Turon zarmed universiteti
Dars, maktabda o’quv ishlarini tashkil qilishning asosiy shakllari
Download 1.89 Mb.
|
Xalimova Dilnora Kurs ishi
Dars, maktabda o’quv ishlarini tashkil qilishning asosiy shakllari.
Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarning ijobiy hal etilishi mashg‘ulot (ta’lim jarayoni) mazmuni, ta’lim shakli, metodlari hamda vositalarining samaradorligiga bog‘liq bо‘ladi. Ta’lim shakli, metodlari va vositalari talabalarni (о‘quvchilarni) ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ularda chuqur bilim va dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi. Ta’lim shakli о‘qituvchi va о‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatlarining tashqi ifodasidir. Qadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari о‘qitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarigajavob beradigan shakllarini topishga uringanlar. Hozirgi vaqtda Respublika ta’lim muassasalarida о‘qitishning quyidagi shakllaridan foydalanilmoqda. (SH. Umarov. «Uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi». T., 2005. (B.M.I.)) . Dars - о‘qitishni tashkil etish shakli sifatida О‘qitishni tashkil etish shaklining paydo bо‘lishi insoniyat jamiyatining rivojlanishi bilan birga amalga oshgan. О‘quv jarayonini tashkil etishning eng qadimiy shakli - balki yakkalashtirilgan о‘qitish bо‘lsa kerak. О‘qitishning keyingi bosqichi - yakkalashtirilgan-guruhiy о‘qitish usuli bо‘lgan. XVII asr boshlarida о‘quv jarayonini tashkil etishning bunday shakli jamiyat talabiga javob bera olmay qolgan va guruhiy о‘qitishning dastlabki kurtaklari paydo bо‘lib, keyinchalik ular sinf-dars tizimining asosi bо‘lib xizmat qilgan. Odatda, sinf-dars tizimini ishlab chiqish va joriy qilinishini mashhur didakt Y.A. Komenskiy nomi bilan bog‘laydilar. О‘qitishni tashkil etishning bunday shakliga quyidagilar xosdir: ·mashg‘ulotning asosiy birligi darsdan iborat; ·sinfda о‘quvchilar yoshlariga kо‘ra birlashtiradilar; ·maktabda о‘qitishning davri; ·mashg‘ulotlar barcha uchun majburiy; ·tо‘liq yil uchun mashg‘ulot, tanaffus va ta’til jadvallari mavjud; ·sinfdagibarcha о‘quvchilarning ishiniyagonareja asosida, bir mavzu bо‘yichaamalgaoshiriladi; ·о‘quv jarayoniga о‘qituvchi rahbarlik qiladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling