Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 48
Ana, xalqaro arenada qanchadan qanday tragediyalar sodir bo‘lmoqda. Eron shohi Pahlaviy yashirin buyruq berib, bir kinoteatrni yoqib yuboribdi. Ichida besh yuz inson bor ekan. Aha, tragediya deb buni aytadi! Dahshat! Men Eron xalqiga chuqur ta’ziya bildiraman. Men xalqaro ahvoldan tashvishdaman, o‘rtoq Qurbonov, qattiq tashvishdaman! Xalqaro vaziyat kun sayin keskinlashib bormoqda... 59 Ertasi ertalab uchastka militsionerimiz keldi. Salom yo‘q, alik yo‘q, ostonada turib siyosat qildi: — Sovet organi sizga o‘yinchoqmi? — dedi. — Eb-ey, biz nima qildik? — dedim. — Nega chaqirgan vaqtda bormaysiz? Zardam qaynab ketdi: — Borgim kelmadi! Ayolimiz bilan kinoga bordik! Bo‘ldimi? — dedim. — Mashinaga chiqing!! Hayron bo‘lib, devordan bo‘yladim. Eb-e-eb-e! Darvozamiz oldida militsiya mashinasi turibdi! Sap-sariq! Ko‘nglim, «shig‘g‘» etdi. Etlarim uvishdi. Ichimda nimadir bir nima o‘pirilib tushdi. — Uchastkovoy birodar, — dedim, — bu ishing bo‘lmaydi! Mashinangni tez eshikdan ol! — Nima, mashinani yelkangizda ko‘tarib yuribsizmi? — Birodar, hech bandaning eshigiga do‘xtirning mashinasi bilan melisaning mashinasi kelgulik qilmasin! Tez ket, birov ko‘rmasin! — Bo‘ling, bo‘ling, falsafa sotmang! Militsioner tumshug‘i ostiga tiqilib bordim. Yuz-ko‘zlariga o‘qrayib-o‘qrayib qaradim. Militsioner niyati qat’iy bo‘ldi. O‘qrayib turdim-turdim, keyin, choponim yoqalarini ochdim. Militsionerga ko‘kragimni tutdim. — Mana, otib tashla! Leking melisaning mashinasiga chiqmayman! Juda zaril bo‘lsa, avtobusda boraman! — dedim. — Unda, tez izimizdan yetib boring! Tag‘in, militsiya mashinasini birov-yarim ko‘rib qolgan bo‘lsa-ya, degan hadikdan devordan ko‘chaga qaradim. Bovujud, ko‘chada odam bo‘lmadi. 60 Avtobusda rayon jo‘nadim. Yo‘lda derazadan qusib-qusib bordim. O‘sha g‘ilofli eshikni ochdim. Kapitan kattaga Dono momoni aytib berdim. Kapitan katta bosh irg‘ab, hamdardlik bildirdi. Xonaga bir militsioner kirib keldi. Kapitan katta oldiga bordi. — Ayrimlar, Furqat ko‘chasida turadigan Mo‘mindan ko‘rayapti, o‘rtoq kapitan, — dedi. — Xo‘sh, qayerda ekan, bu bola? — Ko‘rinmayapti. Bildirmay, hamsoyalaridan surishtirdim. Uyida yuzlariga dori surtib yotgan emish. — Unda, hozircha ko‘z-quloq bo‘lib turing, hidlanmasin. Men aytganda olib kelasiz. Hozir borib bozorning og‘zidagi choyxonachi bilan baliqpazni olib keling. Xiyol o‘tib, militsioner qaytib keldi. — Olib keldim, o‘rtoq kapitan, kirsinmi? — dedi. — Olib kiring. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling