Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet65/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 71
Ot suvsab kishnadi, ot ochqab kishnadi. Shunda ot ko‘nglini suv berib oldim, ot ko‘nglini
yem berib oldim.
Ot avlod-ajdodlarini qo‘msab kishnadi, ot ulpi-tomirlarini yo‘qlab kishnadi. Otlar ovozini
eshitib kishnadi, baytallar havosini olib kishnadi.
Shunda, otni egarladim, dasht-u dalalarni aylantirdim, ot oyog‘ini yozdim. Otni
sovutdim, otni yupatdim.
Ot ilon sharpasini olib kishnadi. Uydan otilib keldim. Ot yonini oldim, bo‘yinlarini
uqaladim. Otga yo‘ldosh bo‘ldim.
Ot bo‘ri hidini olib kishnadi. Ha, jonivor, ha, deya ovoz berib chopdim. Ot bo‘yniga
qo‘limni qo‘ydim, ot yollarini siladim. Ot oldida bo‘ldim. Otga gapirib-gapirib turdim,
birodar bo‘lib-bo‘lib turdim.
Kishnash ko‘rdim, kishnashlar ko‘rdim, ammo ushbu oqshomdagidayini ko‘rmadim.
Vo darig‘o, bu qandaychikin kishnash bo‘ldi? Kishnash ko‘ngil-ko‘nglimni o‘yib yubordi,
vujud-vujudimni qaqshatib yubordi. Tanamdagi og‘riqlar-da bilinmay qoldi.
Bizning Tarlonga nima bo‘ldi, birodarlar? Nima bo‘lsa-da, yomon bo‘ldi! Bizning Tarlon
nima ko‘rdi, birodarlar? Nima ko‘rsa-da, yomon ko‘rdi!
Bizning Tarlon ilon ko‘rdimikin? Yo‘q, bizning Tarlon ilon ko‘rsa bundayin kishnamaydi.
Bizning Tarlon bo‘ri ko‘rdimikin? Yo‘q, bizning Tarlon bo‘ri ko‘rsa-da, bundayin
kishnamaydi.
Bizning Tarlon ilondan-da yomonini ko‘rdi, bizning Tarlon bo‘ridan-da yomonini ko‘rdi!
Tarlonni yo‘qlab qarayin dedim. Boshimni ko‘tarayin dedim. Bo‘lmadi, bo‘lmadi!
Ko‘zim osmondaligicha qoldi. Osmon olis, yer qattiq bo‘ldi...
Ot uzib-uzib kishnadi.
Ko‘zlarim tindi. Bepoyon osmon, beg‘ubor osmon qop-qora qozon bo‘ldi!
Yuzimni chapimga burdim. Avval-avval bir nimada ko‘rmadim. Keyin-keyin oq bilan
qorani fahmladim. Ana shunda Tarlonni ko‘rdim.
Tarlon bo‘ynini gajak-gajak qildi.
Tog‘larga qaradi, zorlanib-zorlanib kishnadi.
Tarlon dumlari yoyilib-yoyilib kishnadi, yollari hurpayib-hurpayib kishnadi.
Adirlarga qaradi, chorlab-chorlab kishnadi.
Tarlon quloqlari chimirilib-chimirilib kishnadi, pishqirib-pishqirib kishnadi.
Qishloqqa qaradi, yolvorib-yolvorib kishnadi, zor-zor kishnadi.
Tarlon jilovini silkib-silkib kishnadi, yulqib-yulqib kishnadi.
Keyin, men sari yuzlandi. Oyoqlarini katta-katta yoydi. Bo‘ynini cho‘zdi. tumshug‘ini
cho‘zdi. Quloqlarini chimirdi.
Tarlon zinkiydi!
Old tuyoqlari bilan tarsillatib-tarsillatib yer tirnadi. Keksaklab-kesaklab yer otdi.
Tuyoqlari osti changidi.
Tarlon qahr ham iztirob bilan kishnadi. Oqshom kishnashdan zir titradi.
Oqshom, Tarlon kishnashidan, Tarlon kishnashi, oqshomdan-da mungli bo‘ldi,
oqshomdan-da ayanchli bo‘ldi.
Uchli zarb, chap tizzam ko‘ziga kelib tegdi.
Chinqirib yubordim. Ko‘z oldim qop-qora bo‘ldi...
— Tepib o‘tirasanmi, biqiniga tiqib ol!..
— E-e-e, ot!
— Qoch, ot kelayapti!
Shunda, tag‘in hushimga keldim. Ohista ko‘zimni ochdim.
Tarlon tumshug‘ini cho‘zib zinkiyib, ularni quvdi. Birini qo‘yib, birini quvdi.
Ular ariqdan hatlab qochdi. Birin-ketin mashinasiga kirdi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling