Turon zarmed universiteti


Download 1.89 Mb.
bet4/17
Sana04.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1078357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Xalimova Dilnora Kurs ishi

Interfaol dars bosqichlari. Interfaol darsning vaqtlar bо‘yicha bosqichlari (taxminiy tuzilishi) quyidagicha bо‘lishi mumkin:
1-bosqich. Motivatsiya va yangi mavzuni e’lon qilish - dars umumiy davomiyligining 10 foizi; ________________________________

Entuziast entuziazmbilan harakat qiladigan inson.
2-bosqich. Avvalgi darsda оtilgan materiallarni mustahkamlash (takrorlash) - dars umumiy davomiyligining 20 foizi;
3-bosqich. Yangi materialni о‘rganish - dars umumiy davomiyligining 50 foizi; 4-bosqich. Boholash - dars umumiy davomiyligining 10 foizi;
5-bosqich. Darsga yakun yasash (debrifing 80, refleksiya 81) - dars umumiy davomiyligining 10 foizi.
Albatta, ushbu dars tuzilishidagi vaqtlar taqsimotini shartli qabul qilish mumkin. Darsning о‘ziga xos xususiyatlari (mavzu, foydalinalaëtgan metod, qо‘llanilaëtgan texnologiya, о‘qitish davri, darsning turi va boshqalar)ga va о‘qituvchining ixtiëriga kо‘ra, u ëki bu bosqichvaqtlari qisqarishi ëki uzayishimumkin. Lekin, darsda yuqoridagi bosqichlarining barchasini foydalanish maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Interfaol darsning sifatiy bosqichlari.
Motivatsiya darsning boshlang‘ich bosqichi bо‘lib, о‘quvchilarni diqqatini о‘rganilaëtgan materialga qaratish, ularni qiziqtirish, materialni zarurligi va foydaligini kо‘rsatishga mо‘ljallangan. О‘quv materialarini о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirish samaradorligi kо‘p jihatdan motivatsiyaga bog‘liq.
Mustahkamlash – materialni о‘quvchilar tomonidan nafaqat butunlay о‘zlashtirish va qiziqtirishni kо‘taradigan, balki ularning ongida ushbu predmetda qо‘llanilaëtgan bilim va metodlarning ketma-ket mantiqiy tuzilishini shakllantiradigan darsning muhim bosqichidir.
Yangi materialni о‘rganish – darsning bosh maqsadli bosqichi bо‘lib, unda о‘quvchilar yangi bilimlar oladilar. Ushbu bosqichda asosiy e’tiborni о‘quvchilar bajarish mobaynida zaruriy bilim, kо‘nikma va malaka olishlariga imkon beradigan vazifalar tanlanishiga qaratish kerak. Vazifalarni tanlashda bundan 3500 yil avval buyuk Xitoy mutaffakiri Konfusiy tomonidan aytilgan «Eshitaman va esdan chiqaraman, kо‘raman va xotiraga olaman, bajaraman va tushunaman» degan dono gaplarini ëdda tutmoqlik lozim.
Baholash – о‘quvchilarni bilim olishlarini rag‘batlantiradigan darsning muhim bosqichidir. Baholash egiluvchan, ochiq, xolis va haqqoniy bо‘lgandagina, rag‘batlantiruvchi bо‘lishi mumkin, aks holda, о‘quvchilarni о‘rganayotgan fanidan bezishlari va unga qiziqishlarini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun, darsning ushbu bosqichida ehtiëtkorona ish tutilishi lozim.
Bu bosqichda jamoaviy, о‘z-о‘zini, guruhlardagi va sh.k. baholashlarni qо‘llash maqsadga muvofiq. Interfaol darslarda – ballarni tо‘plash va jamoaviy baholash yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin.
_______________________________________________

80 Debrifing –tajribada qatnashayotgan subyektga tajriba maqsadlarini ma’lum qilish va agar, zarurarat bо‘lsa, yolg‘on yoki tadqiqotga zarar keltiradigan elementlarni qо‘llamasliklari haqida axborot.
81 Reflеksiya (lot. reflexio — orqaga murojaat) - inson diqqatini о‘ziga va о‘zining shaxsiy faolligiga qaratish, shuningdek ularni qandaydir qayta tushunish.
Debrifing darsga yakun yasash. Darsning yakuniy bosqichida darsda о‘tilgan materiallardan о‘quvchilarga nimalari ma’qul bо‘lgani, nimalar ëqmaganligi sо‘raladi va mos takliflar yig‘iladi, о‘tilgan materiallar umumlashtiriladi hamda kundalik turmush bilan bog‘lanadi, bu bilan о‘quvchilarni keyingi materiallarni mustaqil ravishda chuqurroq о‘rganishga yо‘naltiriladi.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Y. A. Komenskiy (1592—1670) tarixda birinchi bо‘lib maktab ta’limida sinf — dars tizimini yaratdi.
Y. A. Komenskiyning ta’limni tashkil kilish xakidagi karashlari bir kator jiddiy karshiliklarga uchragan bо‘lsa xam garb mamlakatlariga juda tez tarkaldi va ta’limni tashkil kilishning birdan-bir shakli deb e’tirof etildi.


Sinf — yoshi va bilimi jixatdan bir xil bо‘lgan ma’lum mikdordagi о‘kuvchilar guruxidir.
Dars deb bevosita о‘kituvchining raxbarligida muayyan о‘kuvchilar guruxi bilan olib boriladigan ta’lim mashgulotiga aytiladi.
Dars — о‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars — о‘quv ishlarining markaziy kismidir.
Maktablarimiz bosib о‘tgan tarixiy davr ichida ta’limni tashkil kilish shakllari о‘zgardi, rivojlandi. xozir maktablarimizda kо‘llanilayotgan sinf — dars tizimi kuyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:
1. Xar kaysi sinf yoshi va bilimiga kо‘ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruxiga ega bо‘ladi. 2. Dars mashguloti asosan 45 minutga mо‘ljallangan bо‘lib, kat’iy jadval orkali olib boriladi.
3. Dars bevosita о‘kituvchining raxbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
4. Dars о‘tilayotgan materialning mazmuniga karab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta’lim tizimining bir kismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni о‘zlashtirish uchun zamin yaratadigan kilib uyushtiriladi.
Ayni paytda, maktablarimizda ta’limni tashkil kylish shakllari ikki turda olib borilmokda. 1. Sinf— dars shaklida olib boriladigan mashgulotlar.
2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashgulotlar.
Sinf—dars shaklida olib boriladigan mashgulot о‘kituvchining kundalik о‘quv materialini tizimli bayon kilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishini, о‘kuvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini izchillik bilan xisobga olib borishni, о‘kuvchilarni mustakil ishlashga о‘rgatishni о‘z ichiga oladi.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashgulotlar sinf sharoitidan tashkarida, о‘quv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalarida ekskursiyalar о‘tkazish yо‘li bilan olib boriladi.
Xozirgi zamon didaktikasi kо‘p yillar davomida tо‘plangan о‘kitish koidalari, fan yutuklari va ilgor tajribalar asosida boyib bormokda deyishga asos bor. Ammo о‘quv jarayonining xamma kismlarini о‘kitishni tashkil kilishning mazmuni, usullari, vositalari va shakllari bilan munosabatlari yaxshi ochib berilmagan. Bularning xammasi didaktik koidalardan amalda foydalanishni kiyinlashtiradi. Maktab oldida turgan yangi vazifalar va extiyojlar о‘kuvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yukori boskichga kо‘tarishni talab kiladi.
О‘kituvchi о‘zining anik sharoitlari va imkoniyatlariga kо‘p mos keladigan о‘quv jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan xoli emas. Bu ish darsning muxim tomonlarini tanlashdagi tavakkalchilikka, bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirish jarayonini boshkarishga kandaydir tasodifiy yondashishga yо‘l kо‘ymaydi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling