Test adabiyot umumiy
Download 11.01 Kb.
|
Adabiyot Umumiy Test
Test ADABIYOT UMUMIY 1.Quyidagi parcha qaysi asardan olingan? "Qayiq-tobut nogahon bir silkinib, boshlar uzra ohista ko'tarila boshlaydi. Yuksala-yuksala, ko'k dengizi sari suzib ketadi... To'rt o'g'lon osmonga qo'l cho'zib, uni go'yo kuzatib qolgan... » A) «Tanho qayiq» B)«Garov» C) «Ruhlar isyoni» D)«Abulfayzxon» 2. "Yurak" she'rining muallifini toping. A)E.Vohidov B)Mahmud Toir C)Rauf Parfi D)Iqbol Mirzo 3.Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostonida: «Ne vaxshat bu? Bas,xaloyiq Al-omon! Qotillikni to'xtat hindu G'azotni qo'y musulmon», - deya faryod qilgan kim? A)Tokur B)Gandi C)Shiva D) Nazrul Islom 4.Quyidagi parcha qaysi asardan olingan va bu gaplar kimga tegishli? «Men tinchg'ina turayin deb akamni o'ldirdim. Emdi bir-ikki buzuqbosh chiqib, menim tinchlig'imni buzmoq istaylar! Qo'yaman sizni!» A) «Kecha va kunduz», Miryoqubga B) «Abulfayzxon», xonga C) «Kecha va kunduz», Akbaraliga D)«Garov», bankirga 5.Quyidagi parcha qaysi asardan olingan? So'yla, inson, So'yla, qadding Ko'tarib baland. Yuksaklikda sening qadring Himolay monand. A) «Ruhlar isyoni» B) «Mardlik cho'qqisi» C) «Toshkentnoma» D) "Nido" 6.«So'nggi vido», «Sakina» she'riy to'plamlarining muallifi kim? A) Muhammad Ali B) Erkin Vohidov C)Rasul Hamzatov D)Rauf Parfi 7. C)Nazrul Islomning D) Robindranath Tagorning 8.Quyidagi qaysi romanning boshlanishidagi yosh qizning hayot yo'li bora-bora Birinchi jahon urushi davridagi turk xalqi hayotidagi ijtimoiy-siyosiy,madaniy-ma'rifiy muammolar foniga olib o'tiladi? A)«Garov» B)«Yashil tun» C) «Kecha va kunduz» D) «Choliqushi» 9.«Sayha» («Chorlov») she'riy to'plamining muallifi kim? A)Cho'lpon B) Erkin Vohidov C)Rauf Parfi D)Fitrat 10.Rauf Parfining 《Yana qaytib keldim...》 she'ri qaysi misralar bilan tugaydi? A) Og'ushimda zangori sezgi, Kiprigimda suyuq hayajon. B) Tom ustida maysalar o'sgan Uyimizni sog'indim, ona. C) Ne chora bor, dil yonsa agar, Dil sog'insa turkiy olamni. D) Dil sog'inib yig'ladi doim, Hozir, mayli, yig'lasin ko'zim. 11. «Yoz kechasi» she'rining muallifini toping. A) Erkin Vohidov B) Iqbol Mirzo C) Xurshid Davron D) Rauf Parfi 12.Quyidagi parcha qaysi asardan olingan va ushbu parchada qaysi qahramon tasvirlangan? «Stol yonida oddiy odamlarga mutlaqo o'xshamagan alomat bandatosh qotib o'tirardi. Sochlari ayollar sochidek o'sib, jingala-jingala bo'lib ketgan, soqol-mo'ylabi baroqlashib, ustuxonini yupqa teri sirib turgan skeletdangina iborat edi u». A) «Garov», huquqshunos B) «Choliqushi» Narimon C) «Tanho qayiq», Orol bobo D) «Abulfayzxon», Abulfayzxon 13.Fitratning Moskva va Leningradda yashagan davrida yozilgan asarlariberilgan qatorni toping. A) «Abulfayzxon», «Hind sayyohi bayonoti», «Adabiyot qoidalari» B) «Qiyomat», «Bedil», «Sayha», «Hind sayyohi bayonoti»' C) «Abulfayzxon», «Bedil»; «Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» D) «Shaytonning tangriga isyoni», «Qiyomat», «Sayha» («Chorlov»),《Bedil» 14.«Yomg'ir yog'ar» she'rining muallifi kim? A) Iqbol Mirzo B) Sirojiddin Sayyid C) Asqad Muxtor D) Rauf Parfi 15.Chexovning qaysi hikoyasi bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi blan qamoq jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan? A)«Chayka» B) «Vanya amaki» C)«Olchazor» D) «Garov» 16. «Shaytonning tangriga isyoni» asarining muallifi kim? A)Cho'lpon B)Fitrat C) Abdulla Avloniy D)Furqat 17.«Temir xotin» tragikomediyasining muallifini toping. A) Sharof Boshbekov B) Muhammad Ali C) Erkin A'zam D)Said Ahmad 18. "Abulfayzxon" dramasida, Rahimbiy o'n besh yoshli Abdumo'minni xon qillb ko'targanida, ko'zi ojiz bo'lib qolgan qaysi obraz: «Men bo'lg'onda,Abulfayzxonni tushirgach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig'ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim», - deydi? A)Farhod otaliq B)Qozi Nizom C) Hakimbiy D)Ibrohimbiy 19. Fitratning tashabbusi bilan 70 nafar turkistonlik yoshlar qayerga o'qishga yuboriladi? A)Rossiyaga B) Turkiyaga C)Germaniyaga D) Buyuk Britaniyaga 20.Quyidagi parcha qaysi asardan olingan? «Yanoqlari ich-ichiga botib ketgan, rangi murdaday oppoq, belidan yelkalarigacha cho'zilib kambar tortgan tanasi hamda uzundan-uzun soch-soqoli boshini tutib turgan, qo'llar shunchalik ingichka va qoqshol ediki, unga ko'zi tushgan kishining qo'rquvdan yuragi tars yorilishi tayin edi». A) «Tanho qayiq» B) «Choliqushi» C)«Garov» D) «Abulfayzxon» 21.Quyidagi qaysi asar o'tgan asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan otashin bengal shoiri Nazrul Islomning qahramonona va fojiali taqdinga bag'ishlanadi? A) «Grafika» B)«Momo yer» C) «Ruhlar isyoni» D) «Tanho qayiq» 22.Quyidagi ta'riflar qaysi ijodkor haqida? «Yozuvchi hayotdan go'zallik izladi, tevarak-atrofida bo'layotgan bema'ni ishlardan hazar qildi va inson tabiatidagi ayrim qusurlarni hajviy usulda tasvirladi. U ham shifokorlik kasbi bilan, ham o'tkir adabiy qalami bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qildi». A)Pushkin B)Rashod Nuri Guntekin C)Chexov D)Yesenin 23. «Sarf», «Nahv» kitoblarining muallifi kim? A) Abdulla Avloniy B)Muqimiy C)Cho'lpon D)Fitrat 24.《Tong otmoqda» she'rining muallifi kim? A) Usmon Azim B)Rauf Parfi C) Asqad Muxtor D)Iqbol Mirzo 25.Tanho qayiq» dramasida Orol bobo nima bilan shug'ullangan? A)ovchilik B)temirchilik C)kulolchilik D)qayiqchilik 26.Narimon, Komron, Aleksi, Mujgon kabi obrazlar qaysi asar qahramonlari hisoblanadi? A) «Sirli qo'l» B) «Yashil tun» C)«Garov» D) «Choliqushi» 27.«Hamal keldi, amal keldi» maqoli qaysi asarga epigraf qilib olingan? A) «Abulfayzxon» B) «Mehrobdan chayon» C) «Ufq» D) «Kecha va kunduz» 28.«Tanho qayiq» dramasining muallifi kim? A) Erkin A'zam B)Chexov C) Muhammad Ali D) Erkin Vohidov 29.Mustaqillik davri namunasi hisoblangan《Mustaqil vatanni baxt nurichaysin» she'rining muallifi kim? A) Usmon Azim B)Sirojiddin Sayyid C) Xurshid Davron D) Oydin Hojiyeva 30.Rauf Parfi Nozim Hikmatining qaysi asarini tarjima qilgan? A)"Manfred" B)"Zaytun novdasi" C)"Dengiz xayoli" D)"Inson manzaralari" Download 11.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling