Ot kishnagan oqshom (qissa)
Birodarlar, uchastka militsionerimiz odam bo‘lib qoldi! Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
76
Birodarlar, uchastka militsionerimiz odam bo‘lib qoldi! Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 64 Ha, odam bo‘lib muomala qildi, odam bo‘lib gapirdi. — Qanday, jiyanlar katta bo‘layaptimi, suyaklar yengilmi, aka?... — dedi. — Shukur, shukur, — dedim. — Ikki marta kelib ketdim... — Ayolimiz aytdi, yo‘qladi, dedi. — Chavandozchilikda shunday-shunday bo‘ladi-da, aka. Odamlar samolyotdan tushib ketayapti. Siz yiqilsangiz, otdan yiqilibsiz-da. — Shunday, shunday... — Qalay, endi tuzuk bo‘p ketdingizmi, aka? — Shukur, shukur? — Unda, rayondan bir xabar oling, aka. Kapitan ko‘p so‘radi, aka. — Maylingiz, inim, maylingiz. Endi, bir dushman ko‘zi qilayin, dedim. Qo‘limdan ipni olib tashladim. Qo‘limni qo‘ynimga solib oldim. Otlanib, rayon bordim. Kapitan katta eshigidan ichkariladim. Ichkarida o‘sha beqasam choponlik odamni ko‘rdim. Bechora, yuzlari yarasi hali-da bitmabdi, bechora... Beqasam choponlik meni tanimadi. Kapitan katta tanitdirdi. Shunda, beqasam choponlik meni bot-bot bag‘riga bosdi. Kipriklari nam bo‘ldi... Biqinma-biqin o‘tirib dardlashdim. Zot-boborakotini, mazgilini so‘radim. Beqasam chopon- lik «Navoiy» kolxozidan bo‘ldi, oti Rahmon bo‘ldi. Rahmonboyning ko‘ngli buzildi. Ovozi qaltirab chiqdi: — O‘la-o‘lgunimcha sizga qulluq qilib o‘taman, mana ko‘rasiz, — dedi. — Unday demang-e, nima karomat ko‘rsatdimkin, menga qulluq qilasiz, — dedim. Kapitan katta ishlarini aytib bordi. Ishlar deyarli hal bo‘libdi. Bezorilarni ushlab, Rahmonboyga yuzma-yuz qilibdi. Rahmonboy shular edi, debdi. Lekin bezorilar tonibdi, aybini bo‘yniga olmabdi. Gap menda qolibdi. — Hozir olib keladi, — dedi kapitan katta. Aytganiday, bir millitsioner bo‘zbolalarni haydab keldi. Birovi o‘tirmoqchi bo‘ldi. Kapitan katta: — Tur, tur deyman! — deb baqirib berdi. Bo‘zbola qo‘llarini qovushtirib qotib qoldi. — Manavi odamni taniysizmi?! — dedi kapitan katta. Bo‘zbolalar men tarafga sigir qarash qildi. — Tanimaymiz, — dedi. Kapitan katta menga yuzlandi. — Shularmi? — dedi. — Shular, ha, shular, — dedim. — Olib keting bularni! — dedi kapitan katta. Militsioner bo‘zbolalarni haydab ketdi. Kapitan katta menga javob berib yubordi. — Xo‘sh, sizga katta rahmat, aka. Tergov tugagach, deloni sudga oshiramiz. Sud kuni bordi-yu chaqirsalar, bir kelib keting. — Men sizga aytsam, kapitan katta, shuncha kun mazam bo‘lmadi. Sherigim mening navbatimda-da qo‘y boqdi. Odamning yuzi chidamayapti... — Xo‘sh, tushunaman, aka, tushunaman. Siz sudda bo‘lmasangiz ham bo‘ladi. Lekin anavi tirriqlar ko‘p ishlarni bo‘yniga olmasligi mumkin. Ish yana lanj bo‘ladi. Siz sudda savol tug‘ilganda ha yo yo‘q, deb tursangiz bo‘ldi. Sizdan boshqa jonli guvoh yo‘q. Mana Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling