Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet40/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 46
— xo‘sh-xo‘sh!
Kapitan katta temir sandig‘idan bir qalin qog‘oz olib yoydi. Ichi to‘la g‘ij-g‘ij surat bo‘ldi.
Qarang-chi, aka, shuning ichida siz ko‘rgan melisalar bormi.
Suratlarga barmog‘imni yugurtirib qaradim. Oxiri, ko‘rganlarimdan birovini tanidim.
Peshonasiga barmog‘imni nuqib turdim.
— Hayla, anavi! — dedim.
Kapitan katta enkayib qarab, bosh irg‘adi. Suratlarni taxlab, yana sandig‘iga soldi. Tashqarilab
qaytdi.
— Xo‘sh, siz, aka, mana bu xonaga kirib turing. O‘zim chaqiraman.
Yon xonaga kirib o‘tirdim. Xona eshiksiz bo‘ldi.
Kapitan katta baxmal pardani tushirib qo‘ydi. O‘zi, o‘z xonasida qoldi.
Xiyoldan keyin kapitan katta oldiga birov kirib keldi. Kapitan katta undan so‘radi.
— Xo‘sh, siz yigirma to‘rtinchi yanvar yakshanba kuni soat o‘n ikkilarda qayerda edingiz?
— dedi.
Qaysi yanvar, bu yilgi yanvarmi? Uchastkada edim, — dedi kelgan odam.
— Xo‘sh, aniqroq ayting!
— Vinzavod atrofini nazorat qilib yurgan edim!
— Xo‘sh, demak, zavodda?
— Ha, zavodda!
— Xo‘sh, shu kuni choyxona oldida bo‘lgan voqeadan xabaringiz bo‘lmadimi?
— Qanaqa voqeadan?
— O‘sha yerda bo‘lgan to‘polondan?
— O‘limdan xabarim bor, bundan xabarim yo‘q!
— Xo‘sh, buyoqqa bir qarang, Qurbonov aka!
Kapitan katta oldiga qaytib chiqdim. Kelgan odam xuddi o‘sha militsionerlarning birovi
bo‘ldi. U meni ko‘rdi-yu, rangi oqarib jo‘nadi. Kapitan katta meni ko‘rsatib so‘radi:
— Shu odamni biron marta ko‘rganmisiz?
Militsioner menga tikilib turdi-turdi-da, yelkasini qisdi.
— Eslayolmayapman, — dedi.
Kulgim keldi. Balki tanir, deya choyxonani eslatdim. Militsioner shipga qarab o‘ylabo‘
ylab, ko‘rsatkich barmog‘ini chakkasiga nuqidi.
— E, ha! Bo‘ldi, bo‘ldi! Endi esladim. O‘sha yerdan uchastkamga o‘tib ketayotgan edim.
Ko‘chada odamlar to‘planib turgan ekan. Biron nima sotayotgan bo‘lsa kerak, deb
o‘yladim.
— Eb-ey, ikkovimiz gapirishdik-ku, inim! Men sizga...
— Men bilan-a? Bekorni aytibsiz! Tuhmat! Soqolingiz bor, og‘zingizga qarab gapiring! Siz
meni boshqa odamga adashtirayapsiz!
Kapitan katta baxmal pardani tushirib qo‘ydi.
— Ana, bo‘lmaganman deyapti-ku? — dedi.
Men yoqamni ushladim.
— Yo tavba, yo tavba! — dedim.
— Xo‘sh, yana biron kishini eslay olmaysizmi, aka?
— Esa-chi, kapitan katta. Shu gaplarni choyxonachi-da ko‘rdi.
— Choyxonachi? Yana?
— Keyin, baliqpaz-da biladi.
— Xo‘sh choyxonachi, baliqpaz... Buguncha bo‘ldi, aka, qolganini boshqa kun
gaplashamiz.

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling