Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 45
— Bizning otimiz-da, kapitan katta. — Xo‘sh, hali otda keldingizmi? Shuncha texnika turib-a! — Esa-chi, kapitan katta. Texnika bizga bo‘lmaydi, kapitan katta. Benzin isini xush ko‘rmayman, kapitan katta. — Xo‘sh, banditlarni izlayapmiz, aka. Shubhali tiplarni jabrlanuvchiga yuzma-yuz qildik. Bular emas, dedi. Siz esa kelmadingiz. Endi boshqa kun chaqiramiz. Tarlon bilan qishloqqa qaytdim. 56 Kechqurun televizorga qarab o‘tirib edim, Rixsiyev keldi. Bolishni buklab yonboshladi, damini uzun oldi. — Radiouzel orqali o‘qigan dokladimni eshitdingizmi, o‘rtoq Qurbonov? — dedi. — Yo‘q, qachon o‘qidingiz? — Ana xolos, hozirgina o‘qidim-ku. Yigirma minut, qirq sekund! — Men televizorga qarab qolibman. Nima deb o‘qidingiz? — Xalqaro ahvol xususida! — Ha-a, olamda nima gap ekan? — Aha, xalqaro ahvol chatoq, o‘rtoq Qurbonov, juda chatoq. Vaziyat tobora keskinlashib borayapti. NATO mamlakatlari Yevropada qanotli raketa joylashtirayapti. Salvadorda qonli jang bo‘layapti, Nikaraguada vaziyat tobora murakkablashayapti, Falastin xalqining ahvoli ayanchli. Aha, hammasiga AQSH imperialistlari aybdor, o‘rtoq Qurbonov. Imperializm provokatsiya bilan shug‘ullanayapti. Aha, masalan, AQSH imperialistlari Polsha davlatida diversiya-provakatsiya tashkil qildi. Xalqni mafkuraviy zaharladi, aha. Polshada sotsialistik jamiyatni qo‘porib tashlamoqchi bo‘ldi. Lekin imperialistlarning yovuz planlari fosh bo‘ldi. Polsha Birlashgan Ishchi partiyasi sotsializmni himoya qildi... Gapning biroviga-da tushunmadim. Televizorga qarab, ha-ha, deb o‘tirdim. 57 Ikki kun deganda uchastka militsonerimiz tag‘in qog‘oz olib keldi. Tarlon bilan azonda yo‘l oldim. Bu safar Tarlonni qichab haydadim. Vaqtida yetib keldim. Kapitan katta to‘rtta bo‘zbolnani ro‘para qildi. — Yo‘q, bular emas edi, — dedim. — Ularning sochi uzun-uzun edi, — dedim. Kapitan katta kuldi. — Xo‘sh, eslay olmaysizmi, aka, ularning yuzida biron jarohat izi yo‘qmidi? — Esa-chi, kapitan katta. Iziyam gapmi, yaraning o‘zi bor edi, kapitan katta. — Xo‘sh, qanaqa jarohat? — Ikkovining yuzidan qon oqdi. Beqasam choponlik kalla qilib edi-da. — E-e-e, shuni ertaroq aytmaysizmi, aka. Ana bu boshqa gap! — Keyin, bir maydarog‘ining ust-boshi loy bo‘ldi, kapitan katta. Kapitan katta yoza-yoza, bosh chayqab kuldi. Nimaga kuldi — farosatim yetmadi. — Xo‘sh, ayting-chi, aka, shu voqeani ko‘rganlardan aqalli birontasini taniysizmi? — Men sizga aytsam, kapitan katta, lof bo‘lsada, yuzdan oshiq odam bor edi. Qaysi birini taniyman. Hatto ikkita melisa-da bor edi. — Kim-kim? Melisa? Xo‘sh, formadami? — Esa-chi, kapitan katta. Melisalar shunday burchakda o‘tirib choy ichdi. — Xo‘sh, ular shu voqeani ko‘rdimi? — Esa-chi, kapitan katta. Barini ko‘rib turdi, kapitan katta. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling