Turon zarmed universiteti


Download 1.89 Mb.
bet1/17
Sana04.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1078357
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Xalimova Dilnora Kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TURON ZARMED UNIVERSITETI


BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
(Sirtqi ta’lim)
KURS ISHI
MAVZU: O’quv jarayonini tashkil etish shakllari

Bajardi: Xalimova D.S


ILMIY RAHBAR: Yo’ldosheva M.M




BUXORO-2022
MAVZU: O’quv jarayonini tashkil etish shakllari
REJA:
KIRISH……………………………………………………………………..
I BOB. O’quv jarayonini tashkil etsh hqaida tushuncha

    1. Ta’limda sinf va dars tizimining vujudga kelishi

    2. Dars, maktabda o’quv ishlarini tashkil qilishning asosiy shakllari

    3. Xulosa

II BOB. Ma’ruza o’qishga qo’yiladigan talablar .
2.1 Ma’ruza turlari: Kirish, axbarot, muamolik, binary
2.2 Ma’ruzaning tuzilishi, ma’ruza tashkil etish shakllari
III Xulosa
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


KIRISH
Mustaqil O’zbekistonimizda «Ta’lim to’g’risidagi» yangi qonun asosida oily ta’lim uchun har tomonlama yetuk o’qituvchilar tayyorlash va ular malakasini zamon talablari doirasida muntazam oshirish ta’lim tizimini isloh qilishning tarkibiy va uzviy bo’g’ini sifatida davlatning ustivor vazifasi hisoblanadi. Haqiqatan ham ilm-fan va texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi oqibatida axborotlar hajmining keskin ortishi ilg’or davlatlar darajasidagi raqobatbardosh va yetuk malakali kadrlar tayyorlash masalasi uzluksiz ta’limning asosiy fundamenti hisoblangan oliy ta’lim tizimi uchun yuksak pedagogik-kasbiy mahoratga ega bo’lgan ijodkor o’qituvchilarni tayyorlashni taqozo qiladi.Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan ta’lim islohotlari an’anaviy ta’lim turlaridan farqli o’laroq, yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllanib, rivojlanib borishini ta’minlashga xizmat qiluvchi oliy ta’lim tizimida o’quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish, o’rta yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning pedagogik va psixologik asoslarini optimallashtirishga olib keluvchi ilmiy qarashlar, pedagogik nazariyalar va didaktik materiallar yaratish imkonini beradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: «Mutaxassis o’z faoliyati, sohasidan qat’iy nazar, ijodiy jamolarda ishlay olish qobiliyatiga menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo’lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo’jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak». Ushbu fikrlar o’qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir. Chunki jamiyatimizda sodir bo’layotgan tub o’zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o’qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo’lishni taqozo qilmoqda. Shuningdek, bu o’rinda oly ta’lim o’qituvchisi xususida alohida to’xtalmoq zarurdir. «Biz har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo‘lsak, bu yutuqlarda sizlarning beqiyos hissangiz borligini doimo minnatdorlik bilan e'tirof etamiz», dedi Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr tadbirga yig‘ilgan o‘qituvchi va ziyolilarga murojaatini boshlar ekan. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya'ni uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini ta'kidladi.«Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma'naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta'lim tizimini ana shunday ruh bilan sug‘orishimiz kerak», degan prezident. Bu so’zlarning barchasi bevosita o’qituvchi kasbiga yana ko’proq ma’suliyat yuklaydi. Oliy ta’limda ko’zda tutilgan ta’lim samaradorligi oliy ta’lim konsepsiyasida e’tirof etilgan g’oyalar asosida yaratilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, metodik tavsiyanomalar, o’quv jarayonini tashkil etishning metod va mexanizmlari, o’qitishning innovasion g’oyalari va vositalariga bog’liq, albatta. Lekin bu pedagogik jarayonda yuksak pedagogik malaka va kasbiy bilimga ega, dars mobaynida muammoli vaziyatlarni yarata oladigan va uni yechimi taklif eta oladigan oily ta’lim o’qituvchisining o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd qilish lozim bo’ladi. Oliy ta’lim o’qituvchisi pedagogik-psixologik bilimlar majmuasi, ta’lim samaradorligini oshirish metodlari, omil va vositalari bilan qurollangan, inson va jamiyat ta’lim sohalarining ilmiy- nazariy asoslarini mukammal bilgan holda talabalarning yosh (fiziologik va psixologik) xususiyatidan kelib chiqib fanning umumiy jihatlarini o’rgatishga, ya’ni integrativ ta’lim berishga yo’naltiradi.Kurs ishining maqsadi oliy ta'lim o'qituvchisining kasbiy kompetentsiyasini rivojlantirishning shart-sharoitlarini o'rganish.Kurs ishining predmeti oliy ta'lim o'qituvchisida kasbiy kompetentsiyani shakllanish jarayoni.Kurs ishining obyekti oliy ta'lim o'qituvchilari hisoblanadi.Shuningdek kurs ishining dolzarbligi hozirda oliy ta'lim sifatiga qaratilayotgan e'tiborning kattaligidan ham bilishimiz mumkin.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling