. Ayol ichkari kiradi, tashqari chiqadi. Otning ko‘zi
ertadan kechgacha ayolga tushib turadi. Ayol ot kishnaganda darrov yemini beradi,
suvini beradi. Biz erkaklarning bo‘lsa, uyda borligimizdan, uyda yo‘qligimiz ko‘p bo‘ladi.
A-a-ay, o‘ldim-e!...
Tirsagimda bir nima qirs etdi. Vujudim qizidi, peshonamdan ter chiqdi. Qurbonnazarga
qaradim. Qurbonnazar kulimsib turibdi.
— Ana endi qo‘lingiz yaxshi bo‘ldi, — dedi Qurbonnazar.
Ana shundagina Qurbonnazar meni jo‘rttaga gapga solib, meni gap bilan alahsitganini
bildim.
Meni, aldab-avraganini bildim...
Xiyla yotdim. Og‘riq tindi. Shundan keyin joyimdan turdim.
Qurbonnazar qo‘limni ipga solib, bo‘ynimga osib qo‘ydi. Dori-da ichirmadi, igna-da
suqmadi, rasmga-da turishmadi.
— Vrachlar qo‘lingiz chiqqanini ko‘rib-bilib gipsga solgan, — dedi. — Vrachlar hamisha
shunday qiladi. Kitoblarida shunday yozilgan-da. Agar kelmaganingizda qo‘lingiz hadeb
qo‘zg‘ala berib-qo‘zg‘ala berib, o‘ynama bo‘lib qolardi. Endi butunlay bitib, asliday
bo‘ladi. Oz-ozdan mo‘miyo tanovul qilib turing, suyakka madad bo‘ladi...
Oqshom qo‘nguncha gurunglashib o‘tirdim.
Keyin, otlanib qaytdim. Qaytayotganimda Qurbonnazar bot-bot tayinlandi:
— Tag‘in, qo‘lingizni solganimni birovga aytib yurmang. Yaxshi bor, yomon bor... —
dedi.
Uyga borgunimcha o‘ylab bordim. Ay, do‘xtirlar-e, nimaga qo‘lim chiqqanini ko‘ra-bila
turib gipsga solding? Ko‘ra-bila turib qotirib tashlading? Bilasan, chiqqan suyak joyiga
tushmasa, hadeb qo‘zg‘ala beradi! Odamni yarimjon qilib qo‘yadi! Umr bo‘yi qiynadi!
Bilmasang, Qurbonnazardan so‘rab bil! Yo Qurbonnazar tabibga bor, de! Chopib kela
beraman!
Bovujud, Qurbonnzarlar bor... Hali-hali Qurbonnazar bor, keyin-keyin nima qilamiz?

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling